I kirish II. Asosiy qism



Yüklə 69,37 Kb.
səhifə4/17
tarix02.03.2023
ölçüsü69,37 Kb.
#86155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu

Urniga kuyish ustasi (мастер подстановок) – bu ob’ektni sozlash tufayli klaviaturadan emas, sichkoncha yordamida ma'lumotlarni yoyiluvchi ro’yxatdan tanlab olish yo’li bilan maydonga ma’lumotlar kiritishni avtomatlashtirish mumkin.

MBBT (Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimi)ga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: bu-foydalanuvchilar guruhi va loyihalovchilar guruhi. Loyihalovchilar MBga ehtiyojmand foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi.
MBBTga murojaat etuvchilarning foydalanuvchilar guruhi vakillari loyihalanib bo’lgan MBni to’ldirish va ularni istifoda qilish bilan band bo’ladilar. Umuman olganda, foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o’zgartirishga haqli emaslar, ular, odatda, faqat o’z funksional vazifalariga taalluqli ma’lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.


MBBTning asosiy ob’ektlari
Ob’ekt deganda, odatda, qulanilishi nuqtai nazaridan uzi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushiniladi. MBBTlarda ob’ektlar iborasiga alohida ma’no yuklatilgan bo’lib, tuzilishi o’ziga xos murakkablik kasb etuvchi MBda ob’ektlar axborot oqimini boshqarish, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, himoyalash, tahlil qilish va uzatish bilan bogliq qiyin amallarning bajarilishida ma’lum bir tartib o’rnatishga va shu asnoda foydalanuvchilar uchun etarlicha engillik yaratishga xizmat qiladilar. Siz bilan biz o’rganishga kirishgan Microsoft Access dasturida asosiy ob’ektlarning etti xili mavjud. Ular bilan bir qator tanishib chiqamiz.



rasm 1.

Jadvallar -har qanday MBning asosiy ob’ektlari hisoblanadi. MBda saqlanishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar jadvallarga jo bo’ladi, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilmani-MB tuzilmasini ham o’zlarida ifoda etadilar.

So’rovlar kerakli ma’lumotlarni MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So’rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko’pgina amallar bajariladi, ya’ni so’rovlar orqali ma’lumotlarni saralash, ya’ni filtrlash, ma’lumotlarni berilgan tartibda o’zgartirish, ma’lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB jadvallarining o’zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko’proq mehnat, ko’proq vaqt sarf bo’ladi. So’rovlar esa ishlash tezligi va MB xafsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.


Yüklə 69,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin