Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos.

Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi. Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6 0C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi.