Antik davri xususiyatlari. O'rta Osiyoning Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunonlar bosqiniga qadar bo'lgan siyosiy tarixi bevosita ahamoniylar bilan (hozirgi Toshkent va Fargona hududlari bundan holi) bogliq bo'lib, imperiyaning bir necha satrapligini tashkil etgan. Mil. 327 yili O'rta Osiyoning Sirdaryoni o'rta oqimigacha bo'lgan hududlar yunonlar tomonidan bosib olinib, dastlab Aleksandr Makedonskiy davlati tasarrufiga, uning vafotidan so'ng esa (mil.avv. IV asrlar oxirida) selavkiylar davlati tarkibiga kiradi. Mil.avv.. III asr boshlarida Yaksart Sirdaryo) orti, ya'ni Toshkent vohasi ham selavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Mil.avv. III asr o'rtalarida (mil.avv. 250 yil) Janubiy Turkmanistonda Yunon-Parfiya (arshakiylar), O'zbekiston janubida Yunon-Baqtriya davlatlari qaror topadi. Baqtriyaning bu davr ma'muriy manzarasi siyosiy vaziyat taqozosi bilan o'zgarib borgan. Dastlab, Margiyona arshakiylar tomonidan bosib olingan bo'lsa, keyinroq Sogdiyona mustaqil davlat sifatida ajralib chiqadi. O'zaro urushlar tufayli siyosiy tanazulga uchrayotgan Yunon-Baqtriya erlari mil.avv. II asr ikkinchi yarmida (mil.avv. 140/130 yillar) shimol-sharqdan kelgan yuechji qabilalari tomonidan bosib olinib, ular ittifoqi tarkibida dastlab vujudga kelgan Kushon podsholigi va imperiyalari (mil.avv. II-milodiy IV asrlar) tarkibida bo'lgan. Mil.avv. III asrda kushonlar davlati boshqaruvini sosoniy hukmdorlari qoliga o'tadi. Mil.avv. IV asrda ko'chmanchi toxarlar, kushonlar davlatiga barham beradi.
Shimoliy o'lkalari, xususan Xorazm, Fargona vodiysi va ko'chmanchi sak-massaget qabilalari erlari yunonlar ta'siridan chetda qolib, ularning tarixi o'zgacha siyosiy jarayonlar bilan belgilanadi. Toshkent vohasi hamda Sirdaryoning quyi oqimigacha bo'lgan erlar mil.avv. III asrda tashkil topgan Qanguy davlati tarkibiga kirgan bo'lsa, Fargona vodiysi erlarida esa alohida ma'muriy hududni tashkil etib, mil.avv. II asrga oid xitoy manbalarida keltirilgan Davan (Dayuan) davlatlari rivojlangan.
Mazkur siyosiy jarayonlar O'rta Osiyo tarixiy o'lkalari madaniy hayotiga sezilarli ta'sir qilib, u yoki bu xalqlar madaniyatining ta'sirida ko'rinadi. Xususan, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarida ellin madaniyati an'analari: shaharsozlik, qurilish, me'morchilik kulolchilik va haykaltaroshlik sohalariga sezilarli ta'sir qilib, keyinchalik shimoliy o'lkalarda ham ta'siri namoyon bo'la boshlaydi.
Ellin shaharsozligi uchun kvadrat yoki togri to'rtburchak shaklidagi aniq reja asosida kvadrat xom gishtlardan barpo etilgan mudofaa devorlari bilan o'rab olingan shaharlar qurish xos bolgan. Mudofaa devorlari odatda togri to'rtburchak minoralar va ularda joylashgan shinaklar bilan kuchaytirilgan. Devorlar ikki qator bo'lib, ichki tomondan karidor qurilgan. Ichki galareya (uzun xona)da kamonchilar uchun mo'ljallangan shinaklar joylashgan. Kamonchi askarlar uchun mo'ljallangan shinaklar ikki qavatda joylashgan. Bu manzara Afrosiyobning ellinlar davriga oid mudofaa devorida toliq namoyon bo'ladi. Bu davrga oid boshqa shaharlar qurilishida ham ellin me'morchilik usullari keng tarqaladi. Shuningdek, O'rta Osiyoning janubiy o'lkalarining ellinlar davriga oid me'morchiligida imoratlarni palmetta (daraxt bargi oxshash me'morchilik bezagi) va antifiks (shaklan palmettaga oxshash) va kungaralar bilan bezatish an'anasi mavjud bo'lgan.
Sak-yuechji qabilalarining janubiy o'lkalarga ommaviy kirib kelishi ham qisman ko'chmanchilanga xos madaniy ta'sirni o'tkazishi tabiiy hol, edi. Kushonlar davrida mamlakat hududining Hindistonga kengayishi, buddizmning davlat dini sifatida qabul qilinishi hind (Gandhar) madaniyatining O'rta Osiyo janubiga (Baqtriyada koproq seziladi) tarqalish jarayoni kuzatiladi. O'rta Osiyoning shimoliy o'lkalari madaniyatida ellinlar alomatlar qisman me'morchilik va kulolchilik sohalarida kuzatiladi.
Antik davrida ixtisoslashgan hunarmandchilik sohalari taraqqiyotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'ladi. Metallarga ishlov berish hunarmandchiligining barcha sohalari, zargarlik, amaliy san'at, toqimachilik ancha rivojlangan.