I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə8/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
болалар психологияси

2. Psixologik tadqiqot o‘tkazish shakllari.

Bolani o`rganish ikki asosiy shaklda – amalga oshiriladi: «ko`ndalangiga kesim» shaklida va «uzunasiga kesim» metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.Tadqiqot ko`ndalangiga kesim shaklida –o`tkazilgan daturli yoshdagi bolalar guruxlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat o`rganiladi va xar xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari o`zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.El’konin kichik, o`rta va katta maktablari yoshdagi bolalarning syujetli-rolli uyinlariga xos xususiyatlarni o`rganib, o`zaro solishtirib bolalar o`yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko`ndalangiga kesim shaklidagi tadkiqotda aso­siy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farklarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bulsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muxim o`zgarishlarni payqashi uchun ko`proq imkoniyatlarga ega bo`ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida –o`tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi xayoti o`rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o`tishda bola psixikasida va xulq-atvorida ro`y beruvchi o`zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan. Maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo`yicha ish boshlangan bo`lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o`rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo`ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqo tshuningdek, ayrim xollarda longityud tadqiqot xam deb atala­di. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko`p vaqt talab etadi.




Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin