Atom tuzilishining elektron nazariyasi atomlarning molekulalar holatigacha birika olishini, ya’ni kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishi mexanizmi va tabiatini tushuntiradi.
Kimyoviy bog‘-ikki yoki undan ortiq atomlarning o‘zaro ta’sirlashuvi bo‘lib, bunda kimyoviy barqaror ikki- yoki ko‘p atomli sistemalar (mn: molekula yoki kristall) vujudga keladi.
Bog‘ qutbliligi-bog‘ o‘qi atrofida umumiy elektron juftining taqsimlanishi asimmetriyasi bilan belgilanadi;
Bog‘ karraligi-atomlarni bog‘lab turuvchi elektron juftlar soni bilan aniqlanadi;
Bog‘ uzunligi-atom yadrolari orasidagi masofaning muvozanat holati (nm larda o‘lchanadi);
Bog‘ energiyasi-bog‘ni uzish uchun bajariladigan ishga teng (kJmol larda o‘lchanadi)
Bu ikki- yoki ko‘p atomli molekulalar hosil bo‘lishida kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishini; ikki- yoki ko‘p atomli molekulalar parchalanishida kimyoviy bog‘ uzilishini anglatadi.
Kimyoviy bog‘ hosil bo‘lishi sistemaning to‘liq energiyasining kamayishiga olib keladi.
Bog‘ hosil bo‘lish jarayoni ekzotermik bo‘lib energiya ajralib chiqishi bilan borsa, bog‘ uzilishi endotermik bo‘lib energiya yutilishi bilan boradi.
Kovalent bog‘ ikki xil usul bilan uziladi:
Gomolitik uzilish
Geterolitik uzilish
Uyga vazifa: 8,9,10-sinf darsliklaridan mavzuga doir materiallarni o‘zlashtirish.