Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini
ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar,
shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan
tartibda ichki ishlar
organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari
hamda
qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan haqqoniy axborotni olish
huquqiga ega, foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborot bundan mustasno.
(9-moddaning ikkinchi qismi
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi
O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o‘z
faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanilishini ta’minlaydi.
10-modda. Ichki ishlar organi xodimi qonuniy talablari bajarilishining
majburiyligi
Ichki ishlar organi xodimining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan
qonuniy
talablarini, shu jumladan qonunga rioya etish,
hujjatlarni, tekshiruvlar materiallarini va
boshqa ma’lumotlarni
taqdim etish, mutaxassis ajratish, ichki
ishlar organiga kelish
hamda aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi,
qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-
sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablarini barcha davlat organlari,
boshqa
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur
bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi bo‘yicha bepul
taqdim etiladi.
Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning
bajarilishini to‘xtatib turmaydi.
Dostları ilə paylaş: