Ibragimova nafosat shuhrat qizi bitiruv malakaviy ishi mavzu: dilafgor adabiy merosi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/37
tarix07.01.2024
ölçüsü0,49 Mb.
#207024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
n.ibragimova dilafgor adabiy merosi

Odil vofurush
ning beshta farzandi – Mirolim, Mirkarim, Mirtolib, Mirkomil 
va Mirobidlar bo‘lib, nabiralaridan biri Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” 
asarini ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilgan olim, filologiya fanlari nomzodi Qayum 
Karimovdir. “Otam Mirobid oshpaz bo‘lib, men Orif Piskandiy ham Odil vofurush 
nabirasiman”, - degan edi Qayum aka. 
Olmaliq shahridagi politexnika institutida o‘qituvchilik qilgan Dilbar 
Muhiddinova o‘z otalari Mu'iytxon va amakilari mulla Nodirxon haqida, 
shifokorlar Karimjon Siddiqjonov otasi Siddiqboy haqida, Botirxon Zoirov esa 
tog‘asi Sayyid A'zamxon shakarpaz haqida ma'lumotlar berishadi. Mulla Fayzi 
haqida nevaralari Sevara, Abdumavlon Mahzum haqida o‘g‘illari Qodirjon aka
mulla Samsoq (Sarimsoq) haqida qizlari Mohira opa, Hasanboy va Husanboy 


15 
haqida hozirgi kunda 90 yoshdan oshib farzandlari ardog‘ida bo‘lgan Husanboy 
akaning kelinlari Zebi aya, Odil vofurush xaqidagi ma'lumotlarni ularning 
nevaralari pedagog va shoir Orif Obidov, Abdurahim qori haqida ularning qizlari 
Mahbuba opa ma'lumot berishgan. 
Mullo Fayzi
katta yo‘l ustidadur, bo‘lsun omon, 
Lafkador erdi qaroqosh bir yigit 
Noyob
degon,
Sog‘larmu vaqti xursandmu 
Siddiq boybachcha
jon, 
Ul 
Sulaymonxon
muazzin, ham 
Komilxon
begumon, 
Chahorsuda jumlai ahli kazolarga duo. 
Mulla Fayzi 
Inoyat hoji o‘g‘li 1890 yillarda Piskentda tug‘ilib, 1938 yillarda 
vafot etgan. Uning onasi barvaqt vafot etib, go‘dakligida onadan ajragan bolani 
enagaga berishadi va 12 yoshgacha enaga tarbiyasida bo‘lib, ota uyiga qaytib 
keladi. 1912 yilda Inoyat hoji Hamroxon ismli Toshkentlik ayolga uylanadi. 1914 
yili Inoyat hoji vafot etgach, uning butun boyliklari, do‘konlari Fayzi otaga qoladi. 
Matolar, tilla taqinchoqlar bilan savdo qiladi. Shuningdek, Piskentda mingboshilik 
qilgan Inoyat hojidan Mingtepa va Said qishlog‘i atrofidagi katta yerlar ham Fayzi 
otaga meros bo‘lib qolgan. 
Mulla Fayzi o‘z zamonining o‘qimishli va ziyoli kishisi bo‘lgan. 
Madrasalarda o‘qigan, arab va fors tillarini bilgan. Qaynotasi To‘raqul mirzo 
(1864-1930) din va davlat arbobi bo‘lib, ulamo Alixonto‘ra Sog‘uniyning (1885-
1976) maslakdoshi, yaqin do‘stlaridan bo‘lgan.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin