Ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati Sherov Uzoqboy



Yüklə 7,91 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü7,91 Kb.
#165235
Ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati Sherov Uzoqboy-fayllar.org


Ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati Sherov Uzoqboy

Ichki bank nazorati, uning turlari va ahamiyati Sherov Uzoqboy


  • Banklarda ichki nazorat va uni tashkil qilish asoslari

  • Bank ichki nazorat - bu jarayon bo‘lib, bank kengashi, rahbariyat va bankning boshqa xodimlari tomonidan quyidagi maqsadlarga erishishni oqilona ta’minlash uchun amalga oshiriladi:

  • - samaradorlik va operatsiyalarning samaradorligi;

  • - moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi.

  • - amaldagi qonunlar va qoidalarga rioya qilish.

  • Ushbu ta’rif ba’zi fundamental tushunchalarni aks ettiradi:

  • - ichki nazorat bu jarayon. Bu maqsadga erishish vositasi, o‘zi maqsad emas;

  • - ichki nazorat xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu oddiy o‘quv qo‘llanmalar va shakllar emas, balki bankning barcha darajalaridagi xodimlari;

  • - ichki nazorat bank kengashi va rahbariyati uchun mutlaq ishonchni emas, balki faqat oqilona ishonchni ta’minlaydi.

  • - ichki nazorat bir yoki bir nechta alohida, ammo bir-birini to‘ldiruvchi maqsadlarga erishishga qaratilgan

  • Ichki nazoratning ahamiyati juda katta: uning yordami bilan mulkni himoya qilish, buxgalteriya hisobini yuritish sifati va hisobotlarni ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish sifati, moliya va boshqa zaxiralarni aniqlash va safarbar qilish ta’minlanadi. Ichki nazorat bankning barcha sohalarini qamrab oladi va bankni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratiladi.

  • Ichki bank nazorati tizimini tashkil etish dolzarb vazifa hisoblanadi, u bankning har bir filiali, bank va umuman bank tizimining barqaror rivojlanishi imkoniyatini belgilaydi. Banklarda ichki nazorat tizimini tashkil etishni belgilovchi muhim hujjatlarga nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2008 yil 11 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi 1834-sonli yo‘riqnomasi, balki tijorat banklarining ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha hujjatlari, Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017 yil 23 maydagi 2886-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” va boshqa hujjatlarni kiritish mumkin.

  • Bank operatsiyalarini ichki nazorati bu qonun hujjatlariga rioya etilishini, samaradorligini, yuqori darajada bajarilishini va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi hisoblanadi.

Ichki nazorat - bu bank (uning boshqaruv organlari, bo‘linmalari va xodimlari) tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon bo‘lib, quyidagi maqsadlarga erishish uchun tavakkalchiliklarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.


Bank ichki nazorati quyidagilarga qaratiladi:
- bank operatsiyalari va boshqa bitimlarni amalga oshirishda moliyaviy- xo‘jalik faoliyatining samaradorligi va natijaviyligi, aktivlar va passivlarni boshqarish samaradorligi, jumladan, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, bank tavakkalchiliklarini boshqarish;
- moliyaviy, buxgalteriya, statistik va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish va taqdim etishda to‘g‘rilik, to‘liqlik, ob’ektivlik, shuningdek axborot xavfsizlikni ta’minlash;
- bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlari, ta’sis va ichki hujjatlariga rioya etish;
- bank va uning xodimlarining qonunga xilof ishlarni amalga oshirishda ishtiroki, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishni istisno etish, shuningdek qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tegishli davlat organlariga ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etish.
Ichki nazorat operativ tarzda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
ankdagi ichki nazorat tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
a) uzluksiz faoliyat yuritish - ichki nazorat tizimining doimiy va uzluksiz ishlashi bankka istalgan me’yoriy cheklanishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kelgusida ularning vujudga kelishini oldini olish imkonini beradi;
b) ichki nazorat tizimi barcha ishtirokchilarining hisobdorligi - har bir shaxsning nazorat vazifalarining bajarilish sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi;
v) majburiyatlar taqsimoti - bank nazorat vazifalarining takrorlanmasligiga harakat qiladi va bu vazifalar xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, bitta shaxs muayyan aktivlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tasdiqlash, operatsiyalarni hisobga olish, aktivlarning saqlanishini ta’minlash, ularning inventarizatsiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmasligi kerak;
g) operatsiyalarning tegishli tarzda ma’qullanishi va tasdiqlanishi - bank barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining mas’ul shaxslar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlanishi tartibini o‘rnatadi;
d) Ichki audit boshqarmasining tashkiliy yaxlitligi va uning bank Audit qo‘mitasi orqali Kengashga bevosita bog‘liqligini ta’minlash;
e) ichki nazoratga mas’ul barcha sub’ektlarining nazorat funktsiyalarini tegishli tarzda bajarishiga mas’ulligi;
yo) ichki nazoratni bankning barcha bo‘linmalarining o‘zaro aniq harakatlari asosida amalga oshirish;
j) muntazam rivojlanish va takomillashish - bank yangi masalalarni hal qilish, tizimni kengaytirish va takomillashtirish zaruriyatini hisobga olib moslashishi uchun ichki nazorat tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun sharoit yaratishga harakat qiladi;
z) me’yordan chetlanishlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z vaqtida uzatish - me’yordan chetlanishlar to‘g‘risidagi xabarlar mas’ul shaxslarga maksimal qisqa muddatlarda taqdim qilinishi kerak;
) mas’uliyat tamoyili - samarali ichki nazoratni tashkil etish uchun har bir nazorat vazifasi faqat bitta sub’ektga biriktirilishi kerak (ayni damda bitta sub’ektga bir necha nazorat vazifasi yuklanishi mumkin). Ichki nazorat tizimining tarkibiy qismlarining muhim jihatlari (xususan, Bazel qo‘mitasining "Banklarda ichki nazorat: tashkil etish asoslari" hujjatidagi, SAS 55/78/94 standartlarida) COSO (1992) tomonidan ishlab chiqilgan ta’rifga asoslanadi va ichki nazorat tizimining tarkibiy qismlari alohida ajratib ko‘rsatiladi: • nazorat qilish muhiti; • riskni baholash; • nazorat tartiblari; • axborot va aloqa; • monitoring. Nazorat qilish muhiti - axloqiy qadriyatlar, yaxlitlik va vakolatni o‘z ichiga olgan bank faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan odamlar tomonidan yaratilgan muhit. Riskni baholash - aniqlash, tahlil qilish va risklarni boshqarish. Nazorat tartiblari - aniqlangan risklarni bartaraf etish uchun rahbariyat tomonidan belgilanganidek, tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan siyosat va tartiblar. Axborot va aloqa - bu bankni boshqarish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va almashish uchun asos bo‘lgan faoliyat. Monitoring - tegishli o‘zgarishlarni kiritish uchun jarayonni doimiy ravishda monitoring qilish1. Belgilangan komponentlar to‘plami ichki nazoratning maqsadlariga (operatsion, moliyaviy, muvofiqlik) va “COSO kubi” ning tegishli qatlamlari bo‘lgan tekshirish sohalariga (funktsiyalar, bo‘limlar) qarab belgilanadi. SHunday qilib, moliyaviy hisobotda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan SAS 55/78/94 standarti ushbu tarkibiy qismlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlash ustidan tegishli nazorat darajasini ta’minlashi kerakligini belgilaydi.
http://fayllar.org
Yüklə 7,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin