I kirish II. Asosiy qism


Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash



Yüklə 69,37 Kb.
səhifə15/17
tarix02.03.2023
ölçüsü69,37 Kb.
#86155
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu

Ma’lumotlarga kirish saxifalarini taxrirlash

“Shakl”ni taxrirlash kabi “caxifa”ni taxrirlash uchun ham Конструктор rejimida odatdagi, yuqorida shakl uchun tavsiflangan, usullar qo’llaniladi. Ularga qo’shimcha ravishda saxifalarni taxrirlashda turkumlash imkoniyatiga bogliq xolda bo’limlar sonining ko’pligi hamda “Elementlar paneli”da boshqaruv elementlarining tarkibi kengayganligigiga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, kuzatishimizcha, “shakllar”da ham, “saxifalar”da ham boshqaruv elementlari o’zlariga birikkan ustayozuvlar bilan birga boshqa joyga o’tkaziladi. “Shakl”da elementga birikkan ustayozuv boshqaruv elementisiz alohida joy almashmaydi, ya’ni ustayozuvni ko’chirmokchi bo’lsangiz uning elementi ham birga harakatlanadi. “Saxifa”da esa boshqaruv elementining ustayozuvi o’z elementidan ajralgan xolda boshqa joyga “tashib o’tilishi” mumkin.



Xisobotlar bilan tanishuv

“Xisobotlar-Отчеты” ob’ekti o’z nomi bilan “jadvallar”, “so’rovlar”, “shakllar” va “saxifalar”da bajarilgan ishlar natijasining qogozdagi ma’lum bir qolipga solingan aksi- xisobotidir. Demak, odatda, “xisobot” MB dan olingan ma’lumotlarni formatlangan xolda chop etish uchun mo’ljallangan. Bunda “xisobot”ni chop etish jarayoni Microsoft Officening boshqa turdagi xujjatlarini chop etish kabi boshqariladi.
“Shakl”lar xakida aytganlarimizning aksariyati “xisobot”lar uchun ham o’rinlidir. “Avtoxisobot”larda avtomatik loyixalash amalga oshiriladi. “Avtoxisobot”larga База данных Создать Новый отчет buyruqlari ketma-ketligi orqali kiriladi va bunda “avtoxisobot” turlaridan biri tanlanadi.

Xisobotlar ustasi

Xisobotlarni avtomatlashtirilgan xolda xosil qilish vositasi – bu “Maстер отчетов”dir. “Xisobotlar ustasi”ni sichkoncha ko’rsatkichi “База данных” oynasidagi “Создание отчета с помощью мастера” yozuvi ustida turgan xolda sichkonchaning chap tugmasini ikki marotaba deyarli uzluksiz bosish orqali ishga tushirish mumkin. “Xisobotlar ustasi” ham boshqa turdagi “ustalar” kabi bir qancha bosqichda ishlaydi. “Xisobotlar ustasi” ishga tushgach, uning yordamida MB ning xisobot asoslanishi kerak bo’lgan jadvali yoki so’rovi, xisobotda o’z aksini topuvchi maydonlar, turkumlanishi lozim bo’lgan maydonlar, saralanuvchi maydonlar va saralash uslublari tanlanadi, chop etiluvchi maketning ko’rinishi va bezash usuli tanlanadi.
Tayyor xolga keltirilgan xisobotning tuzilmasi shakl tuzilmasidan fakat bo’limlarning soni ko’pligi bilan farq qiladi. Sarlavxa, izox va ma’lumotlar bo’limlaridan tashqari, xisobot tarkibida yuqori kolontitul va quyi kolontitul bo’limlari ham bo’lishi mumkin. Bu bo’limlar xisobot saxifasi bittadan ortiq bo’lgan xollarda, saxifa raqami kabi yordamchi axborotlarni chop etish uchun zarurdir. Agar xisobotning ba’zi maydonlari uchun turkumlash qo’llanilgudek bo’lsa, gurux(turkum)lar sarlavxalarini bezash (rasmiylashtirish) aloxida bo’limlarda bajarilishi boisidan, xisobotning bo’limlari soni anchaga ortadi.




Yüklə 69,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin