Sogdiyona. So'nggi bronza va ilk temir davrining dastlabki bosqichiga kelib, Sogdiyonaning janubiy hududlarida otroq dehqonchilik madaniyati qaror topadi. Ilk temir davrida Sogdiyonaning barcha hududlari dehqonlar tomonidan egallanadi. Sogdiyona hududlarida ilk temir davriga oid yodgorliklar bir xil suratda rivojlanmagan. Bu davrga oid yodgorliklar koproq uchraydigan va yaxshi o'rganilgan voha Qashqadaryo hisoblanadi. Zarafshon vohasida esa Afrosiyob va Ko'ktepa yodgorliklari yaxshi o'rganilgan.
Samarqand vohasining eng qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlari sirasiga Afrosiyob va Chelak shahridan 5 km uzoqda joylashgan Ko'ktepa manzilgohlari kiradi. Ko'ktepa yodgorligining umumiy maydoni 100 ga dan iborat bo'lib, mil.avv. I ming yillikning boshlarida hozirgi Bulungur kanali bo'yida shakllangan. Manzilgohning qadimgi shahar me'morchiligi xos alomatlar mil.avv.VIII oxiri-VII asrlarga oid madaniy qatlamlarida uchraydi. Manzilgohning 50 sm o'lchamdagi mudofaa devorlari hozirgi paytda 1 km masofada saqlanib qolgan. Devor qalinligi pastgi qismidan 7 metr. Ellin davriga kelib shahar ichkarisida 23 ga. maydonni egallagan kvadrat shakldagi maydon ichki mudofaa devori bilan o'rab olinadi. Qadimgi shahar xarobasining ichki qismida ikkita tepalik saqlanib qolgan. Ularda amalga oshirilgan qazishma ishlarida mudofaa devorlarida yassi-qavariq gishtlardan barpo qilingan ikkita tagkursining o'rni ekanligi ma'lum bo'lgan. Ularning tag qismida manzilgohning dastlabki madaniy qatlamlari aniqlanib, u erdan er to'la uy-joylarning o'rni aniqlangan. Ko'ktepa I bosqichiga oid bu uy-joylar mil.avv. X-VIII asrlar bilan belgilanadi.
Manzilgoh taraqqiyotining ikkinchi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) manzilgohning mudofaa devori va tag kursi ustida barpo etilgan ikkita mahobatli imoratlar barpo etiladi. Arxeolog olim M.H.Isamiddinov ulardan birini saroy, ikkinchisini esa ibodatxona bo'lganligini taxmin qilgan. Bu davrda Ko'ktepa manzilgohi qadimgi shahar markazi aylanadi. U o'z davri yirik shahar markazlaridan biri Aleksandr Makedonskiy Sogdiyonaga yurish qilgan payda yozma manbalarida qayd qilingan mahalliy Sugd hukmdorining yozgi qarorgohi - Bazileya bo'lganligi shubhasiz.
Qazishmalar davomida qolda yasalib, sirtiga geometrik naqshlar solingan sopol buyumlari, tosh oroq, yorguchoq va boshqalar topilgan. Qolda yasalib, yorqin sirtiga geometrik naqshlar berish an'anasi Baqtriya va Margiyona uchun xos bo'lgan xususiyat. Sopol buyumlari cho'zinchoq (bankasimon) shakldan iborat.
O'tgan asrning oxirlarida amalga oshirilgan qazishmalar chogida Afrosiyobning xom gishtlardan barpo etilgan mil.avv. VI-V asrlarga oid muhofaza devori vayronalarining tag qismida Samarqandning ilk temir davri dastlabki mudofaa devori yuqorida keltirilgan Ko'ktepa devorlarini qurishda foydalanilgan yassi-qavariq gishtlardan barpo etilgan. M.H.Isamiddinov bu devor dastlabki muhofaza devori zichlangan tuproq (val) devordan iborat bo'lib, mil.avv. VIII-VII asrlarda uning ustida yassi-qavariq gishtlardan yangi devor barpo etiladi. Ushbu devor joylashgan madaniy qatlamdan sopol idish parchalari va tosh qurollar Ko'ktepa yodgorliginiki bilan aynan bir xil. Afrosiyob va Ko'ktepa stratigrafiyasi topilmalariga ko'ra VII-VI asrlarga oid yorqin fondagi silindr-konussimon shakldagi qolda yasalgan idishlarning almashinuv jarayonlari kechganligi aniq ko'rinadi.
Shunday qilib, umumiy maydoni 219 ga., shundan 19 ga. akropolni tashkil etgan Samarqand (Afrosiyob) manzilgoh so'nggi bronzaning oxiri va ilk temir davrining boshlarida dastlabki aholi tomonidan o'zlashtirilgan. Yodgorlikning eng quyi qatlamida ilk marotaba bu erga kirib kelgan aholi tomonidan barpo etilgan erto'la uy-joy imoratlari o'rin olgan. Ilk temir davri birinchi bosqichi oxirlaridan boshlab manzilgohlar erto'la uylardan er usti uylari bilan almasha boshlaydi. Ilk temir davri, ya'ni Yoz 2 bosqichiga kelib esa manzilgoh shahar darajasiga o'sib o'tadi. Sugd hududidadagi urbanizatsiya jarayonlari bevosita ichki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va ma'lum darajada tashqi dunyo ta'siri natijasida davlatchilikning shakllanishi bilan tavsiflanadi. Vohadagi ikkinchi bir yirik shaharning o'rni Samarqanddan 30 km. shimoliy-garbida Chelak tumani hududida joylashgan Ko'ktepa yodgorligida arxeolog olim M.H.Isamiddinov arxeologik qazishma ishlari olib borgan. Yodgorlikning umumiy maydoni 100 ga. yaqin bo'lib, o'rganish jarayonida Afrosiyob bilan bir davrda shakllanganligi aniqlangan. Yodgorlikning bir qismi qishloq xojalik maqsadlarida erlarni o'zlashtirish jarayonida buzilib ketgan. Dastlab manzilgoh shakllangan qismi ikkinchi bosqichda mudofaa devori bilan muhofaza qilingan hududi 23 ga. maydonni tashkil etadi. Manzilgoh shakllangan ilk bosqichiga (Ko'ktepa 1) oid madaniy qatlamlarida erto'la shaklida uy-joy imoratlarining o'rin aniqlangan.
Manzilgoh faoliyatining ikkinchi (Koktepa 2) bosqichidan boshlab esa uy-joy imoratlari er ustida barpo qilina boshlaydi. Yodgorlikning muhofaza devorlari ham mana shu davrida barpo etiladi. Tadqiqotchi arxeolog olimlarning taxminlariga ko'ra baland tag kursidan iborat ark qismida joylashgan mahobatli imorat qoldiqlari saroy va undan janubi-garbda shahriston hududidagi boshqa bir tag kursi ustida bino qilingan imorat qoldiqi esa otashparastlar jamoasiga tegishli ibodatxona vazifasini bajargan. Demak, ilk temir davrining ikkinchi bosqichida Shimoliy Sogd hududi ikkinchi bir yirik shahar markazi paydo bo'ladiki, uni tadqiqotchi olimlar yunon yozma manba ma'lumotlarida qayd etilgan podsho qarorgohi Bazileya shahri bilan qiyoslashadi. Arxeologik tadqiqot natijalari shahar ellinlar davrida ham faoliyat yuritganligidan dalolat beradi.
Manzilgohning ilk bosqichiga oid sopol buyumlarining asosiy ko'pchilligi qolda yasalgan va ulardan bir qismining sirtiga naqshlar berilgan bo'lsa, keyingi bosqichda kulolchilik charxida yasaladi. Ko'ktepaning quyi qatlamidagi sopollarining 90 foizdan ortiqi qolda yasalgan.
Janubiy Sogdning ilk temir davri arxeologiyasi shakllanish xususiyati jihatdan o'zaro farq qiladigan ikkita vohalardan tashkil topgan. Birinchisi togoldi hududlarda Qashqadaryoning kichik irmoqlarida irrigatsiya inshootlarini barpo etish uchun qulay bo'lgan mikrovohalardan tashkil topgan Kesh vohasi va ikkinchisi daryo oqimining tekislik bo'ylab pasayib, irrigatsiya tizimini rivojlantirish imkonyatlari nisbatan yuqori bo'lgan cho'l hududidan iborat Naxshab vohasi hisoblanadi.
Kesh vohasida o'tgan asrning 50-yillaridan boshlab S.K.Kabanov, N.I.Krashennikova, A.S.Sagdullayev va O.N.Lushpenkolarning ilmiy tadqiqotlari amaliy natijasida ilk temir davri moddiy madaniyati o'rganilgan. Keshning ilk temir davri arxeologik yodgorliklari mikrovohalardan tashkil topgan kichik daryo o'zanlarida tarqalgan. A.S.Sagdullayev ulardan Sho'robsoy, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Qayragoch kabilarni ajratib ko'rsatadi.
Mudofaa devoriga guvala va paxsadan qurilgan qismi taxminan mil.avv. IX-VII asrlarda asos solingan. Asosiy devor va burjlar keyingi davrda bunyod etiladi. Keyinchalik esa birinchi devorga tutash qilib, 1,6 m. Qalinlikda ikkinchi devor quriladi va umumiy qalinligi 3,5 metrga etadi. Uchinchi davrida 1,2 m. Qalinlikda yana bir qoshimcha devor quriliadi. Sogdiyonaliklar sugorma dehqonchilik hamda chorvachilik bilan shugullanganlar. Qashqadaryo vohasidan arpa, bugdoy, javdar hamda hayvon suyaklari topib tekshirilgan. Qashqadaryo vohasida topib tekshirilgan sopol idishlar ikki guruhga bo'linadi. Kulolchilik charxida yasalgan naqshsiz idishlar. Ular kosa, tovoq, xumchalardan iborat. Qolda ishlangan idishlar geometrik va egri chiziqlar bilan naqshlangan. Naqshli idishlar Qashqadaryoning togoldi hududlaridan ham topib tekshirilgan.
Keshda Qaynarsoy tizmasi buloqlari asosida shakllangan Shorobsoyning quyi oqimi hududlarida Uzunqir, Podayotoqtepa va Sangirtepa bir-biriga yaqin joylashgan yodgorliklardan iborat umumiy bo'lgan qadimgi shahar majmuasini tashkil etadi. Podayotoqtepa yodgorligi Shorobsoyning chap soxilida joylashgan bo'lib, bir tomondan Uzunqir yodgorligi 450 metr saqlanib qolgan qadimgi devorning o'rni bo'lib, bir necha qurilish bosqichlarini tashkil etadi. Uning eng quyidagisi guvaladan taxminan 4-5 metr chamasi qalinligida barpo qilingan devor 2-3 qator qalinlikda saqlanib qolgan. Keyingi bosqichda bu devor tekislanib, uning ustidan ahamoniylar davri o'lchamidagi xom gishtlardan qoshimcha devor bilan kuchaytiriladi. Shaharning muhofaza devorini tashkil etgan. O'z davrida 70 ga. dan iborat maydonni yarim aylana shaklda o'rab turgan Uzunqir shimoli-sharqiy va shimoli-harbiy tomonlardan Sho'robsoyga tutashgan. Uzunqirdan harbiy tomonda esa Podayotoqtepa yodgorligi joylashgan. Bu yodgorlikning mikro relefiga garbida daryo tomondan kiriladigan darvozaning o'rni mavjud. Yodgorlikda qisman amalga oshirilgan arxeologik qazishmalardan yuqorisida ahamoniylar davri moddiy madaniyati majmuasi aniqlangan. Uzunqir bilan Podayotoqtepa yodgorliklari oraligini dehqonchilikda foydalanilayotgan ochiq joy o'z davrida aholi uy-joy imoratlari bilan band bo'lganligi tabiiy.
Uzunqirdan janubda joylashgan boshqa bir Sangirtepa yodgorligining umumiy maydoni 3 ga. dan iborat bo'lib, muhofaza devorlari bilan o'rab olingan. Amalga oshirilgan qazishma ishlarida bir necha qurilish davri mavjud bo'lganligi aniqlangan. Eng quyi madaniy qatlamidan qolda sirtiga geometrik naqshlar berib ishlangan sopollar majmuasi o'rganilgan. Ular mil.avv. IX-VIII asrlarga oid. Keyingi davr madaniy qatlamidan mil.avv. VII-VI asrlarga oid me'moriy kompleks o'rin olgan. Qazishmalar jarayonida uning markaziy qismida katta xonaning o'rni ochilib, uning devori yonida supa joylashgan. Me'moriy majmua xonalaridan birida togri to'rtburchak shaklidagi kuchli kuygan olov mehrobining o'rni saqlanib qolgan. Xona bo'ylab ikki qator qilib parallel ravishda joylashgan diametri 20-30 sm., chuqurligi 50 sm. iborat aylana shakldagi chuqurchalar o'rin olgan. Ular qum aralash kullar bilan to'ldirilgan. Zardushtiylik dini odatlariga ko'ra ibodatxona mehrobida doimiy yonib turuvchi muqaddas olovdan xosil bo'lgan kullar ham muqaddas hisoblanib, ularni toza saqlash maqsadida maxsus chuqurchalarga ko'mish odat bo'lgan. Yoki ularning bir qismini ibodat uchun kelganlarga in'om qilingan. Mil.avv. I ming yillikning o'rtalariga kelib Sangirtepa yodgrligi tashqi tomondan muhofaza devori bilan o'rab olinadi.
Umuman, Uzunqir-Sangirtepa-Podayotoqtepa yodgorliklari Kesh vohasining ilk temir davri yirik shahar markazini tashkil etib, ulardan birinchisi shahar mudofaa devori, ikkinchisi ibodatxona, uchinchisi esa arki vazifasini o'tagan.
Qashqadaryoning o'rta oqimi hududini ishgol etgan qadimgi Naxshab o'lkasining Еrqorgon yodgorligida 1973 yildan buyon keng ko'lamdagi arxeologik qazishma ishlari olib boriladi. Bu yodgorlikning hozirgi payta ikki qator mudofaa devorlari uzun tepaliklar shaklida saqlanib qolgan. Ichki devori mil.avv. I ming yillikning o'rtalari barpo qilingan. Qadimgi shaharning barcha hududida bir necha katta-kichik tepaliklar o'rin olgan. 1999 yilda yodgorlikning antik davri kulolchilik mahallasi xarobalari o'rin olgan qismida amalga oshirilgan arxeologik qazishma ishlarida uning pastki qatlamidan shaharning paxsa va xom gishtlardan barpo qilingan mudofaa devorining o'rni aniqlangan. Mazkur devor ahamoniylar davri devori bilan parallel ravishda joylashgan bo'lib, tag qismida 5 metr qalinlikdan iborat. Bu erda qazishma ishlarini olib borgan arxeolog olim R.H.Suleymanovning ilmiy taxminlariga ko'ra sifatli sopol buyumlari tayyorlash uchun qulay bo'lgan ushbu mudofaa devorning soz tuprogi mil.avv. II asrda kulolllar mahallasining rivojlanishiga asos bo'lgan. Natijada besh asr davomida kulollar tomonida xom ashyo manbaiga aylangan devorning yuqori qismi yoq bo'lib ketgan, pastki qismi esa yuzlab metrga cho'zilgan kullolar mahallasi xarobalari tagida qolib ketgan.