“Ichki auditorlar ishidan foydalanish” 610-axs shokamolov Ibroxim hba-82 reja: 01 02 Ichki audit nima va uning vazifalari Ichki auditorlar ishidan foydalanish Ichki audit
“Ichki auditorlar ishidan foydalanish” 610-AXS Shokamolov Ibroxim HBA-82 REJA: 01 02 Ichki audit nima va uning vazifalari Ichki auditorlar ishidan foydalanish Ichki audit – bu xo’jalik ichida uning faoliyatining samaradorligini tekshirish va aniqlashda mustaqil baho berishdir. Ichki audit uchun korxonaning o’zi yoki uning bir bo’limi – korxona ichidagi nazorat bo’limi javob beradi.
Ichki auditning maqsadi– korxona xizmatchilariga o’zlarining majburiyatlarini a‘lo darajada bajarishga yordam berishdir. Ichki audit korxonaga tekshirilayotgan obyektlar haqida aniq tahlil, baholash, tavsiya, maslahat va ma‘lumotlarni beradi.
Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxonaning ishiga moliyaviy nazoratni olib borish;
- iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini tekshirish;
- boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tahlil qilish;
- korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash;
- korxona ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va obyekti jihatdan farq qiladi.
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va foydalanilishi, hisob-kitobning to’g’riligi va boshqa obyektlarni tekshirishga qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.
Ichki auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
- korxonaning ishiga moliyaviy nazoratni olib borish;
- iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha ichki nazorat tizimi ixtisoslashganligini tekshirish;
- boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish va sotish bo’yicha tahlil qilish;
- korxonalarning likvidligi, rentabelligi va ish faoliyatini baholash;
- korxona ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va obyekti jihatdan farq qiladi.
Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va foydalanilishi, hisob- kitobning to’g’riligi va boshqa obyektlarni tekshirishga qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.
Ichki auditorlarning muayyan ishidan foydalanish uchun tashqi auditor mazkur ishni baholashi va uning tashqi auditor maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlash uchun unga nisbatan auditorlik tartib taomillarini bajarishi lozim.Ichki audit xizmatining maqsadlari tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tomonidan va, zarur holda, boshqaruv yuklatilgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
Ichki audit xizmati va tashqi auditorning maqsadlari har xilligiga qaramay, ichki audit xizmati va tashqi auditor o‘zlarining tegishli maqsadlariga erishish uchun qo‘llaydigan ayrim usullar o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligi darajasidan qat’i nazar, mazkur xizmat tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan moliyaviy hisobot xususida fikr bildirishda tashqi auditor uchun talab etilgandek mustaqil hisoblanmaydi.
Ichki auditorlar ishining audit maqsadlariga mosligini aniqlashda tashqi auditor quyidagilarni baholashi lozim:
- Ichki audit xizmatining xolisligi darajasini;
- Ichki auditorlarning texnik kompetentligi darajasini;
- Ichki auditorlar ishi professional jihatdan qay darajada puxta
bajarilayotganini;
- Ichki auditorlar va tashqi auditor o‘rtasida samarali axborot almashinuvi o‘rnatilishi imkoniyatini.
AUDIT
Tashqi auditor tartib-taomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamiga ichki auditorlar ishining rejalashtirilayotgan ta’sirini aniqlashda tashqi auditor quyidagilarni ko‘rib chiqishi lozim.
Birinchidan, ichki auditorlar tomonidan bajarilgan yoki bajariladigan muayyan
ishning xususiyati va ko‘lamini tekshirish.
Ikkinchidan , operatsiyalar, schyotlar qoldiqlari yoki ochib beriladigan ma’lumotning
ayrim turkumlari uchun taqdimnomalar darajasida baholangan muhim buzib ko‘rsatishlar risklarini tekshirish.
Uchinchidan, ichki auditorlar tegishli taqdimnomalarni tasdiqlash uchun to‘plagan auditorlik dalillarini baholashda mavjud sub’ektivlik darajasini.
Auditning Xalqaro Standartlarining 610-standartiga muvofiq tadbirkorlik sub’ekti ichki audit xizmatining ishi audit uchun o‘rinli hisoblanadi, basharti ichki audit xizmatining faoliyati va vazifalari tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish bilan bog‘liq, auditor esa bajarish talab etiladigan auditorlik tartib-taomillari xususiyati yoki ularni bajarish muddatlarini o‘zgartirish yoinki ularning ko‘lamini qisqartirish maqsadida ichki auditorlar ishidan foydalanishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa
Ushbu AXSga muvofiq tartib-taomillarni bajarish tashqi auditor muhim buzib ko‘rsatishlar riskiga bergan o‘z bahosini qayta ko‘rishiga turtki berishi mumkin. Binobarin, bu tashqi auditor tomonidan ichki audit xizmati ishining audit uchun o‘rinliligini aniqlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tashqi auditor ichki auditorlarning ishidan tashqi auditor tartibtaomillarining xususiyati, ularni bajarish muddatlari yoki ularning ko‘lamiga ta’sir ko‘rsatish uchun boshqacha tarzda foydalanmaslikka qaror qilishi ham mumkin. Bunday vaziyatda tashqi auditor tomonidan ushbu AXSni keyinchalik qo‘llash talab etilmasligi mumkin .
Tashqi auditorning ichki auditorlar ishi audit maqsadlariga mos kelishi yoki mos kelmasligi to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarga quyidagilar kiradi:
Xolislik
Ichki audit xizmatining tadbirkorlik sub’ekti doirasidagi maqomi va bu maqomning ichki auditorlar qobiliyatiga ta’siri obyektiv bo‘lishi lozim.
Ichki audit xizmati boshqaruv yuklatilgan shaxslar yoki tegishli vakolatga ega bo‘lgan mansabdor shaxs oldida hisobot beradimi va ichki auditorlar boshqaruv yuklatilgan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etish imkoniyatiga egami.
Ichki auditorlar bir-biriga zid keladigan biron-bir vazifalarga ega emasmi.
Boshqaruv yuklatilgan shaxslar ichki audit xizmati bilan bog‘liq ishga joylashtirish xususidagi qarorlar ustidan nazoratni amalga oshiradimi.
Tadbirkorlik sub’ektining ijrochi rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan shaxslar ichki audit xizmatiga biron-bir shartlar yoki cheklashlar belgilaganmi.
Tadbirkorlik sub’ektining ijrochi rahbariyati ichki audit xizmatining tavsiyalariga amal qiladimi (agar amal qilsa, qay darajada) va buning qanday dalillari mavjud.
Ichki auditorlar tegishli professional tashkilotlarning (uyushmalarning) a’zolari hisoblanishi muhim.Ichki auditorlar tegishli texnik ma’lumotga va ichki auditorlar sifatida professional tajribaga egambo'lishi kerak. Ichki auditorlarni tanlab olish va ularga ta’lim berishga oid siyosatning belgilangan qoidalari mavjud ekanligi muhim.
Ichki auditorlarning muayyan ishiga nisbatan bajariladigan auditorlik tartibtaomillari xususiyati, ularni bajarish muddatlari va ko‘lami muhim buzib ko‘rsatishlar risklariga tashqi auditor tomonidan berilgan bahoga, ichki audit xizmatining ishiga berilgan bahoga va ichki
auditorlarning muayyan ishiga
berilgan bahoga bog‘liq bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT