E’tibor bering, bajargan mustaqil ishingizni FAQAT O’ZINGIZ HEMIS tiziiga yuklaysiz, telegram guruhga tashladim, bo’ldi qutildim kabi gaplar o’tmaydi va ketmaydi
E’tibor bering, bajargan mustaqil ishingizni FAQAT O’ZINGIZ HEMIS tiziiga yuklaysiz, telegram guruhga tashladim, bo’ldi qutildim kabi gaplar o’tmaydi va ketmaydi.
HEMIS tizimiga kirish uchun ID raqam va parolni guruh sardori tomomonidan ATM (axborot texnologiya markazi) yoki o’quv bo’limidan talabalarga yetkazilishi shart!!!! 1.19. Mustaqil ishga qo‘yilgan ballar bo‘yicha e’tirozlar bo‘lgan taqdirda, talaba belgilangan muddat tugaganidan keyin 24 (yigirma to`rt) soat (1 sutka) davomida dekanat(registrator ofis)ga elektron platforma orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda kafedra mudiri tomonidan tuzilgan appelyatsiya komissiyasi talabaning mustaqil ish natijalarini 2 (ikki) ish kuni muddatida appelyatsiyadan o‘tkazishi va elektron platforma orqali talabaga asoslangan xulosani taqdim etishi lozim.
Glossariyga misol - darslikning 5 betidagi matn asosida. Berilgan (1.Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ularni o‘rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta'minlovchi jarayonlar haqidagi fan. Fiziologiya odam va hayvonlarning yaxlit organizmida va uning hujayralari. to'qimalari, a'zolar tizimi va a'zolari hamda ularning tuzilish birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo'yicha qonunlarni ochib beradi.
2.Funksiya- bu organizm, uning a'zolari va to'qimalarida tinimsiz ravishda, tashqi muhitning o'zgaruvchan sharoitiga faol holda moslashishida va ularning o'zlari ham tashqi muhitga jiddiy ta'sir ko'rsatishi natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o’zgarish natijasidir).
Agar buni qayta yozsangiz bu plagiat va bu baholanmaydi, ya’ni 0 baho olasiz, undan ko’ra imkon darajasida bajarib, minimal 6 ball, maksimal 10 ballgacha baho oling !!! Ijodiy yondashuv (1.Fiziologiya – organizmning hayot faoliyati haqidagi fan. 2.Funksiya- bu hayot tuzilish darajalaring vazifalari yoki hujayra, to’qima, organ va organizm tomonidan bajariladigan ish. II-Mustaqil ish- VIDEO dars uchin yo’riqnoma .
Berilgan mavzu yuzasidan slayd prеzentatsiya tuzing
Slayddagi matn va rasmlar bir-biriga mos bo’lsin.
Agar fon yorqin bo’lsa - matn to’q rangda yoki aksincha bo’lsin.
yoki
Grammatik va orfografik xatolarsiz bajaring.
Video dars davomiyligi 3-5 atrofida bo’lsin
(2:55 yoki 5:03 ham bo’lmaydi, “megabayti va formatini so’rab , ustozlarni bezovta qilishni aslo hojati yo’q”)
Bu ishingizni ham muddatga 2-3 qolganda Elektron platformaga yuklang. Sababi yuqorida keltirilgan.
Agar hech narsaga tushunmagan bo’sangiz, yo’riqnomani to tushunguncha o’qing.
“Meni yosh bolam bor”, “Men davlat (xususiy) sektorida ishlayman”, “Meni kompyuterim yo’q”, “Bizda u kam, bu yo’q” , “Yana ozroq vaqt bering, ulgurib bo’lmayapti” ,“Telefon raqamingizni bering, muhim gapim bor” .... kabi har deb har xil sabab va bahonlar qilmasdan, hoziroq topshiriqlarni bajarishga kirishing (sababi oddiy BILIM VA DIPLOM FAQAT SIZGA KERAK-BIZGA EMAS)
Eng muhimi siz o'zingizni va o'zgalarni vaqtini behudaga olmang. Siz 2000dan ortiq talabasiz, ustozlar esa bor yo’g’ 1-2ta xolos
Salomat bo’ling, tinchlik omonlikda ko’rishguncha qaddi va qadri baland talabalar!!!