I kirish: I. Bob: uchinchi sinf o’quvchilarga ikki ovozli qo’shiqlar o’rgatishda xor malakalarini shakllantirish uslublari


O’QITUVCHINING QO’SHIQNI IJRO ETISHI



Yüklə 81,66 Kb.
səhifə7/12
tarix30.10.2022
ölçüsü81,66 Kb.
#66827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MAVZU

O’QITUVCHINING QO’SHIQNI IJRO ETISHI – o’qituvchining qo’shiqni ijro etishi uni o’rgatish jarayonidagi muhim bir payt hisobfanadi. O’qituvchining qo’shiqni nechogli aniq chiziq ravshan, ta’sirli ijro etsa, bu qo’shiq o’quvchilarga shunchalik tushunarli bo’lib qoladi, qo’shiqni o’rganish ularga oson bo’lib ko’rinadi. Bolalar qo’shiqni kuchli taasurot billan tinglashar ekan, ularning shu qo’shiqni tezrok o’rganib olgilari keladi. Shunday qilib, bolalarni jim o’tirib zo’r diqqat bilan qo’shiq tinglashga odatlantira borish kerak. O’qituvchi qo’shiqni boshidan oxirigacha ham, qisman ham ijro etishi mumkin. Agar qo’shiq tabiat manzaralarini aks yettirsa, yil fasllari ifodalasa, unda qandaydir umumiy mazmun va kayfiyat bayon qilinadigan bo’lsa, qo’shiqning bir bandini ijro etishning o’zi kifoya qiladi, boshqa bandlarini esa qo’yilmasdan o’qib beriladi xolos. Ammo ayrim qahramonlarga, tarixiy vokealarga oid qo’shiq va ashulalarda bo’lganidek, qo’shiq rivojining umumiy yo’li yakkol ma’lum bo’lsa, bolalarda yaxlit badiiy obraz taasurotini hosil qilish uchun qo’shiqni tulik ijro etish afzalrok bo’ladi.
SUXBAT. – qo’shiq o’rgatish oldidan, odatda, qo’shiqning mazmuni va musiqaviy ta’sirchanligi, uning musiqasini yozgan kompozitor va she’rini yozgan shoir haqida suhbat o’tkaziladi. Bu suhbat o’quvchining qo’shiqni ijro etishdan oldingi kirish so’zi va undan keyingi xotima - xulosa so’zi tarikasida o’tkazilishi mumkin. Kirish so’zi nixoyatda qisqa va xilma xil mazmunda bo’lishi kerak. Chunonchi, o’qituvchi faqat qo’shiqning nomini, uning kompozitori va shoirining nomini aytadi yoki shu asarni yaratgan kompozitorning hayoti va ijodiy yo’lidan 1-2 ta yorqin vokeani gapirib beradi. Tarixiy vokealarga, qahramonlarga bag’ishlangan qo’shiq va ashulalarni ijro etishdan oldin suhbat o’tkaziladi. Bundan ko’zanadigan maqsad bolalarning shu qo’shiq to’g’risidagi taasurotini kuchaytirishdan iborat. Bunday suhbatda bolalarning o’zlari ham aktiv ishtirok etishlari mumkin. Ular ayrim vokealar va qahramonlar to’g’risida eshitib yoki o’qib bilganlarini gapirib berishadi. Agar qo’shiqda notanish so’zlar uchraydigan bo’lsa, bolalarning idrok jarayonini qiyinlashtirib qo’ymaslik va diqqatini chalgitmaslik uchun uni tinglashdan oldin, notanish so’zlarga izoh beriladi. Qo’shiqni jjro etib ko’rsatgandan keyin ancha batafsil suhbat qilinadi, ammo bu suhbat juda cho’zilib ketmasligi shart. Bolalar o’qituvchi ijro etayotgan qo’shiqni tinglashar ekan, ta’sirlanib, ruxlanib ketishadi. Shu qo’shiq to’g’risida ularda fikr olishuv istagi tug’iladi. Bu istak darsning juda muhim paytidir. Lekin ushbu masalada, o’zi bo’larchilikka va boshboshdoqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. O’qituvchi suhbatni yo’lga solib, boshqarib turishi kerak. Bunda u bolalarga bir qancha savollar beradi: Qo’shiqda nima haqida so’z boradi; uning musiqasi qanday xususiyatga ega; u og’ir – vazmin aytiladimi yoki tez aytiladimi; u marsh qo’shigga o’xshaydimi yoki raqs qo’shigga; bolalar jo’rnavozlikdan qanday zavq olishdi va h.k. Bundan tashqari, o’qituvchi shu suhbatda bolalarga yangi bilim va tushunchalarni berib, qo’shiqdagi badiiy obrazni - kuchaytirishga yordam qiluvchi musiqali ifoda vositalarini ularga tushunarli shaklda ochib berishi kerak.
Ayrim xollarda qo’shiqning kuyni bolalarning esiga solish uchun suhbatdan so’ng uni ikkinchi marta ijro etish ma’qul. Qo’shiq ijro etilib, uning haqida suhbat o’tkazilgandan keyin, o’qituvchi qo’shiqni bevosita o’rgatishga kirishadi.

Yüklə 81,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin