Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


O'rta Osiyoning muste davri arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə9/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

O'rta Osiyoning muste davri arxeologiyasi. Muste davri - riss-vyurm (interglyasial-muzlik oraligi) va vyurm muzligi davrlariga togri keladi. Bu davrda o'tgan asrning oxirlariga qadar odamzodning paleoantrop (neandertallar) turi yashab, ulardan zamonaviy qiyofadagi odamlar-neoantroplar (xoma sapiens) ajralib chiqqanligi togrisidagi ilmiy qarashlar hukmron bo'lgan. Taxminan o'tgan asrning Oxirgi choragidan neandertallar zamonaviy qiyofadagi ongli odamlarning ajdodi emasligi, ular mil avv. 23 ming yillikga qadar birga yashab, keyinchalik ularning turlari qirilib ketgan, degan ilmiy fikrlar ilgari surilib, hozirgi paytda uni tasdiqlovchi paleoantropologik ma'lumotlar doirasi kengaygan.
Muste davrining dastlabki bosqichi (mil.avv.120/100-80/70 ming yilliklar) riss-vyurm muzliklari oraligi davridan iborat bo'lib, harorat issiq va yogingarchilik miqdori yuqori bo'lgan bu davrda yer yuzida ashel davriga xos villifrank (issiqsevar) faunasi vakillari tarqalib, ibtidoiy kishilarning yashashlari uchun ancha qulay bo'lgan.
Muste davri moddiy madaniyati sohasida ma'lum ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu davrda Еvrosiyoning garbiy mintaqalarida tosh qurollariga ishlov berishning levallua texnikasi yanada takomillashadi. Janubiy o'lkalarda esa uning lokal hududlar uchun xos bo'lgan usullari vujudga keladi. Nukleuslar mukammallashib, ular obdon tayyorlangan zarb maydonchasi bilan farq qilgan. Zarb maydonchasi hosil qilingan nukleuslardan tekis burchakli uchrindilar ko'chirib olish va ulardan mehnat qurollari sifatida foydalanishlari mumkin bo'lgan. Bu davrda tosh qurollariga ikkilamchi ishlov berish, ya'ni retushlash (tigini o'tkirlash) usullari takomillashadi. Retushlashda biror vositalar: suyak, shoh yoki toshlardan foydalanilgan. Bu davrda ayniqsa, tosh qurollarining tigini qol kuchi bilan siqib o'tkirlash “otjimniy retush” usuli takomillashadi. Uni amalga oshirish uchun ko'proq suyak yoki hayvon shohlaridan foydalanilgan. Tosh bo'lakchasini retushlash jarayonida tosh qurol tigi tishli yoki arrasimon shakl hosil qilgan. Natijada aniq shakl hosil qilgan, ko'p hollarda o'tkir uchli bodomsimon tosh qurollari vujudga kelib, ulardan xojalik maqsadlari va ov jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan. Tabiiy xususiyatiga ko'ra faqat chaqmoqtosh navli toshlarda retushlash ishlarini qollash mumkin. Chaqmoqtosh navli toshlar asosan Еvrosiyoning shimoliy qismida ko'proq uchraydi, janubiy o'lkalarda uning noyobligi tufayli Mehnat qurollari yasashda qayroqtosh va daryo toshlaridan foydalanilgan. Bunday turdagi tosh qurollariga ikkilamchi ishlov berish imkoniyatining bo'lmaganligi sababli ularning arxaik shakli saqlanib qoladi. Shuning uchun paleolitshunos olim H.L.Movius tosh qurollarining ishlanish usuliga ko'ra ikki asosiy guruhga ajratib o'rganishni taklif qiladi.
V.A.Ranov O'rta Osiyodagi paleolit davri arxeologik yodgorliklarning tosh qurollariga ishlov berish texnikasiga ko'ra levallua, levallua-muste, togli muste, muste-saon kabi guruhlarga bo'lgan. Keyinchalik Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq makoni tosh qurollari texnikasi asosida M.R.Qosimov tishli muste texnikasi faoliyati togrisida fikr bildirgan. Lekin, R.H.Suleymanov mazkur davr tosh qurollarining ishlanish texnikasiga ko'ra ikki guruhga ajratgan.
O'rta Osiyoning muste davriga oid dastlabki makon 1938 yili A.P.Okladnikov tomonidan o'rganilgan Teshiktosh gor makon so'nggi oradan 70 yildan ortiq davr mobaynida O'rta Osiyo hududidan muste davriga oid 200 dan ortiq arxeologik yodgorliklar aniqlangan. Muste davri yodgorliklari O'rta Osiyoning barcha hududlarida mavjud bo'lsada, ularning asosiy kopchlik qismi O'zbekiston va Tojikiston respublikalari hududlaridan tarqalgan ochiq turdagi joy-makon va gor makonlardan iborat. Muste davriga oid yodgorliklarni o'rganishda A.P.Okladnikov, D.N.Lev, V.A.Ranov, R.H.Suleymanov, S.A.Nesmyanov, M.R.Qosimov, M.J.Jo'raqulov, T.Mirsoatov, Ne'matov, B.Sayfullayev, N.Hushvaqtov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan stratigrafik mazmundagi arxeologik ilmiy ishlari muhim o'rin tutadi.
Muste davri makonlari orasida Boysun togining janubiy yonbagrida Turgandaryoning (Sheraboddaryoning yuqori oqimi) chap tomonida Zovtalashgansoy yoqasida, dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan Teshiktosh gor-makoni muste davri yodgorliklari orasida muhim o'rin egallaydi. Gor-makonda 1938 yili arxeolog olim A.P.Okladnikov tomonidan arhologik qazishma ishlari olib borilgan. Gor-makonda amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida muste davriga oid beshta madaniy qatlam aniqlanib, ulardan jami 2859 nushadagi artefakt olingan. Ulardan 2520 tasi tosh qurollari yasash jarayonida hosil bo'lgan uchirindilarni va 339 tasi esa ishlov berish tugallangan tosh qurollarini tashkil etadi.
Tosh qurollari asosan kremniylashgan ohaktoshdan yasalgan, nisbatan yuqori sifatli tosh navi, ya'ni yashmasimon chaqmoqtoshdan qisman foydalanilgan Tosh qurollari muste davriga xos ishlov berish usullari asosida yasalgan. Tosh qurollari orasida nukleuslar (134 ta) va plastinlar kopchlikni tashkil qiladi. Keyingi o'rinni ovda foydalanilgan to'gnagich, tosh nayza, qirgich kabilar egallaydi.
Nukleuslardan notekis gardishli radial qiyshiq sindirilganlari nisbatan kopchlikni tashkil qilib, ular notogri o'lchamga ega. Nukleuslardan kam sonli ikki tomonlama gardishlilari ham mavjud. Ikkinchi turdagi nukleuslar uch burchakli bo'lib, ularning ayrimlarini bir zarb maydonchali guruhiga kiritish mumkin. Maqsadli ishlangan qurollardan tognagich, qirgich va sanchqilar muhim o'rin egallaydi. Tognagich va qirgichlar nisbatan yirikroq uchrindilardan yasalib, ikkilamchi ishlov berilganda qavariq va tekis tig hosil qilgan. Sanchqilarning ikki turi: uchburchak va bir tomoni qavariq, qarama-qarshi tomoni qayrilganlari ajralib turadi. Ulardan birinchisi ov jarayonida, ikkinchisi esa novdalarga ishlov berish ishlarini bajargan. Sanchqilar o'lchami va bir tomonlama ishlov berilganligi bilan ajralib turadi. Tognagichlarning ham o'lchami kichkina. Boshqa bir turli tosh bo'laklari-plastinlardan ham foydalanilgan.
Teshiktosh uchun baland tog hududlarida yashovchi fauna vakillari xos bo'lib, topilgan hayvon suyak topilmalari orasida asosiy ko'pchillikni sibir tog echkisi, ya'ni kiyik (38 bosh), kam sonli bugi, ot, ayiq, giena, leopard, quyon (bir qisman ikki bosh) va kemiruvchilar hamda qushlarning suyaklarini tashkil etadi. Teshiktoshliklarning ovchilikdagi asosiy o'ljasi ko'proq kiyiklarga qaratilgan bo'lib, boshqa turdagi hayvonlarni imkoniyat tugilgan holatlarda qolga tushirishgan bo'lsa kerak.
Teshiktosh gor-makonidan topilgan neandertal bolasining bosh chanogi O'rta Osiyoda tosh davri makonlari orasidagi muhim paleoantropologik topilma hisoblanadi. Bosh chanoq yuqori madaniy qatlamda joylashgan bo'lib, butun tana qismi skleti toliq saqlanmagan. Tadqiqotchining xulosasiga kora bola qabri atrofida tog echkisining juft shoxlari tartib bilan terib qo'yilgan. Neandertallar marxumlarni dafn etish ko'nikmasiga ega bo'lishi mumkin. Antropolog olim M.M.Gerasimov bo'laklangan bosh chanoqni tiklab, uning qiyofasini yaratishga erishgan. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, hozirgi paytda neandertallar zamonaviy qiyofadagi odamlarning ajdodi bo'lmagan, degan qarashlar ustinlik qilmoqda. Paleantropologik ma'lumotlarning guvohlik berishicha neandertallar zamonaviy odamlar bilan birga yashashib, ular bundan taxminan 23 ming yillar burun qirilib ketishgan ekan.
Toshkent vohasidagi ko'p qatlamli ochiq turdagi Ko'lbuloq makoni Ohangaron daryosining o'ng irmogi hisoblanadigan Jarsoyning o'ng tomonidagi soy bo'ylab uzunasiga joylashgan tepalikning qiyalangan joyida shu nomdagi buloq yaqinida joylashgan. Makon O.M.Rostovsev (1962) tomonidan aniqlanib, M.R.Qosimov tomonidan O'zR FA Tarix instituti (keyinchalik Arxeologiya instituti) dastlabki qazishma ishlar (1963, 1967, 1971, 1975 yilllar). Keyinchalik akad. O'.I.Islomov boshchiligidagi ekspedisiya (1994, 2007-2008) Rossiya Federasiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda qazishma ishlarini davom ettirish bilan birgalikda Ko'lbuloq atrofi hududlarida paleolit davriga oid yangi makonlar aniqlangan.
Ochiq turdagi makonlardan Ko'lbuloq yodgorligi O'rta Osiyoning paleolit davriga oid muhim yodgorliklaridan biri hisoblanib, yodgorlikning o'rtadagi madaniy qatlamlari (4-28 qatlamlar) muste davriga oid. Tosh qurollari kremniylashgan tosh navlari va qayroqtoshlardan ishlangan Mehnat qurollaridan iborat. Makondan gardishsimon levallua va protoprizma shakldagi nukleuslari xos. Tosh qurollari qirqish, kesish, teshish va boshqalardan iborat bo'lib, ular tishli yoki o'yiqli usuldagi ikkilamchi ishlov berish asosida yasalgan. Yodgorlikning madaniy qatlamlarida kul qoldiqlari va hayvon suyaklari ham uchraydi. Bu erdagi ibtidoiy odamlar chayla uylarda yashashib, ovchilik va terib termachilik bilan kun kechirishgan
Samarqand viloyati hududida Omonqoton gor-makoni, Qotirbuloq va Zirabuloq kabi ochiq turdagi joy makonlar mavjud bo'lib, ular arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan.
Zarafshon tog tizmasining yon bagrida Omonqoton qishloqi yaqinida joylashgan Omonqoton gori o'tgan asrning 40-yillari oxirlarida (1947-1949 yillar) D.N.Lev tomonidan o'rganilgan, gorning ogzi shimoliy-garbga tomon qaragan bo'lib, kenligi 1,5 m., balandligi 0,9 m. va ichkarisi 25 m. ni tashkil etib, taxminan yarmidan oshgandan so'ng ikkiga ajraladi. Tadqiqot ishlari davomida madaniy qatlamlari butunlay qazib olingan. Undan topib o'rganilgan qurollari chaqmoqtosh, kvas, diorit kabi tosh navlaridan yasalgan. Ular uchli paykonlar, plastinkasimon qurollar, chopqilar, nukleuslar va uchrindilardan iborat. Hayvon suyaklari orasida qo'ngir ayiq, tog echkisi, mayda kemiruvchilar va boshqalarning suyaklari ko'plab uchraydi.
Samarqand shahridan taxminan 100 km. janubi-garbida Qotirbuloqni ochiq turdagi yodgorliklar sirasiga kiritadi. Qotirbuloq makonidagi tosh qurollarini chaqmoqtosh, diorit, kvarsit va daryo toshlaridan yasalgan o'tkir uchli paykonlar, qirgichlar, teshgichlar, parmalar, bargsimon qurollar hamda daryoning shagal va chaqmoq toshlaridan yasalgan chopping va chopper, yassi va gardishsimon nukleuslar, uchrindilar va boshqalardan iborat. Ular O'rta Osiyoning boshqa muste davri makonlariniki bilan umumiy oxshashlikga ega. Unga yaqin bo'lgan joydagi Zirabuloq makoni moddiy topilmalarini ham kiritish mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin