33
II BOB. DILAFGOR LIRIKASINING MAVZU KO‘LAMI. ShOIR IJODIDA
BADIIY MAHORAT MASALALARI
2.1.
Shoir lirikasining mavzu ko‘lami
Shoir Dilafgor she'riyati mavzular bo‘yicha klassifikatsiya qilinsa, adib
estetik ideali qanday yo‘sinda o‘sib borganligini kuzatish imkoni tug‘iladi.
Shoirning o‘z hisobidan Yakovlev tipografiyasida nashr etilgan “Gulshani
Dilafgor” to‘plamiga 23 g‘azal, 20
muxammas, (1 muvashshah), 3 musaddas, (1
tarje'band), 1 chiston va 2 fard kiritilgan.
Bu haqda Dilafgor she'rlarini nashrga tayyorlagan Adham Mamatqulov va
Jaloliddin Jo‘raevlarning shoir ijodi yuzasidan bildirgan quyidagi fikrlari ayni
haqiqatdir: “Dilafgorning ma'lum she'rlari mumtoz
adabiyotda shakllangan
an'naviy janr va mavzularda bitilgan. Ularda Ahmad Yassaviy, Sulaymon
Boqirg‘oniy, Fuzuliy, Huvaydo, Haziniy kabi ijodkorlar asarlarining ta'siri
seziladi”
1
. Darhaqiqat, Dilafgor
haqiqiy musulmon farzandi, qolaversa, shoir
sifatida o‘z salaflariga ergashgan.
“Dilafgor she'riyati Haziniy she'rlariga yaqin turadi”, – deb yozgan edi
Po‘lotjon
domla Qayyumiy, shoir ijodiga mumtoz adabiyotimizning qaysi vakili
ta'siri ko‘proq ekanligini qayd etib. Qayyumiy domlaning bunday xulosaga
kelganini quyidagi omillar bilan bog‘lash mumkin:
Ishqing o‘tig‘a, jono, bag‘rimni chu dog‘larman,
Tig‘ ostida o‘lmog‘ni Tohir kabi chog‘larman,
Hajringda Dilafgordek vaslingni so‘rog‘larman,
Naylayki ilojim yo‘q, har ko‘chada yig‘larman,
Tor o‘ldi Haziniyg‘a Farg‘ona tong otg‘uncha.
Birinchidan, bu g‘azal o‘z davrida juda mashhur bo‘lgan. Hatto Mirzakalon
Ismoiliy ham o‘z romanini “Farg‘ona tong otguncha” deb nomlagani ham bejiz
emas edi. Haziniyning “Farg‘ona tong otg‘uncha” g‘azaliga Dilafgorning
muxammas bog‘lagani Po‘lotjon domla Qayyumiyni
yuqoridagi xulosaga
1
Маматқулов А., Жўраев Ж. Дилафгор ва унинг адабий мероси ҳақида. // Гулшани Дилафгор. – Тошкент.:
MUMTOZ SO‘Z. 2011.– Б. 7.
34
kelganiga undagandir, ehtimol. Qolaversa, “Gulshani Dilafgor” to‘plami
noshirlarining quyidagi xulosalari ham fikrimizni tasdiqlaydi:
“Shubhasiz, Muqimiy, Xislat, Kamiy kabi shoirlar ishtirokidagi adabiy
suhbatlar
Dilafgor dunyoqarashi, ijodidagi rang-baranglikning shakllanishiga ham
zamin bo‘lgan. Jumladan, uning asarlarida Muqimiy hajviyoti,
Xislat va
Kamiylarning millatparvarlik va ma'rifatparvarlik g‘oyalari bilan hamohang
misralarni ham uchratamiz”
1
.
“Gulshani Dilafgor”dagi lirik asarlarni o‘rganish asnosida shu narsaga guvoh
bo‘ldikki, shoir madrasa tahsilini ko‘rgan fozil, nuktadon, she'r ilmidan xabardor
inson bo‘lib, asarlarida o‘z iste'dodi va salohiyatini ko‘rsata olgan. Dilafgor o‘zbek
mumtoz she'riyatida shoirlarga yo‘ldosh bo‘lib kelgan mavzularni chetlab o‘ta
olmadi. U ham o‘zidan oldin qalam tebratgan salaflari an'analarini davom
ettirishda o‘z davri ilg‘or g‘oyalariga tayandi. Shoir she'riyatining mavzu ko‘lami
keng va rang-barangdir. Dilafgor lirik asarlarining kattagina qismini g‘azallar
tashkil qilgan bo‘lib, ular ifoda shakli hamda mavzusiga ko‘ra ham turlichadir.
Ma'lumki, Dilafgor yashagan davr adabiyotimiz tarixida “Milliy uyg‘onish
davri” deb yuritiladi. Albatta har bir ijodkor
asarida u yashagan davr, muhit
qaysidir jihati bilan bo‘y ko‘rsatadi. Biz bu holni Dilafgor ijodida ham yaqqol
ko‘rishimiz mumkin. Shunga ko‘ra shoir lirik asarlari mavzu ko‘lamini
Dostları ilə paylaş: