“Kichik guruhlarda ishlash ta’limiy strategiyasi”;
“Kartochka ta’limiy strategiyasi”;
“Maqsadli o‘qish ta’limiy strategiyasi”;
“Qor bo‘ron ta’limiy usul”.
Kirish qismi
Oʻqituvchi: Matn bilan ishlashda siz qanday asosiy qismlariga e’tibor berasizlar?
O‘quvchilar: Erkin fikrlagan holda o‘zlarining javoblarini aytadi.
Oʻqituvchi: “Kartochka ta’limiy strategiyasi”ni qo‘llagan holda matn bilan ishlash mavzusiga oid iboralar(buyruqlar(shift, enter, caps Lock, space, cut, backspace, paste, clipboard,copy))ni bilganingizni kartochkalarga qoldiring.
Oʻquvchilar:Javoblarni tarqatilgan kartochkalarga yozishadi.
O‘qituvchi: Fikrlaringiz uchun rahmat. Sizlar matn bilan ishlashda turli shakldagi shrift o‘lchamlaridan foydalanish mumkin ekanligini bilasizlarmi?
Oʻquvchi:. Mening do‘stim Sardor katta harflarda (Assalomu alaykum) ko‘rinishda yozadi, men esa bunday (Assalomu alaykum) ko‘rinishda yozaman.
O‘qituvchi: Barakalla. Very good. Bugungi darsimizda ma’lumotlarni saqlash va ularni turli shakldagi shriftlarni o‘lchamlarini turli ranglarda qo‘llashni bilib olasiz.