Ibtidoiy davr san'ati manbalari



Yüklə 49,1 Kb.
səhifə1/13
tarix17.10.2023
ölçüsü49,1 Kb.
#156433
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
IBTIDOIY DAVR SAN\'ATI MANBALARI


IBTIDOIY DAVR SAN'ATI MANBALARI


Reja:



  1. Er. av. 3 ming yillikgacha bo‘lgan davrda Tosh asri, er. av. 3-2 ming yillikdagi bo‘lgan mis va bronza asri, er. av. 1 ming yillikda temir asri to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish.

  2. Shu davrdagi me’morchilik, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at.

  3. O‘rta Osiyo, O‘zbekistonning ibtidoiy davrdagi yodgorliklari bilan keng tanishtirish.



Ibtidoiy jamoa san’ati.


Ibtidoiy jamoa tuzumi insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Bu bosqichni hamma xalq va elatlar o‘z boshidan kechirdilar. Ana shu uzoq davom etgan taraqqiyot jarayonida hozirgi zamon odami tipi paydo bo‘ldi, odamlar jamoasi yuzaga keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining zaifligi odamlarni kollektiv bo‘lib yashash va mehnat qilishga da’vat etdi. Ular qudrat birlikda ekanligini, hayotning ilk bosqichidayoq sezdilar. Bu qudrat ularni tabiat sirlarini ґrganishga boshladi. Madaniyat va san’at ravnaqiga zamin yaratdi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar - mehnat va ov qurollari, uy-anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari yetib kelgan. Shular ibtidoiy jamoa kishisining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va yerto‘la devorlariga chizilgan surat va bo‘rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o‘rganishning muhim manbai hisoblanadi. San’at qachon va qanday paydo bo‘lgan? San’at qadim-qadimda kishilarning mehnati jarayonida yuzaga keldi va rivojlandi. Inson madaniyati taraqqiyot olamiga qadam qo‘ydi. San’atning yuzaga kelishi insonning obyektiv voqelik to‘g‘risidagi bilimlarining chuqurlashishiga, o‘z avlodi tajribalaridan bahramand bo‘lishga olib keldi. Bu uni tabiat kuchlariga qarshi kurashishga da’vat etdi, uning aqliy kamoloti, estetik qarashlari rivojini jadallashtirdi.
Arxeologiyada ibtidoiy jamoa tuzumi tarixi qurol yasash uchun ishlatiladigan materiallarga qarab, uch asosiy bosqichga ajraladi:
1. Tosh asri - eramizdan avvalgi 3 ming yillikkacha bo‘lgan davr.
2. Mis va bronza asri - eramizdan avvalgi 3-2 ming yillik.
3. Temir asri - eramizdan avvalgi 1 ming yillik.
Haykaltaroshlikda hayvonlar tasvirini yasash keng urinni egallaydi. Odam tasviri, ayniqsa, ayollar haykali paleolit davrida keng uchraydi. harbiy Yevropadan (Avstriya) topilgan “Villendorf Venerasi” deb nomlangan haykal mashhurdir.Haykal hajm jihatidan katta emas, (balandligi 0,06 m.) lekin ko‘rinishi jihatidan monumental. Haykalda ortiqcha detallar yo‘q. Ichki kuch-qudratga to‘la haykalda bosh qismi bir oz belgilangan, yuz deyarli ishlanmagan, past tomonida tugallik yo‘q, lekin shunga qaramasdan, haykal o‘zining to‘laqonliligi, ichki kuchga to‘laligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi.
Mezolit yoki o‘rta tosh asrida odamlar katta bo‘lmagan tґdaga ajralgan holda yashay boshlashlari ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chib o‘tish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Qurollarning (mehnat va ov qurollari) ixcham, qulay bo‘lishiga e’tibor kuchaydi. o‘q, kamon-yoy, qayiqlarning ixtiro qilinishi ibtidoiy jamoa kishisining hayoti yanada yaxshilanishini ta’minladi. Odamlar yog‘och, qamishdan foydalanib, o‘zlariga kerakli buyumlar yasay boshladilar.
Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, o‘rta Osiyodan topilgan suratlar diqqatga sazovordir. “Kiyiklarni ovlash” (Ispaniya) suratlarida obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), sxematik, o‘ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lekin bu shartlilik rassom aytmoqchi bo‘lgan fikrni tushunishga halaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat - kiyiklarning jon talvasada qochishi, ovchilarning epchillik bilan olib borayotgan hujumlari, ov paytidagi shijoat, hayajon ibtidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan. o‘rta Osiyo (Surxondaryo, FarQona), Ozarbayjon (Kobiston)dan topilgan suratlarda ham shu holni kґramiz. Zaravutsoy (Surxondaryo), Seymalitosh (FarQona) suratlari mashhurdir. Bu suratlarda ovchilarning hayvonlarga hujumi aks ettirilgan. Zaravutsoydagi niqob kiyib, ґljasiga yaqinlashayotgan ovchilarni aks ettirgan surat o‘tmish hayotining ma’naviy dunyosini bilishga xizmat qiladi. Kulolchilik va boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon va tґlqinsimon chiziqlar, konsentrik aylanalar shu davrdagi ko‘pgina naqshlarning asosini tashkil etadi. Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvon va ґsimliklar dunyosidan olingin shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib bordi.



Yüklə 49,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin