Ichki auditni tashkil etish asoslari


Ichki auditorni sertifikatlash tartibi



Yüklə 115,58 Kb.
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü115,58 Kb.
#113237
1   2   3   4   5   6
Ichki auditni tashkil etish asoslari

3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi


Ichki auditor sertifikati – ichki audit xizmatida faoliyat olib borish uchun ichki auditorning professional malakasini tasdiqlovchi hujjat (bundan keyingi o’rinlarda sertifikat deb yuritiladi).
Sertifikat da’vogar tomonidan malaka imtihoni (bundan keyingi o’rinlarda imtihon deb yuritiladi) muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda, auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari (bundan keyingi o’rinlarda auditorlarning jamoat birlashmalari deb yuritiladi) tomonidan besh yil muddatga beriladi.
Sertifikat egasi sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili malaka oshirish kurslaridan o’tishi shart.
Imtihon o’tkazuvchi komissiya (bundan keyingi o’rinlarda komissiya deb yuritiladi) tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlarning jamoat birlashmalari vakillari, zaruriyat bo’lganda, buxgalteriya hisobi, audit, soliq solish va xo’jalik huquqi sohalarining etakchi mutaxassislari kiritiladi.
Komissiya auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda kamida beshta a’zodan, shu jumladan komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.
Sertifikat olish, amal qilishini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, shuningdek uning dublikatini berish haqidagi arizani ko’rib chiqish uchun da’vogar (sertifikat egasi) tomonidan belgilangan miqdorlarda yig’im to’lanadi. Yig’im auditorlarning jamoat birlashmalari hisob raqamiga o’tkaziladi va imtihonlarni tashkil qilish va o’tkazish, sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Yig’im to’lash uchun bank rekvizitlari to’g’risidagi ma’lumotlar auditorlarning jamoat birlashmalari vebsaytlariga joylashtiriladi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari huzuridagi auditorlarni tayyorlash markazlari – auditorlarni o’qitish va malakasini oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan, faqat auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan ta’sis etiladigan nodavlat ta’lim muassasasi (bundan keyingi o’rinlarda o’quv markazlari deb yuritiladi).
O’quv markazlari:
auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ichki auditorlarni tayyorlash dasturi
(bundan keyingi o’rinlarda tayyorlov dasturi deb yuritiladi) bo’yicha 80 soatli maxsus o’quv kurslarni hamda ichki auditorlar uchun malaka oshirish dasturi bo’yicha 20 soatli kurslarni tashkil etadi; sertifikat blankasiga sertifikat egasining har yili malaka oshirish kursini
o’taganligini tasdiqlovchi yozuv kiritadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda, keyingi oyning 10-sanasidan kechiqtirmay sertifikat egasining malaka oshirish kursini o’taganligi to’g’risida axborot taqdim etadi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari:
imtihon o’tkazishni tashkil qiladi, shuningdek o’zlarining veb-saytlariga
imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi axborotni joylashtiradi; tayyorlov dasturi asosida test savollarini va javob variantlarini tuzadi
hamda ularni imtihon o’tkazish sanasidan yigirma kun oldin O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi; o’quv markazlarida o’quv jarayoni tayyorlov va malaka oshirish dasturlari
asosida tashkil etilganligini nazorat qiladi; da’vogarlarni imtihonga qo’yish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul
qiladi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga imtihon o’tkazilgan sanadan boshlab o’n besh kundan kechiqtirmay imtihon natijalari bo’yicha da’vogarlarga berilgan sertifikatlar to’g’risida axborot taqdim etadi.
Da’vogarga qo’yiladigan malaka talablari:
Sertifikat olish uchun imtihonga quyidagi malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar (bundan keyingi o’rinlarda da’vogar deb yuritiladi) qo’yiladi:

  1. oliy iqtisodiy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan oliy iqtisodiy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, moliya yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish bo’yicha amaliy ish stajiga

(shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish; iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga, shuningdek xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasalari tomonidan berilgan va qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limga ekvivalent deb e’tirof etilgan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasini tugallaganidan so’ng oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik auditor, auditor yordamchisi, buxgalter, revizor, soliq maslahatchisi, soliq inspektori, ichki auditor xizmati xodimi sifatida ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik asosida) ega bo’lish;

  1. o’quv markazlarida maxsus tayyorlov kursini o’taganlik.

Quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo’lgan da’vogarlarga maxsus tayyorlov kursini o’tamagan bo’lsa ham imtihon topshirishga ruxsat beriladi:
auditorning malaka sertifikati (ariza berilgan sanada mazkur sertifikatning
amal qilish muddati tugashiga 6 oydan ko’p vaqt qolgan bo’lsa); soliq maslahatchisi malaka sertifikati;
buxgalter xalqaro sertifikati (CAP – Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi, CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter va boshqalar), buxgalter xalqaro sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab, har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjud bo’lsa.
Imtihonda ishtirok etish uchun auditorlarning jamoat birlashmalaridan biriga da’vogar tomonidan belgilangan shakldagi arizaga ilova qilingan holda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shaklga muvofiq to’ldirilgan anketa; pasport nusxasi; oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomning notarial yoki uni bergan oliy ta’lim
muassasi tomonidan tasdiqlangan nusxasi; mehnat daftarchasidan notarius yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan
ko’chirma; ikkita fotosurat (3 x 4 sm o’lchamda); maxsus tayyorlov kursini o’taganligi to’g’risidagi guvohnomaning asl nusxasi yoki auditor yoki soliq maslahatchisi malaka sertifikatining nusxasi yoxud buxgalter xalqaro sertifikatini olgan yildan keyingi yildan boshlab, buxgalter xalqaro sertifikati egasining har yili malaka oshirganligini tasdiqlovchi guvohnomaning va buxgalter xalqaro sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi; arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining bir baravari miqdorida
yig’im to’langanligi to’g’risida bank to’lov hujjati.
Maxsus tayyorlov kursini tugatgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bo’lgan vaqt oralig’i bir yildan ko’p bo’lmaganda guvohnoma haqiqiy hisoblanadi.
Da’vogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda, to’langan yig’im unga qaytarib berilmaydi.
Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki pochta orqali taqdim etiladi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari ariza kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
imtihon topshirishga ruxsat berish to’g’risida; imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida.
Da’vogarga quyidagi hollarda imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi:
Imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda, qabul qilingan qaror to’g’risidagi xabarnoma rad etish asoslari ko’rsatilgan holda auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan da’vogarning anketasida ko’rsatilgan manzilga yoki uning elektron manziliga yuboriladi.
Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogarga o’n kun muddat beriladi.
Hujjatlar uch kun ichida qayta ko’rib chiqiladi. Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilgan holda taqdim etilgan arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im undirilmaydi.
Rad etish uchun asos bo’lgan kamchiliklar o’n kun ichida bartaraf etilmagan taqdirda, da’vogarning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Imtihon topshiradigan da’vogarlarning tasdiqlangan ro’yxati auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan komissiyaga topshiriladi.
Guruhlarning shakllanishiga (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) qarab imtihon o’tkaziladi. Guruhlar da’vogarlarning arizalarini ro’yxatga olish ketma-ketligida shakllantiriladi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon topshirishga ruxsat berilgan da’vogarlarga imtihon o’tkaziladigan sanadan kamida o’n besh kun oldin imtihon o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risidagi xabarnomani auditorlarning jamoat birlashmalari veb-saytlariga joylashtiradi hamda da’vogarning anketada ko’rsatilgan manziliga pochta orqali yoki elektron xabar ko’rinishida yuboradi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari imtihon o’tkazishda:
da’vogarlarni ro’yxatdan o’tkazadi; imtihon o’tkazish uchun jihozlangan xonani zaruriy texnik vositalar bilan
ta’minlaydi; imtihon o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar va materiallar saqlanishini
ta’minlaydi; imtihon o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Da’vogarlar imtihon topshirishga pasporti bilan kiritiladi. Pasporti bo’lmagan yoki imtihonga kechiqqan da’vogarlar imtihonga kelmagan deb hisoblanadi hamda imtihon topshirishga ruxsat berilgan navbatdagi shaxslar ro’yxatiga kiritiladi.
Da’vogar auditorlarning jamoat birlashmalariga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab ikki marotaba imtihon topshirishga kelmagan taqdirda, da’vogar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar qaytarib yuboriladi.
Imtihon uch soat ichida yozma shaklda test o’tkazish yo’li bilan o’tkaziladi.
Har bir da’vogar tomonidan ro’yxat raqami, test savollari hamda maxsus test blankalari olinadi (bundan keyingi o’rinlarda test blankasi deb yuritiladi).
Komissiya raisi tomonidan imzo qo’yilmagan test blankasi haqiqiy hisoblanmaydi.
Test savollari auditorlarning jamoat birlashmalari taqdim etgan savollar asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Test savollari qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hisobga olingan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
Imtihon savollari tayyorlov dasturi bo’yicha tuziladigan 60 ta test savolidan iborat bo’ladi.
Da’vogarga har bir to’g’ri javob uchun 1 ball, noto’g’ri javob uchun yoki javob bo’lmasa 0 ball qo’yiladi.
Test natijalarini ijobiy deb tan olish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
Begona shaxslarning imtihonda qatnashishiga ruxsat etilmaydi.
Imtihon o’tkazishga ajratilgan vaqt tugagach, da’vogar test blankasini test savollari bilan birga komissiyaga topshiradi. Test blankasida da’vogarning ro’yxat raqamidan tashqari axborotlar (da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi, shuningdek da’vogarning shaxsini aniqlash imkonini beradigan boshqa biror bir belgi) bo’lmasligi lozim. Ushbu talablarni buzgan da’vogar imtihon topshirmagan deb hisoblanadi.
Imtihon o’tkazilayotganda da’vogarga quyidagilar taqiqlanadi:
normativ-huquqiy hujjatlar, o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalanish; uyali aloqa telefonlari yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish; o’zaro gaplashish, yordam hamda maslahat va tushuntirishlar berish; test savollarini auditoriyadan olib chiqish.
Ushbu talablarni buzgan da’vogarlar dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda auditoriyadan chiqarib yuboriladi va imtihon topshiraolmagan deb hisoblanadi.
Imtihon natijalari komissiya tomonidan imtihon o’tkazilgandan so’ng ikki kun ichida e’lon qilinadi.
Imtihon topshiraolmagan da’vogarlarga yig’im qaytarib berilmaydi.
Imtihon topshirish natijalari salbiy baholangan da’vogarning hujjatlari qaytarib yuboriladi.
Imtihonda ishtirok etish uchun da’vogarlar tomonidan berilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar hamda komissiyaning yig’ilish bayonnomalari besh yil mobaynida auditorlarning jamoat birlashmalarida saqlanadi.
Imtihon natijalari salbiy baholangan da’vogarlar natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab o’ttiz kalendar kun mobaynida tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Berilgan apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan bir hafta ichida ko’rib chiqiladi va qabul qilingan qaror to’g’risida ariza beruvchi yozma ravishda xabardor qilinadi. Ariza beruvchi apellyatsiya shikoyatining ko’rib chiqilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini
qanoatlantirishni rad etish to’g’risida; ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon
tayinlash to’g’risida; imtihon natijalarini o’zgartirish va ijobiy baholash to’g’risida.
Imtihon natijalarini o’zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to’g’risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellyatsiya shikoyatida keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa;
Ariza beruvchining imtihon natijalarini bekor qilish va qayta imtihon tayinlash to’g’risidagi qaror imtihon talablarini buzgan holda o’tkazilganda qabul qilinadi. Bunday hollarda ariza beruvchidan yig’im undirilmaydi.
Apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilgan qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Imtihon natijalari komissiya bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va auditorlarning jamoat birlashmalariga topshiriladi.
Sertifikat imtihonda qatnashish uchun ariza topshirilgan auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan beriladi.
Sertifikat belgilangan shakldagi maxsus blankada rasmiylashtiriladi va O’zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi. Sertifikat auditorlarning jamoat birlashmasining rasmiy qisqartirilgan nomidan keyin oraliq bo’shliqlarsiz (X...X 000000 tarzida) raqamlanadi.
Sertifikat blankalari qat’iy hisobot hujjati hisoblanadi va qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega bo’lgan maxsus qog’ozda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan auditorlarning jamoat birlashmalari buyurtmasiga ko’ra tayyorlanadi.
Auditorlarning jamoat birlashmalari belgilangan tartibda berilgan va qayta rasmiylashtirilgan, shuningdek dublikatlari berilgan sertifikat blankalari hisobini yuritadi hamda saqlanishini ta’minlaydi.
Sertifikat imtihon komissiyasining bayonnomalari olingandan so’ng o’n kun ichida rasmiylashtiriladi va sertifikat egasiga yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga ichki auditorlar reestriga imzo qo’ydirish orqali beriladi.
Da’vogar sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olish uchun kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy voz kechsa, auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan ushbu sertifikatni bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin, biroq uning amal qilish muddati tugashiga olti oydan kam vaqt qolgan bo’lsa, auditorlarning jamoat birlashmasiga uning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risida arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etiladi:
anketa; sertifikatning asl nusxasi; sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yig’im to’langanligini tasdiqlovchi bank to’lov hujjati.
Sertifikatning amal qilish muddati sertifikat egasi tomonidan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda uzaytiriladi.
Sertifikatning amal qilishi sertifikat blankasida ko’rsatilgan muddatning tugash sanasidan boshlab besh yil muddatga uzaytiriladi.
Sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan sertifikat blankasiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Sertifikat blankasidagi uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun ajratilgan tegishli rekvizitlar to’lgan bo’lsa, ilgari berilgan raqam bilan yangi sertifikat beriladi. Yangi sertifikat blankasining pastki o’ng burchagiga ilgari berilgan sertifikat haqidagi axborotlar yozib qo’yiladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi.
Sertifikat egasining familiyasi (ismi, otasining ismi) o’zgarganda, o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab bir oydan kechiqtirmay tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan shakldagi arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo’lgan sertifikatning asl nusxasi hamda o’zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilingan holda topshiriladi.
Sertifikat ariza topshirilgan kundan boshlab besh kun ichida ilgari berilgan sertifikat raqami bilan qayta rasmiylashtiriladi. Ilgari berilgan sertifikat blankasi tegishli auditorlarning jamoat birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda yo’q qilinadi.
Yo’qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o’rniga sertifikat egasining arizasiga ko’ra uning dublikati berilishi mumkin.
Sertifikat egasi sertifikati yo’qolganligini matbuotda e’lon qilishi va uning matbuotda e’lon qilinganligini tasdiqlovchi axborotni tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga taqdim etishi lozim. Sertifikat dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankaning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga yo’q qilish uchun qaytarib berilishi kerak.
Sertifikatni qayta rasmiylashtirganlik hamda uning dublikatini berganlik uchun ariza topshirilgan sanadagi eng kam ish haqining to’rtdan bir qismi miqdorida yig’im undiriladi.
Sertifikatning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: sertifikat egasining arizasiga muvofiq; har yillik 20 soatli malaka oshirish kursini o’tamaganda; sertifikat egasi tomonidan ichki audit xizmatidagi faoliyati mobaynida olingan konfidentsial axborot xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; sertifikatni ichki audit faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy
shaxsga berilganlik fakti aniqlanganda; ichki auditor sifatida uch yil faoliyat olib borilmaganda; muayyan mansabni egallash yoki xo’jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda; fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda; sertifikatning amal qilish muddati tugaganda.
Sertifikatning amal qilishi auditorlarning jamoat birlashmasi qarori bilan tugatiladi. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinadi: sertifikatni berish to’g’risidagi qarorning noqonuniyligi aniqlanganda; sertifikatning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti
aniqlanganda.
Sertifikatni bekor qilish to’g’risidagi qaror sertifikat berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Sertifikatning amal qilishini tugatish hamda bekor qilish haqidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi qaror ommaviy axborot vositalarida, shuningdek auditorlarning jamoat birlashmasi veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak.
Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to’g’risidagi qaror besh kun ichida sertifikat egasiga va u ichki audit xizmatida ishlab to’rgan xo’jalik yurituvchi sub’ektga yuboriladi.
Sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi qaror sertifikat egasi tomonidan olingan kundan boshlab o’n kun ichida sertifikat tegishli auditorlarning jamoat birlashmasiga belgilangan tartibda yo’q qilish uchun qaytarilishi lozim.
Sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslarga sertifikatning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida qayta sertifikat olish uchun imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.

Yüklə 115,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin