Ich sinflarda tarbiya mustaqil ish


Ular quyidagilardan iborat



Yüklə 294,5 Kb.
səhifə2/3
tarix09.04.2023
ölçüsü294,5 Kb.
#95307
1   2   3
Inklyuziv ta’limning mazmun va mohiyati

Ular quyidagilardan iborat:
-har bir bolaning huquqi ommaviy maktabda ta’lim tarbiya olishni talab etadi;
-o‘qitishning metod va metodikalari bolaning nuqsoniga qarab tanlanadi;
-maktabda to‘laligicha korreksion pedagogik yordam tashkil etiladi;
-bolalar to‘g‘risidagi qaror kompleks tarzda qabul qilinadi;
-bolaning har bir shaxsiy huquqi kafolatlanadi;
-maktabda integratsiya tamoyiliga o‘quv rejaning asosi sifatida qaraladi;
-inklyuziv maktablarning moddiy ta’minoti yaxshilanadi”.
1994 yilning 7-10 iyun kunlarida Ispaniyaning Salamanka shahrida 2-yirik Umumjahon Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Konferensiya “Salamanka Deklaratsiyasi va alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limining kelgusida ijrosini ta’minlash Ramkasi” deb atalib, shu yili “Salamanka bayonoti va Ish faoliyat Rejasi” nom bilan uning ish mazuni nashr etildi. Salamanka bayonoti va Ish faoliyati Rejasining asosiy yetakchi tamoyili shundan iboratki, maktablar barcha bolalarni, ularning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, hissiy, tili va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar o‘qishga qabul qilishlari lozim. Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha:
“Har bir bola ta’lim olish va o‘ziga muvofiq darajada bilimga erishish huquqiga ega:
Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xil xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo‘naltirilsin. Maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun oddiy maktablarga borish imkoniyati yaratilsin;
Maxsus yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash oddiy maktablarning ish faoliyati doirasiga kirar ekan, bu jarayon quyidagi maqsadlarga erishishning eng samarali vositasi bo‘la oladi:

  • Ajratib qo‘yish illatiga qarshi kurash;

  • Do‘stona insonparvar jamoalarni yaratish, o‘z tarkibiga maxsus ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni olgan jamiyatni qurish;

  • Barcha bolalarning ta’lim olishiga erishish” (Salamanka bayonoti 2-band);

Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasining ishlab chiqilishi jahon miqiyosida “Ta’lim hamma uchun” mazmunidagi ta’lim siyosati ilgari surilib, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida o‘qitishning yo‘llari belgilab berildi. Ammo bu ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini yanada aniqroq va mustahkamroq huquqiy jihatdan asoslash, qat’iy belgilab berish lozim edi. Shuning uchun 2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakarda ta’lim to‘g‘risida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan “Dakar harakat dasturi” qabul qilindi. Ular 10 yil oldin qabul qilingan “Ta’lim hamma uchun” Xalqaro Deklaratsiya (Djomten-Tailand-1990 yil) ni qayta tasdiqlab, radifikatsiya qildilar. Dakar harakat dasturi “2000 yilga qadar jahon miqiyosida ta’lim hamma uchun amaliy faoliyatining darajasini baholash” maqsadiga asoslanildi. Bu baholashda har bir davlat o‘zining ta’limni barcha bolalar uchun taminlanganlik darajasini tahlil qilib chiqish vazifasi topshirildi.
Dakar harakat Ramkasiga kirgan barcha davlatlar 2002 yilga qadar “Ta’lim hamma uchun” rejasini mukammal tuzib, 2015 yilga qadar bu ta’lim tizimini amatiyotga to‘liq joriy etishlari lozim deb topildi.
Ushbu harakat Ramkasi tarkibiga kiruvchi davlatlarning barchasi “Har bir insonga va har bir jamiyatga” shiori ostida barcha insonlar va bolalar ta’limini to‘laqonli ta’minlash majburiyatini oladilar. Bu harakat dasturida “Ta’lim xavsiz, sifatli, bolaning sog‘lig‘ini himoya qilib, mustahkamlaydigan, hamma uchun birdek, inklyuziv tarzda va barcha zaruriy resurslar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. O‘qituvchilar saviyasi va o‘quv rejalar “Ta’lim hamma uchun” maqsadlariga javob berishi kerak”-deb belgilangan («Dakarskie ramki deystiy»-Fransiya 2000 yil, 20-21 betlar).
Shunday qilib, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyatning to‘laqonli va tenghuquqli a’zosi ekanligi e’tirof etilib, ular ta’limida alohida yangicha yondashuv maydonga keldi. Bu ta’lim tizimlari barcha bolalarning tili, dini, millati, ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, jismoniy va ruhiy holatlaridan qat’iy nazar talimga jalb etishni ko‘zlavchi “inklyuziv” ta’lim nomi bilan ataldi.

Yüklə 294,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin