5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatii bozorlarni
aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o’zgarishlari tahlili, sinov
marketingi o’tkazish, sotishni rag’batlantirish tadbirlarini o’rganish bo’yicha
va hokazolar).1
Marketing xususida to’plangan barcha axborot va xabariar boshqarishda qaror
qabul qilishni quwatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar,
qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish
doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga
asoslangan bo’lishi tabiiydi.r.
4-chizm a. M arketing xususida qaror qabul qilinishni quw atlovchi
tizim ning ta rkib iy tuzilishi
Chizmada aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar
bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishiash jarayonida mukammalashgan
modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu rasmda umumiy
jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular ko’lami juda keng bo’lib, tashkilotda
marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab
ko’p yoki kam qo’llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko’plab marketing
1
Аакер Д., и др. Маркетинговые исследования. Изд. 7-е. Пер. с англ /Под ред. С.
Божук. - СПб.: Питер,2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi