Idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur



Yüklə 14,71 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2022
ölçüsü14,71 Kb.
#65461
Xotira - Vikipediya



Xotira
Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur
boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon.Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U 
nerv
sistemasi
 xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi
axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takror jinnini
qobiliyatida namoyon boʻladi.
Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga
tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (
Aristotel
va
boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi
sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida
taʼkidlagan.
Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang
Assotsiatsiya
) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira kulami, axborotlarning uzoq vaqt va
mustaxkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat
reaksiyalarda ishlab chikish bosh miya nerv hujayralari (
neyronlar
) sonining koʻpayib borishi
hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa
va uzoq muddatli Xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli Xotirada axborotlar bir necha
dakiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (mas, elektr
shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli Xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib
turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Kisqa muddatli Xotira astasekin uzoq muddatli Xotiraga
aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga
tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi


Xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va sh.k. bilan uzviy
bogʻliq.
Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional Xotira (histuygʻuni esda
tutish), obraz Xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz*mantiq Xotirasi
(narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan hodda esda tutish) kabi turlarga
boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz*mantiq Xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-
birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz
Xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy Xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad
qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz Xotirada bunday maksad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat
jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz*oʻzidan esda saqlab qolinadi.
Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy Xotira ixtiyorsiz Xotiradan samaraliroq.
Fanda Xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda.
„Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi Xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda
Xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (
amneziya
) yoki bir tomonlama kuchayishi
(gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan
voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan
voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya),
Bunday soxta Xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday
kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari,
ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va sh.k. kiradi. Xotira
buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Xotira&oldid=2862882

dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 15 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Yüklə 14,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin