Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə51/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Shimoliy Sugd. Sugdning markazi Samarqandning ilk orta asrlar davri xarobalari Afrosiyob o'rnida antik davri shahri davomi sifatida o'z aksini topgan. Shaharning umumiy maydoni 220 ga, shahar IV-V asrlarda ikki qator qudratli mudofaa devorlariga ega bo'lgan. Mudofaa burjlari shaxmat kataklari shaklida joylashgan. VI-VII asrlarga kelib, shahar ikki qatordan iborat yangi mudofaa devorlari bilan o'ralib, shahar maydoni kengaytiriladi. Shaharda bir necha darvoza bo'lgan. Ularning ba'zilarida mudofaa burjlari aniqlangan.
Arablar istilosi davrida mahalliy aholi ommaviy shahar tashqarisiga chiqarilib, shaharda rivojlanishida turgunlik jarayoni kechadi. VIII asrning ikkinchi yarmida quvilgan shaharliklarning qaytib kelishi shaharning yanada o'sishiga olib keladi. Bu darda Samarqand to'rt qism: ark, ichki shahar, tashqi shahar va rabodlardan tashkil topib, hududi antik davridagiga nisbatan bir necha barobariga kengayadi. Shahar tashqarisida mulkdor er egalarining yuzlab ko'shklari bo'lgan.
Zarafshon daryosining yuqori oqimi joylashgan Samarqanddan 60 km. sharqda joylashgan hozirgi Panjikent shahri yaqinida ilk o'rta asrlar davriga tegishli Sugdning yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Panjikent kohna shahri xarobalari arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan manzilgoh hisoblanadi.
Manzilgoh ark, shahriston, imoratlardan tashkil topgan shahar atrofi va nekropollardan iborat. Shahar arki shahriston bilan chuqur soy orqali ajralib, baland sahni ustida barpo etilgan. Unda mahalliy hukumdorlarning saroyi ochib o'rganilgan. Shahristonda parallel joylashgan ko'chalar bo'ylab uy-joy, xojalik, savdo hunarmandchilik imoratlari barpo qilingan.
Dastlab manzilgohning ark qismida V asrda atrofi muhofaza devori bilan o'rab olingan imorat paydo bo'ladi. V asr oxiri-VI asr boshlarida shahar maydoni kengaytirilib, yangi muhofaza devori barpo etilib, umumiy maydoni 13,5 ga. bo'ladi. Ark qismida bir necha hashamatli xonalardan tashkil topgan mahalliy hukmdorlar saroyi arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Saroyning hashamatli xonalari mazmunan boy rang-tasvir bezaklari va yogoch o'ymakorligi bezak naqshlariga ega bo'lgan.
Arkdan chuqur jarlik bilan ajralib turgan shahriston qismida tigiz joylashgan uy-joy imoratlarining asosiy ko'pchilik qismi shaharlik zodagonlarga tegishli bo'lgan. Yogoch ustunlarga asoslangan keng ko'lamli xonalari devorlari diniy va dunyoviy mazmundagi rang-tasvirlar bilan bezatilgan. Uylardan birining devorlarini bezab turgan tasvirlar orasida birinchi qatordagi Sugdlik zadagonlarning kundalik hayotidan lavhalar, jang tasvirlari, bazm ko'rinishlari, ikkinchi qatorda esa otliq askarning ajdar o'rtasidagi kurash tasviri diqqatga sazavor bo'lib, xalqimizning botir qahramonlari togrisidagi rivoyatlar bilan bogliq tasvirlar bo'lishi mumkin.
Shahar ichkarisida ikkita ibodatxonalar majmuasi joylashgan bo'lib, ularning har biri ichki va tashqi hovlidan tashkil topgan. Asosiy ibodat majmuasi ichki hovlida baland tag kursi ustida barpo etilgan. Ibodatxonada odatda uch tomondan aylana tor yo'lakcha bo'lgan. Ibodatxonalar birining harbiy devorida haykalcha turishi uchun mo'ljallangan tokcha qoldirilgan. Ibodatxonada muqaddas olov doimiy yonib turgan. Ibodatxona devorlarini bezab turgan rang-tasvirlarning ko'plab namunalari aniqlangan. Ulardan afsonaviy va diniy mazmundagi xudolar, donatorlar, bazm marosimi va boshqa jarayonlar zo'r mahorat bilan ishlangan.
O'rta asrlar davri hunarmandchilik ishlab chiqarishi va uning savdosi bilan hunarmandlarning o'zlari shugullanishgan. Ko'chalar bo'ylab joylashgan kichik hunarmandchilik ustaxonalarida tayyorlangan mahsulotlari tashqarida bostirma ayvonlarida hunarmandlar tomonidan sotilgan. Bu erdan temirchilar, zargarlar, shishasoz va kulollar ustaxonalari aniqlangan. Hunarmandlar mahallasidan temir-chilar, bronza ishlov berish va zargarlik ustxonalari aniqlangan. Shahar tashqarisida shaharliklarning qabristoni joylashgan. U erda o'rin olgan nauslarda ossuariylar aniqlangan. Ossuariylarda zardushtiylar e'tigodi bo'yicha dafn marosimlari bilan bogliq bo'rtma tasvirlar aks ettirilgan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin