Uzatuvchi qabul qiluvchi
7. Amaliy daraja
|
|
7. Amaliy daraja
|
6. Vakillik darajasi
|
6. Vakillik darajasi
|
5. Seansli daraja
|
5. Seansli daraja
|
4. Tarnsportli daraja
|
4.Tarnsportli daraja
|
3. Tarmoqli daraja
|
3.Tarmoqli daraja
|
2. Kanalli daraja
|
2. Kanalli daraja
|
1. Fizik daraja
|
1. Fizik daraja
|
Axborot yo‘li 7-rasm
Bunda bir abonentdagi har bir daraja shunday ishlaydiki, boshqa abanentning tegishli darajasi bilan to‘g‘ri aloqada bo‘layotganday, ya’ni tarmoq abonentlarining bir nomdagi darajalari o‘rtasida virtual aloqa mavjud.
Real aloqani bir tarmoqdagi abonentlar faqat eng pastki, birinchi, fizik darajada olishadi. Uzatuvchi abonentda axborot hamma darajani o‘tadi, yuqoridan boshlab pastida olingan axborot tеskаri yo‘l yuradi: pastki darajadan yuqorisiga.
Har xil darajalarning funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Amaliy daraja (Application), yoki ilovalar darajasi, foydalanuvchi ilovalarini bevosita ushlab turib xizmatlarni ta’minlaydi, masalan ma’lumotlar bazasiga kirish fayllarini uzatish dasturiy vositalari, elektron pochta vositalari, serverda registratsiya qilish xizmati. Bu daraja qolgan olti darajani boshqaradi.
Taqdim etish darajasi (Presentation), yoki ma’lumotlani taqdim etadigan daraja, ma’lumotlar formatini belgilaydi va ular sintaksisini tarmoqga qulay shaklda qayta tuzadi, ya’ni tarjimon funksiyasini bajaradi. Bu yerning o‘ziga ma’lumotlarni shifrlаsh va shifrni yechish bajariladi, kerak bo‘lsa ularni siqadi.
Seansli daraja (Session) aloqa seanslarini o‘tkazishni boshqaradi (aloqani o‘rnatadi, ushlab turadi va to‘xtatadi).
Transportli daraja (Transport) paketlarni xatosiz va yo‘qotmasdan, kerakli ketma – ketlikda еtqаzishni ta’minlaydi. Bu yerda uzatadigan ma’lumotlarni bloklarga bo‘linadi, paketlarga solinadi va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni taxlaydi.
Tarmoqli daraja (Network) paketlarni adreslashtirishga javob beradi va mantiqli ismlarni fizik tarmoqli adreslarga o‘tkazadi (va tеskаri), shuningdek paket kerakli joyga borish marshrutini tanlaydi (agar tarmoqda marshrutlar bo‘lsa).
Kanalli daraja, yoki uzatish liniyalarining boshqarish darajasi, boshlanish va oxirgi boshqarish maydonlarning kiritgan standart ko‘rinishini shaklga solinishiga javob beradi. Shu joyda tarmoqga kirishni boshqarilishi bajariladi, uzatish xatolari topiladi va xatoli paketlarni qabul qiluvchiga qayta yuborish bajariladi.
Fizik daraja (Physical) – modelni eng pastki darajasi bo‘lib, uzatish muxitida qabul qilingan uzatilgan axborotni signallarga kodlash uchun javob beradi va teskarisi – kodlarni yechish. Bu yerni o‘zida birlashtiruvchilarga, raz’yemlarga, elektrlik moslashlarga, yerga tutashtirishga, halaqit
beruvchilardan himoyalanishga va h.k. talablar belgilanadi.
Modelning ikkita pastki darajalarini (1 va 2) ko‘p funksiyalari apparatli qilinadi (daraja 2 ni qisman funksiyalari – tarmoqli adapterning dasturiy drayveri bilan). Huddi shunday darajalarda uzatish tezligi va tarmoq topologiyasi, almashuvni boshqarish usuli va paket o‘lchamlari topiladi, ya’ni tarmoq turiga bevosita tegishli bo‘ladi (Ethernet, Token – Ring, FDDI). Yuqori darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq apparat bilan ishlashmaydi, lekin 3-5 darajalar uning xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.
Darada 2 (kanalli) da ko‘pincha 2 darajagacha ajratiladi.
Yuqori darajada (LLC – Logical Link Control) mаntiq aloqani boshqaradi, ya’ni virtual kanal aloqasini o‘rnatadi (uning funksiyasining bir qismi tarmoqli adapterning drayver dasturi yordamida bajariladi).
Pastki darajada (MAC – Media Access Cantroi) axborot uzatish muxitga bevosita kirishni bajaradi (aloqa kanaliga). U to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqning apparaturasi bilan bog‘langan.
OSI mоdеl dараjаlar funksiyalarini ko‘rib chiqamiz (8-rasm).
1
|
Ilovalar darajasi. Qo‘shimchalardan iborat bo‘lib, ular yordamida tarmoqdan foydalanish mumkin.
|
2
|
Taqdim etish darajasi tarmoqdagi ma’lumotlarni formatini standartlashtiradi.
|
3
|
Seansli daraja ilovalar o‘rtasidagi ulashuvlarni boshqaradi.
|
4
|
Transportli daraja. qidirish va tuzatish kiritish yordamida ma’lumotlarni xatosiz uzatishni kafolatlaydi.
|
5
|
Uzatish darajasi. Tarmoqdagi kompyuterlar orasida eng yuqori darajali ulanishlarni boshqaradi.
|
6
|
Qimoyalash darajasi. Fizik ulanish uslubi bilan ma’lumotlarni ishonchliligiga g‘amxo‘rlik qiladi.
|
7
|
Bitli uzatish darajasi. Uzatish yo‘llari fizik xususiyatlarini belgilaydi.
|
8-rasm
Daraja 1: bitli uzatish darajasi.
Bitli uzatish darajasi (ingl. Physikal Layer) fizik vositalari yordamida bit ma’lumotlarini uzatish muammolarini hal etadi.
Ma’lum bir uzatish vositalarini maxsuslashtirish bilan boshlanadi (misli kabel, yoriq to‘lqinli kabel, havo), shtekkerli ulanishlarning aniqlash va h.k. Bu darajada qanday qilib bir uzatilishini hal etish lozim? Nimani ko‘zda tutmoq kerak?
Barcha informatika 0 va 1 oralig‘idagi yechiladigan farqiga qurilgan. “Rost va yolg‘on” oralig‘iga. Bu axboraviy birlik bit deb ataladi.
Tushunarliki, uzatish vositalarga, masalan, mis kabeliga elektr uzatish bo‘lganida, yoki havo radio uzatish bo‘lganda, 0 va 1 miqdorlari noma’lum. Shuning uchun har bir vositaga Ma’lumotlar miqdorini kodlashni ixtiro qilish kerak, Masalan, Ma’lum bir muddatga hisoblangan Tok impulsining ma’lum bir kuchlanishga yoki ma’lum bir chastotali radio to‘lqiniga.
Shunday qilib, bitli Uzatish darajasi, asosan, mexanik va elektrotexnik muommolarini hal etadi. Lekin Bu daraja bo‘yicha boshqa bilim talab qilinmaydi deganligini bildirmaydi.
Ma’lum bir arxitekura – texnik qarorlarni tanlaganda, ko‘pincha birdaniga tarmoq xususiyatlari va cheklashlari o‘rnatiladi, va keyinchalik ularni o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi. Noto‘g‘ri qarorlar ko‘p mablag‘ ketkazishga olib keladi, chunki ko‘pincha apparatli ta’minlanishni bir qismi boshqa materiallar bilan almashtarishga to‘g‘ri keladi. har xil tarmoqlar turini, Ezernet bo‘lsin, estafetali Halqalar bo‘lsin va h.k. o‘zining ildizlari daraja 1 da bo‘ladi va apparatli ta’minlanishni ma’lum bir qarorlari bilan zich bog‘langan.
Daraja 2: himoyalash darajasi
Agar daraja 1 faqat bitlar oqimiga tegishli bo‘lsa, unda himoyalash darajasida (ingl. Data Link Layer) ma’lumotlar axboraviy kadrlar (Frames) deb nomlanadiganga umumlashtiriladi. har bir axboraviy kadr boshlanishiga bitlarning Ma’lum bir ketma – ketligi joylashadi, oxirida – boshqasi. Bir axboraviy kadr ichida keyinchalik boshqariladigan axborot qoldirilishi mumkin.
Bir axboraviy kadr bir necha yuzlardan bir necha minggacha baytlarni qamrab olishi mumkin.
Tasdiqlanuvchi kadr yordamida (Acknowledgement Frame) axboraviy kadrni yuborgandan keyin, qabul qiluvchining axboraviy kadrni To‘g‘ri olinganligi to‘g‘risida tasdiqlash kelib chiqаdi. Axborotlini yuborilganiga o‘xshab, tasdiqlovchi kadrda ham halaqit qiluvchilar paydo bo‘lishi mumkin. Yana shunaqa holat bo‘lishi mumkinki, qabul qiluvchi yuboruvchi (yoki bir nechta yuboruvchi) ma’lumotlari bilan “to‘ldirib tashlagan” bo‘ladi va buncha ko‘p yuborilgan paketlarni To‘g‘ri qabul qila olmaydi. Shunaqa muammo, “oqim nazorat” deb ataladi va himoyalash darajasida xam uchraydi.
Bitli uzatishni strukturalanmagan darajasi bilan taqqoslaganda, uzatishni To‘liq huquqli himoyasi Bu yerda hozir bo‘lib turibdi, gohida tajribali administrator va ixtirochilar tomonidan baholanmaydi. Baholanmaslik sababini Shundan qidirish kerakki, yuqoriroq darajalarda ham himoyalash mexanizimlari bor, ular himoyalash darajasiga ishonch qozonmaydi. Lekin, ko‘p ilovalarga Bu himoyalash mexanizmlari yetarli, Bu yana bir marotaba himoyalash darajasini ajoyib ishlashini tasdiqlaydi.
Daraja 3: Uzatish darajasi
Tarmoqda kamdan-kam voqyealarda kommunikatsiya faqat qo‘shni ishchi stansiyalari bilan bo‘ladi. Odatda, xabarlarni qabul qiladigan yoki jo‘natadigan kompyuter qayerda joylashgani to‘g‘risida axborot umuman yo‘q. Avtomatik ravishda Savol tug‘iladi, qanday qilib ma’lumotlar paketi kompyuter – adresatga yo‘l topadi?
Paket yo‘l davomida tarmoqni ko‘p qismlarini o‘tishi kerak. Bu tarmoqlar ko‘pincha ma’lum emas, shuning uchun tushunib bo‘lmaydi, tarmoqni u yoki boshqa qismini tanlashda ma’no bormi, chunki u yerda shu momentda harakat kamroq.
Bu turdagi muammolar Routing (joy o‘zgarishini boshqarish) deb aytilishi, uzatish darajasida hal etiladi (ingl. Network Layer) tarmoqni noma’lum qisimlarini kesib o‘tish vaqtida ko‘p topshiriqlar va muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda, so‘zsiz, muhim omillardan to‘g‘ri marshrutni tanlash bo‘ladi.
Internetda ma’lumotlarni uzatganda Bu istisno emas balki qoidadir.
Shundan kelib chiqish kerakki, tarmoqdan axborotni yuklaganda, uzatilgan ma’lumotlarning bir qiсmi ikkinchi qiсmigа qaraganda umuman boshqa marshrutdan foydalangan. Marshrutning tanlashda trakt qidiruvchilari (Router) shug‘ullanadi.
Daraja 4: Tраnspоrtli daraja
Hatto, agar daraja 3 ma’lumotlarni kompyuter – adresatga yetkazish kerakligi to‘g‘risida g‘аmхo‘rlik qilsa ham, barbir kompyuterlar orasidagi haqiqiy kommunikatsiya to‘g‘risida hali gap bo‘lishi mumkin emas.
Barcha shu momentgacha bo‘lib o‘tganlarni xatni pochta qutisiga tushirish bilan taqqoslasa bo‘ladi. Xat o‘zining maqsadiga yetib keladi, lekin axborotni hali o‘qib chiqish kerak va unga bor kim javob berish kerak. Хаqiqiy kommunikatsiya daraja 4 dan boshlanadi (ingl. Transport Layer).
Bir birovini tushunadigan sheriklar orasidagi kommunikatsiya bo‘lib o‘tishi kerak.
Biz bilishimizcha, kompyuterda ko‘p miqdorda har xil Ilovalar bor (mavjud) va ko‘p sonli jarayonlar bo‘lib o‘tadi. Savol tug‘iladi, Aslida kim uchun xabar Mo‘ljallangan? Shunday xol bo‘ladi, adresli sherikni shu momentda aniqlab bo‘lmaydi (nimalarga dir band bo‘lishi mumkin, yoki “osilib qolgan”, yoki ishga tushirilmagan.) Bunday paytda ulanish maxlum bir xizmat bilan bo‘lishi kerak. Kimdir esa, so‘rovga javob berishi kerak. Yana muhimi, jo‘natuvchi tomonidan yuborilgan malumotlarni qabul qilinganlik to‘g‘risida xabarni olingani, agar bu muhim ma’lumotlar bo‘lsa. Bunday imkoniyatni daraja 4 Taqdim etadi va qo‘shimcha himoyalash mexanizimiga ega bo‘ladi. Bunday himoyalashni maqsadi kommunikatsiya tezligini kamaytirish, chunki jo‘natish va olganlikni tasdiqlash ma’lum bir zahiralarni egallaydi.
Agar birinchi galda tez ulash turgan bo‘lsa, tasdiqlaganni jo‘natish istalmagan bo‘lib qoladi va undan voz kechish mumkin.
Tраnсpорtli daraja “oxirini oxiri bilan” ulashni o‘rnatadi va shunday qilib, ikki kompyuterlar orasidagi kommunikatsiyani seans deb nomlanadigan atama yordamida ochish mumkin.
Daraja 5. Seansli daraja.
Seans tartiblangan dialoga asoslangan. Agar hamma bir vaqtda gapira boshlasa, bunda seansni yutug‘i gumon bo‘lib qoladi. Haqiqatda, Barcha tarmoqli ulanishlar seansli xarakterga ega, ya’ni kommunikatsiya bir yo‘nalishda bo‘lmaydi, u boshqarilishi kerak. Dialogni boshqarish seansli darajada bo‘lib o‘tadi. Bunda seanslarni shakllantirish va demontaj qilish, seansni borishi haqida kelishuvlar, ma’lumotlar yuborilganda nazorat punktlarni o‘rnatish (halaqit qiluvchilar paydo bo‘lsa, uzatishni shunga o‘xshash nazorat punktlarining bittasida tiklash mumkin) kabi masalalar paydo bo‘ladi
Daraja 6. Taqdim etish darajasi
Har xil oxirlanganm tizimlari belgilangan, ko‘p foydalaniladigan turli manerdagi elementlarni namoyon qiladi. Ma’lumotlar turlarini simvolli satrlar (yo‘llar) sifatida, yoki butun sonlar, fayllar, printer uchun boshqaradigan simvollar va h.k. taqdim etish tizimdan tizimga o‘zgарib boradi. Ilovalar Shunday kodlashtirishlar bilan kommunitslashtirilishi sababli, tarmoq uchun standart kodlashtirishni (faqat toza ikkilamchi ketma – ketlikda emas) ishlatish ma’noga to‘g‘ri keladi.
Standart kodlashtirish takdim etish darajasi bilan barpo etiladi (ingl.Presentation Layer) yoki olinganda kompyuterning taqdim etish ichki formasiga almashtiriladi.
Bundan tashqari ma’lumotlarning zamonaviy oqimida muhim rol o‘ynaydigan ma’lumotlarni siqish va kodlash kerak.
Daraja 7. Ilovalar darajasi.
Daraja 1 ni apparatli ta’minotdan ajratib bo‘lmaydi, garchi aslida apparatli ta’minot bunga taaluqli emas.
Huddi shunga o‘xshab daraja 7 o‘zini tugadi, faqat amaliy dasturlarga aks etadi. Bu darajani vazifasi oddiy bayon qilish emas, chunki har xil ilovalarga mutloqo har xil funksiyalar ishlatiladi.
Ilovalar darajasi (ingl. Application Layer) tez-tez ishlatiladigan ilovalar iхtiyorigа protokollarni taqdim etadi va har xil tizimlarda ilovalarni kutiladigan
axvolini ta’minlaydi. Protokol degan tushuncha bu yerda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Masalan, davlat vizit protokoli ertalabki birinchi uchrashuvdan boshlab va ujin bilan tamom bo‘ladigan harakatlar qanday tарtibdа bo‘lib o‘tishini aniq ifodalaydi. o‘xshash protokollarni biz pastroq bo‘lgan darajalarda ham uchratganmiz, lekin unda ular faqatgina ma’lumotlar paketlarini uzatish kafolatiga javob berardi. Ilovalar darajasida bizlarni alohida ma’lumotlar paketlari qiziqtirmaydi, Bu yerda gap katta birlik xajmlari to‘g‘risida ketyapti, ular ilovaga qarab o‘zgarishi mumkin. Taqqoslash uchun davlat vizitiga qaytamiz: xukumatining yuqori vakilini uchrashuv vaqtida qo‘lini qisiladi, ikki davlat bayroqlari shamolda xilpillab turadi. Agar biz boshqa kompyuterda qabul qilayotganda “Xush kelibsiz” xabarni olsak va bu bizning terminalda xushmuomala va informativ shaklida yozilgan bo‘lsa yomon bo‘lmas edi. O‘zidan-o‘zi ma’lumki, begona tizim shu momenta qanday terminal turini biz ishlatishimizni bila olmaydi, ular esa minglab bor! Va har bir terminal boshqaradigan simvollarining o‘zining shaxsiy paketlarini ishlatadi. ”Xush kelibsiz” degan xabar bizning ekranda to‘la tartibsizlikni keltirib chiqaradi, agar u faqat bizning terminal uchun maxsus hisoblangan bo‘lmasa.
Bu ilovalar darajasining masalalariga ham taaluqli.
Davpat viziti vaqtida muhim muommolar muhokama qilinadi. Ma’lum bir axborotni so‘rab olish kerak, boshqasi bilan bo‘lishish kerak. Masalan, elektron xat xam ma’lum bir axborotga ega, u siz E – Mail to‘liq bo‘lmaydi, masalan, mavzu, jo‘natuvchi va qabul qiluvchini adreslari, shuningdek oxirini belgisi, u siz mаtn qayerda tamom bo‘lishini tushinib bo‘lmaydi. Ilovadan ilovaga erkin o‘zgarishi mumkin bo‘lgan protokol qismlari daraja 7. bilan o‘rnatiladi.
OSI mоdеlidаn tashqari 1980 y fevralda qabul qilingan IEEE Project SO2 modeli ham bor, uning OSI modelini takomillashgan, rivojlangan va aniqlangan sifatida ko‘rish mumkin. Bu model bilan ifodalanadigan standartlar (802 – spetsifikatsiyasi deb nomlanadigan) o‘n ikki xilga bo‘linadi, har biriga o‘zining raqami berilgan.
802.1 – tarmoqlarni birlashtirish.
802.2 – mantiqli aloqani boshqarish.
802.3 – CSMA / CD kirish usuli bilan va (Ethernet) “Shina” topologiyasi bilan lokal tarmog‘i.
802.4 – “Shina”topologiyasi va markerli kira olish bilan lokal tarmog‘i.
802.5 – “Halqa” topologiyasi va markerli kiра olish bilan Lokal tarmog‘i.
Rasmiy gaplar (so‘zlar) tuzilganda bir qator qo‘shimcha atamalar ishlatish o‘ziga xos, lekin bu atamalarning o‘ziga aniqlik kiritish kerak.
Shuning uchun unga аniq bo‘lmagan ta’riflashlar ishlatilishiga huquqlidir, shu sharti bilan, agar ular bir ma’noda va to‘g‘ri foydalanadiganlar orasida tushunilsa.
Misol uchun RS – 232 S ni ko‘pincha surunkali interfeys deyiladi, va bu haqiqatga yaqin, “surunkali port” esa To‘g‘ri keladi deb bo‘lmaydi, chunki bu расmiy ta’riflashdan ancha uzoq. 7-jadvalda keltiritgan ko‘p misollar protokollar bo‘ladi (ISO 646 dan tashqari), to‘g‘ri, nisbatan oddiy.
Ba’zan boshqa tasnif qo‘llaniladi, bunda protokollar quyidаgi guruhlarga bo‘linadi:
Novell (Novell firmasidan, o‘zining OC tarmoqlari bilan ma’lum);
SNA (IBM firmasidan);
DEC net (DEC firmasidan);
TCP/ IP (lokal tarmoqdagi kommunikatsiya uchun katta guruh protokollari yoki bir birovi bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar yig‘indisida, shu bilan birga Internet tарmоg‘idа keng qo‘llaniladigan).
Banyan (Banyan Systems firmasida)
Apple (Apple Computems firmasidan)
Shunday qilib, protokollarni belgilash – huddi shunday sohaki, ko‘p stаndаrtlar “dе fakto” harakatda.
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova
“ ” 2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI № 24
Guruhlar
|
Dars o’tiladigan
sana
|
|
|
|
Mavzu(nomi): Tarmoq standartlari
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Dostları ilə paylaş: |