Ii. Asosiy qism: Fransuz ma'rifatchiligi tarixi va paydo boʻlishi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/9
tarix16.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#131628
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja-WPS Office

Fransuz marifatchilik adabiyoti
Hukumat yon berishlar bilan mamlakatni tinchlantirishga urindi. 8 avgustda hukumat yangi hukumat sud palatalariga boshchilik qilgan organ «umumiy palata»ni tugatdi va 1789 -yil ko'klamda general shtatlarni chaqirishga va'da berdi. 1788-yil 24 avgustda Nikker moliya bosh direktori unvoni bilan hukumatga qaytdi. Nikkerning hukumatga qaytishi yirik burjuaziyaga tasalli berdi. Ammo xalq ommasining mumtozlarga bo'lgan nafrati yana kuchaydi va xuddi shu vaqtda, 1788 yilning oxirida yirik burjuaziya hukumatning yon berishlaridan qanoat hosil qilgan vaqtda xalq g'alayonlari yanada ko'proq avj oldi. Ommaning tazyiqi bilan hukumat yana bir qadam tashladi, ya'ni 1788-yil 27 dekabrda qirol soveti general shtatlarda 3 toifa vakillari sonini ikki hissa ko'paytirishga rozilik berdi. General- shtatlarga saylovlar 1789- yilning birinchi yarmida butun mamlakatga zo'r inqiloblashtiruvchi ta'sir ko'rsatgan iqtisodiy inqiroz va xalq g'alayonlari sharoitida o'tdi. Fransiyaning ko'pgina qismida kambag'al dehqonlar oziq-ovqat omborlari va ot-aravalarni bosib olish bilangina chegaralanmadilar. Joylarda dehqonlar senorlarni feodal huquqlaridan voz kechishga majbur etdilar.
Feodallik hujjatlarini yondirdilar, soliq yig'uvchilarga hujum qildilar. Uchinchi toifa uchun General shtatlarga saylovlar umumiy ham, to'g'ridan-to'g'ri ham bo'lmadi. Saylovlarga uchinchi toifadan faqat 25 yoshga to'lgan soliq to'lovchilargina qatnashtirildi. Ishchilar saylovlardan umuman chetlashtirilgan edi. Faqat dvoryanlargina to'g'ridan-to'g'ri saylandilar, ruhoniylar uchun saylov ikki pog'onali, uchinchi toifa uchun uch pog'onali va ba'zi joylarda esa to'rt pog'onali saylov edi.
Eski saylov tartibiga ko'ra xalqning talabi va hohishi to'g'risida saylovchilarning fikri so'ralar, o'ziga xos anketa to'ldirilardi. Har bir toifa yozuvni alohida olib borar edi. «Talablar» deb atalgan bu yozuvlar garchi juda silliqlangan bo'lsa-da, fransuz xalqining turli qatlamlarining absolyutizm va feodalizm kishanlaridan qutilishiga intilishini ifoda qilgan edi.
XVIII asr oxirlarida ham Fransiyada hamon o'rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo'jaligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. Ular ijaraga yer olib kun kechirardilar. Soliqlarning soni tobora ko'payib borardi. Buning ustiga, cherkovga ham soliq to'lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag'allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchaygan. Bu hol tez-tez "non isyonlari"ni keltirib chiqargan .[30] O'rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to'siq bo'lgan. Mamalakatda manufaktura ishlab chiqarishi Buyuk Britaniyaga tenglasha olmagan.
XVIII asr oxirida ham Fransiyada hali sanoat inqilobi yuz bermagan edi. Manufaktura ishchilariga faqat yakshanba kunigina korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi, xolos. Ichki savdo bojxona chegara siquvi va har bir viloyatning o'zlari o'rnatgan yo'l solig'idan aziyat chekardi. Buning ustiga, burjuaziya qanchalik boy bo'lmasin, u siyosiy huquqqa ega emas edi.
Davlatni boshqarish amalda mamlakat aholisining atigi 4 foizini tashkil etuvchi ruhoniylar va dvoryanlar qo'lida edi. Ular soliq to'lashdan ozod edilar. Mamlakat qurolli kuchlarida zobitlik lavozimini faqat dvoryanlar egallashgan. Butun mamlakatni boqayotgan uchinchi toifa mamlakatni boshqarish ishiga yaqinlashtirmas edi.
Mamlakatda mutlaq monarxiya hukm surardi. Inson huquqlari tushunchasi qirollar uchun qog'ozdagi g'oyalar edi, xolos. Bundan tashqari, Fransiya XVIII asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro'sini pasaytirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo'shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va
soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og'irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilobning ro`y berishini muqarrar qilib qo'ydi.
Vaziyat inqilob ro`y berishining oldini olishni talab etardi. Shunday sharoitda Lyudovik XVI 1694-yildan beri chaqirilmay qo'ygan General shtatlarni 1789-yilda qayta chaqirdi. Barcha tabaqalarga General shtatlarga o'z talablarini yozma ravishda topshirish huquqi ham berildi. Qirol bo'shab qolgan mamlakat xazinasini to'ldirish uchun yangi soliqlar joriy etilishini va General shtatlar uni tasdiqlash zarurligini ma'lum qildi. Biroq uchinchi tabaqa yuqori imtiyozli tabaqalarning mol-mulkini soliqqa tortishni talab qildi. Oqibatda parlamentda bo'linish yuz berdi. Parij aholisi uchinchi tabaqaning talabini qullab-quvvatladi. 1789-yilning 17 iyunida uchinchi tabaqa deputatlari o'zlarini butun millat vakillari deb e'lon qildilar. Shuningdek, yangi parlament - Milliy kengash tuzdilar. 9 iyulda Milliy kengash o'zini - "Ta'sis majlisi" deb e'lon qildi. Xalq qurollana boshladi. 14 iyul kuni Fransiya mutlaq monarxiyasining tayanchi Bastiliya (davlat turmasi) egallandi. Qattiq qo'rqib ketgan Lyudovik XVI yon berishga majbur bo'ldi. U Ta'sis majlisining qonuniyligini tan oldi. Poytaxtda hukumat inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij Kommunasi (Parij Kengashi) qo`liga o'tdi. Shu tariqa Fransiyada mutlaq monarxiya quladi . Hokimiyat tepasiga yirik burjuaziya - savdo-sanoat burjuaziyasi keldi. Bu burjuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. 1789-yilda Ta'sis majlisi yana bir muhim hujjat - "Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi"ni qabul qildi. U "barcha odamlar ozod va teng huquqli bo`lib tug'iladilar" degan so'zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni "jamiyatning manbai" deb e'lon qildi. [31] Shuningdek, feodal va tabaqa imtiyozlarini bekor qildi. So'z, matbuot erkinligini e'lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etish erkinligini hamda xususiy mulkning dahlsiz va muqaddasligini belgilab qo'ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi.
XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm sezilarli darajada rivojlanadi. Fransuz materializmi tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o‘rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o‘z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asoslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: unda materialistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma'rifat falsafasi sifatida rivojlangan; qomuslar va lug‘atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g‘oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.
Ma'rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, Epikur g‘oyalari, etikasi, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart, P.Beyl (1647-1706) asarlaridagi diniy dogmatizmning tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar yevropa falsafasiga ingliz ma'rifatchilari J.Lokk va D.Yum, XVII asr nemis ma'rifatchisi G.Leybnits, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. XVIII asr Ma'rifat falsafasida ikki yo‘nalish: Volter, Russo, Volf, Monteske va boshqalarning deistik materializmi hamda Mele, Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri kabi olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin