Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion–uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) bu davlat siyosati bo‘lib, normal rivojlanishdagi va maxsus ehtiyojli bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar va o‘smirlarni rivojlanishidagi nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar oilaning faol ishtirokida umumta’lim tizimiga to‘liq qo‘shishni va ijtimoiy hayotga moslashtirishni ifodalovchi ta’lim tizmidir.
Yuqorida keltirlgan me’yoriy hujjatlar asosida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni ham umumta’lim muassasalarida tenghuquqlilik asosida o‘qitish va tarbiyalash masalasi huquqiy jihatdan kafolatlandi.
Chunki alohida ehtiyojli bolalar inklyuziv ta’limining samarali tashkil etilishi natijasida
imkoniyati cheklangan farzandlari mavjud bo‘lgan oilalarning moddiy va ma’naviy muammolariga barham beriladi va mahallarda ajratish iskanjasidan qutulishga imkon yaratiladi;
imknoniyati cheklangan bolalarni maktablar va jamoatchilik orasida kamsitishlarning oldi olinadi, bolalar o‘rtasida
imkoniyati cheklangan bolalar sog‘lom tengdoshlari orasida tabiiy sharoitlarda yashash va mehnat qilishga moslashadilar;
imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy jamiyatga erta va samarali moslashishlari ta’minlanadi, ya’ni jamiyatda boshqalar ko‘magiga qaramlar soni kamayadi.
Yuqorida samaradorlikka erishish uchun inklyuziv ta’limda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
barcha ta’lim muassasalarida imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun zarur moddiy-texnik, psixologo-pedagogik va korreksion yo‘naltiruvchi sharoitlarni yaratish;
o‘quvchilar o‘rtasidagi ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ta’minlash;
jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
jamiyat rivojining faol ishtirokchilarini ko‘paytirish, ishsizlar sonini yanada kamaytirish;
barcha uchun ta’lim sifatini oshirish asosida davlat iqtisodini o‘stirish va halq ma’naviyatini yuksaltirish.
Imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limi asosan umumiy, maxsus ehtiyojli bolalarning yashash joyiga yaqin bo‘lgan muassasalarda tashkil etiladi. Bunday muassasalar barcha bolalarning turli jismoniy ehtiyojlari, yakka xususiyatlari, ularning qobiliyatlari, o‘qitish usullari va ta’lim bosqichlaridagi farqlarni aniqlaydi hamda ularning imkoniyatlari, o‘zlashtirish darajalarini inobatga olgan holda, tabaqalashtirilgan ta’lim-tarbiya tizimini tashkil etadi.