Yoki
lutf ila muruvvat aylamak maqsud esa,
Yo
raqib so‘zi bilan qayd aylamak maqsud esa,
Murg‘i jon
yo
ko‘nglumi sayd aylamak maqsud esa,
Halqa-halqa tori kokillarni rom aylab keling.
Yoki:
Nozanin, vaslingg‘a yetmak nechani haddi emas
Yoki
sandin kimsani dam urmaki haddi emas,
Yo
Dilafgorni senga so‘z aytmaki haddi emas,
Kecha yo kunduz demak, jono, Kamiy haddi emas,
Xo‘bliqni fursati yodin davom aylab keling.
D.Jovid ta'rifiga ko‘ra, ittifoq san'atining mohiyati shunday: shoir she'rda o‘z
nomi yoki taxallusini nihoyatda chiroyli ko‘rinishda shunday o‘rinli ishlatadiki,
1
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Zarqalam, 2006. – Б. 49.
55
o‘quvchi xayoliga bir paytning o‘zida ana shu so‘zning ham lug‘aviy, ham istilohiy
ma'nosi keladi
1
. “Dilafgor” so‘zining ma'nosi
dili xasta, dili vayron, ortiq
xafagarchilik chekkan
2
kabi ma'nolarni bildirishini hisobga olsak, shoir taxallus
qo‘llash jarayonida o‘sha vayrona ko‘ngil dardlarini ham aytishga chog‘lanadi:
Dilafgor osiymen, yo rabbano, holimg‘a rahm ayla,
Umid birla qilibman dargahingga iltijo, yo Rab.
Yoki:
Yozdi Dilafgor hasratin, bo‘lsa xato afv aylangiz,
Yoshu qari bir-birimiz hurmat etolmaymiz hanuz.
Yoki:
Xurram emas Dilafgor, harchand bazm ko‘rsa,
Ta'sir aylamaydur, ey mahuzor, sensiz.
Yoki:
Visolingiz talab aylab borg‘onda Dilafgor,
Urub-so‘kub, “Nari ket!” debon xafo qilasiz.
Yoki:
Bu xasta Dilafgor dardi firoqingizga kuyub,
Ramaqqa joni yetushti, nazarni kam qilasiz.
Yoki:
Lutfu ehsoningni muzdig‘a Dilafgor ne deyur,
Aylaram xolis duo, aylab tamosho surating.
Yoki:
Bebizoatman debon osiyi Dilafgor, g‘am yema,
“Yaf'alullohu ma yasha'” hukmi Xudog‘a takya qil.
Yoki:
Netayki ilojim yo‘q, ey sho‘xi jafo pesha,
Dil xasta Dilafgora bir yo‘la salom etgil.
Yoki:
1
Исҳоқов Ё. Сўз санъати сўзлиги. – Т.: Zarqalam, 2006. – Б. 26.
2
Навоий асарлари луғати (Тузувчилар: П.Шамсиев, С.Иброҳимов). – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва
санъат нашриёти. 1972. – Б. 190.
56
Necha muddat Dilafgora nazar solmay, bas, ey dildor,
Mabodo yetdimu sanga zarar ushbu g‘ulomingdin.
Yoki:
Naylayki qarorim yo‘q, rashk o‘tig‘a o‘rtandi,
Man xasta Dilafgora, giryona tong otquncha.
Yoki:
Muhammad hurmatidin qil nasib Dilafgora,
Axiri umr dam ichinda tavofi baytulloh.
Yoki:
Muhabbat ahlig‘a lazzat verar olib o‘qug‘onda,
Dilafgori benavoni har na aytgan she'ru ash'ori.
Yoki:
Xashm etib boqg‘ay eding xasta Dilafgora qadim,
Ey sumanbar, aytgil emdi, fe'lu atvoring qani?
Yoki:
Dargohingga ojiz munglug‘ Dilafgor,
Iltijosin maqbul ayla, yo Jabbor.
Bahaqqi hurmati Sayyidi muxtor,
Osiylarga nasib etgil shafoat.
Yoki:
Ey shahsuvor, dilbari xurshidi gul'uzor,
Taxti malohat avjida Yusuf kabi qaror,
Bo‘lsun jahonda davlating izzatda ustuvor,
Vasling havosida mane dilxasta Dilafgor,
To tanda jon boricha qilg‘um senga duo.
Yoki:
Ey pari, tanho erursan iqlimi Farg‘onada,
Soqiyo, qilg‘il karam, labtashna man g‘amxonada,
Oh urib yig‘lar Dilafgor kulbai vayronada,
So‘rma maxmuru mukaddarlikni bu mayxonada,
57
Kecha-kunduz oh urub, derman Muqimiy, yo sharob.
Yoki:
Tilab haqdin mane osiy gunohin,
Ki oson aylabon vaqti hisobin,
Qabul aylang Dilafgor iltijosin,
Qatori osiylar ro‘zi qiyomat,
Madad, yo Ahmado, vaqti shafoat.
Yoki:
Do‘stlar, hyech kimsaga boqmang haqorat ko‘z bila,
Shishai ko‘ngul sinar zarra qabohat so‘z bila,
Har taomiki verar lazzat hamisha tuz bila,
Munisi g‘amdur Dilafgor kecha ham kunduz bila,
Har nechuk begonalardin oshno kam-kam bo‘lur,
Yoki:
Har zamon ko‘rsam tag‘oful peshani gul orazin,
Jon berib misli simobu iztirobim inchunin,
Volai sham'i ruxi albattadur ro‘yi zamin,
Nola aylarman, Dilafgor, nogahon ko‘rsam yuzin,
Qayrilib boqib tag‘oful pesha yorim indamas.
Yoki:
Bazm ichinda o‘ynasang may tobidin nargis etib,
Vola aylar ahli majlisni ko‘zing imo etib,
Bu Dilafgor qullaringni g‘amza birla o‘lturib,
O‘t solib olam aro qoshi ko‘zing shahlanib,
Kuydurur bir lahzada jodui ahmar ko‘zlaring.
Yoki:
Nozanin, vaslingg‘a yetmak nechani haddi emas
Yoki sandin kimsani dam urmaki haddi emas,
Yo Dilafgorni senga so‘z aytmaki haddi emas,
58
Kecha yo kunduz demak, jono, Kamiy haddi emas,
Xo‘bliqni fursati yodin davom aylab keling.
Yoki:
Tavba qildim, tavbai maqbuli hidoyat aylagil,
Fazli ehsoning man osiyg‘a inoyat aylagil,
Bul munojoti Dilafgorni ijobat aylagil,
Rabbano, fag‘firlano, ey Xoliqi har du jahon,
Aylasam rihlat bu olamdin, yiborg‘il boiymon.
“Adabiyotshunoslik lug‘ati”da keltirilishicha, “tavshih” (arabcha حیشوت –
ziynatlash) mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, misra yoki bayt boshidagi (ba'zan
esa taqte'lar chegarasidagi) harflar yig‘indisidan biror so‘z (ism) keltirib chiqarish.
Mazkur san'at asosida yozilgan she'r muvashshah deb nomlanadi”
1
deb
izohlangan.
Dostları ilə paylaş: |