Tayanch bilimlarini faollashtirish
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beriladi , ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi.
Mashg’ulotning nomi,rejasi,maqsadi va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 4.O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.
Asosiy xolatlarni yozdiradi;
Slaydlarni PowerPoint tartibda namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy, nazariy holatlarni bayon qiladi
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom ettirishni ma’lum qiladi.
Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruh bilan ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholaahlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
|