I. Kirish. Antioksidant haqida tushuncha


Antioksidant haqida tushuncha



Yüklə 97,15 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü97,15 Kb.
#204833
1   2   3   4   5
Islomova Rayxona BFM 33

Antioksidant haqida tushuncha.
Antioksidantlar – organizmdagi zararli moddalarga qarshi kurashadigan biologik aksiloksidlovchilardir. Antioksidant so‘zi lotin tilidan tarjima qilingan bo‘lib: “anti” - qarshi, “oksis” - nordon, ya’ni tom ma’noda – “antioksidant” degan ma’noni anglatadi. Oksidlanish har qanday modda uchun halokatli jarayondir. Bu faol kislorod zarralari - erkin radikallar ta’siri ostida yuzaga keladi. Barglarning chirishi, zang, kasallik va qarilik - bularning barchasi oksidlanish reaksiyalarining natijasidir. Nafaqat tashqi muhit, balki inson tanasining o’zi ham ularni doimiy ravishda sintez qiladi - kuniga ikki yuz milliard molekulagacha. Ammo tabiatda hamma narsa tabiiydir, shuning uchun antioksidant halokatga qarshi turishga yordam beradi.



Ushbu moddalar oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlarining sifat kafolati hisoblanadi, chunki ular organizmni ko‘plab kasalliklardan himoya qiladi va hayot tarzini yaxshilaydi.


Antioksidlovchilar, antioksidantlar, oksidlanish ingibitorlari — moddalarning molekulyar kislorod bilan oksidlanishiga yoʻl qoʻymaydigan yoki oksidlanishini sekinlashtiradigan moddalar. Antioksidantlarga koʻp atomli fenollar, aromatik aminlar, dialkilsulfidlar, dialkil fosfat va diarilditiofosfatlar (rux tuzi), dialkilditiokarbamatlar (kadmiy, rux tuzlari) va boshqa kiradi. Organik birikmalarning oksidlanish jarayoni zanjir reaksiya tarzida boradi; oksidlanishning birinchi bosqichi erkin holatdagi faol peroksid radikal (RO2), alkoksil (RO) va alkil radikallar ishtirokida boʻladi. Antioksidantlar shu radikallar bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishning toʻxtashi yoki sekinlashishiga — zanjir reaksiyaning uzilishiga sabab boʻladi. Samarali antioksidantlar moddalarga juda oz miqdorda (0,01 — 0,001%) qoʻshilganda ham ularning oksidlanish tezligini keskin kamaytiradi va maʼlum vaqtgacha (toʻxtash davri, induksiya) ularda oksid-lanish mahsulotlari hosil boʻlmaydi. Antioksidantlarning taʼsirchanligi ularni reaksiyaga kiritish paytiga bogʻliq. Ular moddalarga oksidlanish jarayoni boshlanmasdan avval qoʻshilsa, juda yaxshi natija beradi. Transformator, turbina va motor moylariga antioksindantlar qoʻshilganda, ularning ishlash muddati 2 — 4-marta uzayadi. Antioksidantlar kauchuk va oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Antioksidantlar oksidlovchi stressni bostiradigan va erkin radikallarga qarshi kurashadigan moddalar. Radikal moddalar inson tanasida kislorod bilan kimoviy reaksiyalar paytida hosil bo‘lgan qattiq, suyuq yoki gazsimon molekulalardir. Ular hujayra membranalaridan o‘tib, ozuqa moddalarini olib yurishlari, metabolizmni rag‘batlantirishlari va immunitetni shakllantirishlari mumkin.
Noto‘g‘ri sharoit, tushkunlik ta’siri yoki noto‘g‘ri ovqatlanish ta’sirida organizmda zararli radikal moddalar ko‘payadi. Ular oksidlovchi stressni yaratadi: bunda erta qarish va hujayralar buzilishi kuzatiladi. Ushbu jarayon surunkali yallig‘lanish bilan birga keladi va bunga javoban erkin radikallar hosil bo‘ladi, sog‘lom hujayralar nobud bo‘ladi.
Chekish, ultrabinafsha nurlari ta’siri, sanoat chiqindilari, muntazam tushkunlik, noto‘g‘ri turmush tarzi va zararli ovqatlar zararli radikallarni qo‘zg‘atadi. Va bu ko‘pincha :
-qandli diabet;
-Alsgeymer kasalligi;
- Parkinson kasalligi;
-ko‘z kasalliklari asosan, katarakta (ko‘z xrustallikasi xiralashishi);
-tushkunlik;
-bo‘g‘imlar yallig‘lanishi;
-vena tomirlari varikozi;
-yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi;
-og‘ir yallig‘lanish jarayonlari va saraton kasalliklariga olib keladi.
Saraton kasalliklari - butun dunyo bo‘ylab o‘limlarning eng asosiy sabablaridan. Xavfli o‘smalar xususiyati hamon to‘kis o‘rganilmagan. Ammo tasdiqlangan gipoteza shuki, saraton kelib chiqishi sabablaridan biri - xavfli radikal moddalar tufayli hujayralarda paydo bo‘lgan patologik o‘zgarishlardir.
Antioksidantlar xavfli radikallarga qarshi kurashadi. Sabzi, lavlagi, karam, bulg‘or qalampiri, ismaloq, tomat, qovoq, baqlajon, piyoz, sarimsoq va yashil sabzavotlarda antioksidantlar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, malina, olxo‘ri, qorag‘at, sitrus, olcha, qovun, anor, uzum kabi meva va rezavorlar ham antioksidantlar manbai hisoblanadi.



Bodom, xandon pista va grek, keshyu, pekan, funduk kabi yong‘oqlar ham organizm uchun foydali. Chunki ular antioksidant uchun zarur bo‘lgan E vitaminiga boy. Ular nafaqat radikallarga qarshi kurashadi, balki zararlangan DNK larni ham qayta tiklash xususiyatiga ega.





Ziravorlardan qalampirmunchoq, zarcho‘va, dolchin (koritsa), quritilgan petrushka, oregano ham salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Choy, qahva, qora shokolad, kakao, qizil vino, na’matak, dengiz mahsulotlari, quruq mevalar ham antioksidantlarning qo‘shimcha manbasi hisoblanadi.



Doimo yodda tutish lozimki, antioksidantli mahsulotlar ham faqat meyorida iste’mol qilinganda foydali. Shuningdek, ushbu mahsulotlarni iste’mol qilish bilan birga, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish lozim.











Yüklə 97,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin