O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA sanoat MULKCHILIK TO‘G‘RISIDA qonunlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi “O‘zbekiston SSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpog‘iston ASSR”, “Qoraqalpog‘iston MSSJ” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” degan so‘zlar bilan almashtirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida mulk daxlsizdir. Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1-modda. Mulkiy huquq
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunchilik
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Mulkiy huquq obyektlari
(3-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar mulk obyektlaridir:
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
(3-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, axborot, ilmiy g‘oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa obyektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
(3-moddaning 2 va 3-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4. Mol-mulkdan xo‘jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Mulkiy huquq subyektlari
(4-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq deputatlarining barcha bo‘g‘indagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mulkiy huquq subyektlaridir. Turli yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Mulk shakllari
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda bo‘ladi:
xususiy mulk;
shirkat (jamoa) mulki;
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;
aralash mulk;
boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
2. O‘zbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.