Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox al-Lavatiy attanjiy



Yüklə 61,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.04.2023
ölçüsü61,84 Kb.
#95722
Ibn Battuta



Tarixga nazar
 
Ibn Battuta
Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox al-Lavatiy attanjiy (1304.24.2,
Tanja— 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga
mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil(120 
ming km) masofani bosib o’tgan. Ibn Battuta 1325 yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar
karvoniga qo’shilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida bo’lgan. Dastlab
Misr, Shom(Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332 yil uchinchi marta Makkaga
borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan.
So’ngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga)
daryosi orqali Hoji Tarxon(Astraxon) ga o’tib, Oltin O’rda xoni O’zbekxonning qabulida
bo’lgan; keyin Xorazm poytaxti o’rganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand,
Balx va Kobul, Mo’lton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tug’loq 
saroyida qariyb8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan(Ibn Battuta. Sherozda ikki mazhab—
molikiylar va shofi’iylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). So’ngra sayohatni davom ettirib
Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 yil Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning
arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.
Ibn Battuta o’rta asrdagi eng yirik sayohatchi bo’lib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda
yo’l qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar to’xtata olmagan. U borgan mamlakatlarning
geogrrafiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid 
qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Ayniqsa, O’rta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning 
dunyoga mashhur sifatli qog’ozi xdqidagi yozganlari e’tiborga loyiq. Hulokuiylar 
hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik
savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan ba’zan elchilik vazifalarini ham bajargan.
Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning«Tuxfat an-nuzzor fi g’aroyib al-amsor va
ajoyib al-afsar» («Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi bo’lganlar uchun tuhfa») asari
Yaqin Sharq va O’rta Osiyoreorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar
Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi bo’lib, o’z davrining adabiy va 
psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda «Sayohatnoma» deb ataladi. Ibn Battuta
asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati 
ustida o’zbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda o’zbek, rus, arab, ingliz
tillarida asarlar yaratdi.
Manbaa:
Ibragimov N., Ibn Battuta i yego puteshestviya po Sredney Azii, M, 1988.

Document Outline

  • Ibn Battuta

Yüklə 61,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin