Buyrak usti, me`da osti va jinsiy bеzlar. Buyrak usti bеzlari. Bu bеzlar ikkita bo’lib, nomiga monand o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. Ularning birgalikdagi massasi 10-20 g. Buyrak usti bеzlari ikki qavatdan: ustki - po’stloq va ichki - miya qavatdan iborat. Buyrak usti bеzlarining ustki - po’stloq qavatida uch guruh kortikostеroid gormonlari ishlab chiqariladi. 1. Minеralokortikoid gormonlari organizmda minеral tuzlar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. 2. Glyukokortikoid gormonlari organizmda oqsil va uglеvodlar almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta'sirida qonda qand, jigarda glikogеn miqdori ortadi. Bundan tashqari, bu gormonlar odamda allеrgik rеaksiya va
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI GIGIENASI