I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə79/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97
UMK

«O‘rinni saqlash» — raqobatchilarning e’tiborini olmagan bozor faoliyatida doimiylikni saklash.
«Aylanib chiqish» — raqobatchilar bilan to‘g‘ri to‘qnashuvdan saqlanish. SHu bilan birga firma raqobatga chidamagan tovarlarni ishlab chiqarib servis xizmatlarini yaxshilamay, raqobatchilar nuqtai nazaridan jozibasiz bo‘lgan sotish kanallari va rag‘batlantirishdan foydalanish va boshqalar.
Marketingning funksional strategiyasiga birinchi navbatda maqsadli bozor strategiyasi, segmentatsiya va mavqelashtirish kiradi. Maqsadli bozorbu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun o‘zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko‘rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo‘lgan tovarlar sotish hajmini ko‘paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. CHuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo‘qolgani sababli marketingga bo‘lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo‘ladi.
Differensiallashgan marketing ayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo‘lgan ularning majmuilarida qo‘llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to‘laroq qondirish, bozordagi o‘rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o‘rganishga to‘g‘ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag‘batlantirish va sotish yo‘nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko‘paytiradi.
Konsentrlashgan marketing alohida iste’molchilar guruhlarining (segmentlarining) o‘ziga xos talablarini hisobga oladi, ularga maksimal ravishda moslashadi, yangi iste’molchilarni jalb qilish maqsadida bozorga kirib borishini davom etadi. Korxonaning vazifasi mahsulot sotilishini maksimallashtirish emas, balki barqarorlik, doimiy xarajatlar, bozor ulushining yetarligi va iste’molchilarning e’tiborini qozonishga erishishdan iborat.


    1. Yüklə 1,84 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin