I kirish. I. bob Asosiy qism


II.BOB.MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI RAVON NUTQQA O’RGATISH



Yüklə 119,98 Kb.
səhifə7/10
tarix25.12.2023
ölçüsü119,98 Kb.
#196852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TO`G`RI NAFAS OLISH VA CHIQARISH USTIDA ISHLASH

II.BOB.MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI RAVON NUTQQA O’RGATISH.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o’rgatish. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish maktabgachaa ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan o’g’zaki nutqning asosiy shaklini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli- dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon so’zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So’zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko’p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir birini tinglash, savollarga javob berish qobiliyati shakllanadi.Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqti yoki sabab-oqibatli aloqada bo’ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkin: faktlar haqiqatan ham bir vaqtdalik yoki ketma ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkin.Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi.Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so’ngra esa ertalar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo’ladi.
Ravon nutqdan til elementlari-tovushlar, morfemalar, so’zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o’rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantrish jarayonini tashkil etadi.
Ma’lumki, ravon nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o’zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir nechta jumlalarda o’z aksini topishi mumkin. Ravon nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o’ynaydi. Maktabgach katta yoshdagi bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va ko’nikmalar mavjud bo'lganligini hisobga olib, ularda ravon nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglahda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatanimiz haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Unda “Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun dastur”da bolalarni buyuk siymolar,sarkardalar, ulug’ mutafakkirlar haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning milliy qadriyatlarimiz haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida ravon nutqni rivojlantirishga yordam beradi.


Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o’rgatish:
Mavzu: “Men yoqtirgan fasl”.


Maqsad: Shaxsiy tajribaga asoslanib ravon nutqni rivojlantirish mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya tuzish qobiliyatlarini rivojlantrish.

Vazifalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasini shakllantirish, sabzavot va mevalar bo’yicha lug’atini shakllantirish, topishmoqlar, maqollar mazmunini tushunishga o’rgatish, maqollardagi so’zlarni aniq va burro aytish.

Kutilayotgan natijalar: Shaxsiy hayot (tajriba)dan tugallangan hikoya tuzish malakasi shakllanadi, hikoya to’qishga qiziqish uyg’otadi, topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.

Kerakli jihozlar: To’rt faslga oid katta rasmlar, to’rt faslga oid qirqma rasmlar.

Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar hozir qanday fasl? (Qish). Qish faslida qanday o’zgarishlar ro’y beradi? Sizga qaysi fasl ko’proq yoqadi? Nima uchun yoqadi? Bugun biz “Men yoqtirgan fasl” mavzusida qisqa va tugallangan hikoya tuzishni o’rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo’linib olamiz.


  • Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl).


  • Demak, biz to’rt guruhga bo’linamiz.




Bolalar guruhlarga bo’linish uchub bahor, yoz ,kuz va qish fasllari tasvirlangan suratlarning qirqma bo’laklarini oladilar. Ular o’z fasllariga tasvirlangan qirqma bo’laklarini yig’ish bilan guruhlarga bo’linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor faslini; 2-guruh bolalari yoz faslini; 3-guruh bolalari kuz faslini; 4-guruh bolalari qish faslining qirqma bo’laklarini yig’adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri hosil bo’ladi. Har bir guruh o’z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak. Hikoya yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin. Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiya: Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g’ir-g’ir esib turadi. Osmon toza va beg’ubor bo’ladi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo’lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo’ladi. Mevalar teriladi, kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlarda birin-ketin kovlanadi. Paxtalar teriladi.
Bolalarning tuzgan hikoyalari bo’yicha guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. Har bir guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rag’batlantiriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Quyosh
Erta tongda


Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi,
Boshlarini silaydi.
Bilaklarni ichki tarafi bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo’ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib mashg’ulotni tugatishi mumkin.
  1. Qish g’amini yozda ye.


  2. Bahorgi harakat-kuzgi barakat.


  3. Yozgi mehnat-qishki rohat.


  4. Yer haydasang kuz hayda,




Kuz haydamasang yuz hayda.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:

  1. Bir yilda nechta fasl bor?


  2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?


  3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.






Yüklə 119,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin