Ii-bob iqtisodiy madrerinizatsiyalash sharoitlarida davlat byudjeti


II-BOB IQTISODIY MADRERINIZATSIYALASH SHAROITLARIDA DAVLAT BYUDJETI



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə4/6
tarix11.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#111467
1   2   3   4   5   6
13 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjet 1

II-BOB IQTISODIY MADRERINIZATSIYALASH SHAROITLARIDA DAVLAT BYUDJETI.
2.1. Davlat budjeti xarajatlari ijrosining hozirgi holati tahlili
Davlat budjetining mamlakat ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini ham alohida ta’kidlash lozim, bu boradagi budjet siyosati ijtimoiy ahvolni barqarorlashtirish uchun kuchli muvozanatlashtirilgan ijtimoiy siyosatni olib borish, aholining turmush darajasini muttasil oshirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadli yo’nalishlaridan biri – aholining yuksak turmush darajasini ta’minlashdan iborat. Aholining turmush darajasi uning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar; hayot kechirishning sanitargigiena jihatidan sharoitlari; oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish darajasi; turar joy sharoitlari; ma’lumot va madaniyat; mehnat qilish va bandlik sharoitlari;
aholining daromadlari va xarajatlari; hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; transport vositalari; dam olishni tashkil etish; ijtimoiy ta’minot.
Har yili budjetning salmoqli qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarni moliyalashtirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga safarbar etiladi. Bu mablag’lar davlatga:
-xalq ta’limi sohalarini rivojlantirish;
-fan va madaniyatni rivojlantirish
-aholining tibbiyot xizmatlariga bo’lgan minimal ehtiyojlarini qondirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish;
-ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish imkonini beradi.
Quyida keltirilgan 2.1-jadvalda davlat budjeti xarajatlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotida tutgan o’rni keltirilgan. Unga ko’ra bugungi kunda davlat budjeti xarajatlariga YaIM ning o’rtacha olganda 22,0% to’g’ri kelmoqda. Jamlanma budjet xarajatlariga nisbatan esa 32-35% to’g’ri kelmoqda.
Davlat budjeti xarajatlari o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra joiy va kapital xarajatlariga bo’linadi (2.1-rasm).



So’nggi yillarda iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy ustuvor yo’nalishlari bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishga va aholi turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu chora-tadbirlarning hayotga tadbiq etilishida davlat budjetining ijtimoiy funktsiyalari ayniqsa ravshanroq namoyon bo’ladi.
Iqtisodiyotning barqaror o’sishi bilan bir qatorda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy Dasturi, Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi, Aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish Davlat dasturi va boshqa ijtimoiy dasturlar, hukumatning boshqa qarorlariga muvofiq amalga oshirilgan maqsadli chora-tadbirlar majmui ijtimoiy
sohadag Mazkur vazifalarni hayotga tadbiq etish ko’p jihatdan mahalliy moliya mablag’larini shakllantirish va boshqarishning usul va shakllarini yangicha talqin etishga bog’liq.
Hududiy iqtisodiyot va hududdagi ijtimoiy jarayonlarni bshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi № 13-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, “Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari” 10 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.
Yuqoridagi Qonunga muvofiq, viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini budjet mablag’lari, budjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari, shuningdek respublika (viloyat, Toshkent shahri) budjetidan ajratilgan subventsiyalar va dotatsiyalar tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimida”gi Qonuniga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar quyidagilardan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg’armalar tashkil etishga;
2) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag’dan ortiqroq mablag’ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
4) budjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu cheklovlarga mahalliy budjetlarni rejalashtirish va ularni ijrosini amalga oshirishda rioya qilinishi shartdir.
Mahalliy budjetlar xarajatlarning xarajatlarini boshqarish printsiplari xukumat tomonidan qabul qilinga qonuniy-me’yoriy normativlarga asoslanadi va bu me’yoriy normativlarning asosiylari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat xokimiyati organlari to’g’risida” gi Qonuni hisoblanadi. Ushbu qonunlarda bugungi kunda mahalliy budjetlar xarajatlarini boshqarish printsiplari belgilab berilgandir.
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrdagi «Budjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 36-moddasida ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshka moliya organlari Davlat budjeti uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun xujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to’g’risida” gi konunning 3-bobida (11-15-moddalari) mahalliy davlat hokimiyati idoralarining moliyaviy asoslari ko’rsatib berilgan.
Ushbu qonunning 12-moddasida ko’rsatilishicha viloyat, tuman, shahar kengashlari tegishli budjetlarni tasdiqlaydilar.
Viloyat moliya boshqarmalari mahalliy budjetlarning ijro etilishini taminlaydi va mahalliy budjetni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qonun xujjatlarida belgilangan vakolati doirasida ijro etadilar.
Maxalliy budjet xarajatlarini boshkarish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konunlari‚ Vazirlar Maxkamasining karolari xamda Moliya vazirining kator yuriknomalarida belgilab berilgan.
Budjet tashkilotlari va budjetdan boshka mablag’lari oluvchilarni mablag’ bilan ta’minlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son qarorida belgilangan.
Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri budjetlarida yilning ayrim davrlarida daromadlar va xarajatlar o’rtasida vujudga keladigan vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplashga Respublika budjetidan ssudalar berilishi mumkin.

Davlat budjetidan mablag’ oluvchi budjet tashkilotlarini xarajatlarini to’lashning amaldagi tartibi va uning tahlili Budjetni ijro etish tizimida esa majburiyatlarni qabul qilish – bu budjet tashkiloti tomonidan smeta xarajatlarida ko’zda tutilgan mablag’lar doirasida kelajakda moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish harakatidir.
Majburiyat me’yoriy-huquqiy xujjatlarga asosan majburiyat qabul qilish huquqiga ega bo’lgan shaxs tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilinadigan majburiyatlar summasi tasdiqlangan budjet mablag’lari me’yoridan oshib ketmasligi lozim.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o’rin egallaydi:
- majburiyatlarni qabul qilish asoslari;
- majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas’ul shaxslar;
- majburiyatning turlari (yuridik va moliyaviy).
Budjet mablag’lari oluvchi budjet tashkiloti rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan boshqa mas’ul shaxslar majburiyatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’ladilar.
Yuridik majburiyat budjetdan mablag’ oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnoma tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi.
Yuridik majburiyatlarni hisobga olishning asosiy maqsadi budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, ya’ni xarajatlarning tasdiqlangan rejadan ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”.
Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnoma bo’yicha taraf o’z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to’lov to’lanishi lozim bo’lsa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma bo’ladi.
Shartnoma bo’yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to’lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Xo’jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to’lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi.
Shartnomalarni tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Jumladan, Fuqarolik Kodeksi va 1998 yil 29 avgustdagi № 670-I-sonli “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni shartnomaviy munosabatlarni tartibga soluvchi eng asosiy qonun hujjatlari bo’lib hisoblanadi.
Qonunga ko’ra, tadbikorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
xo’jalik shartnomalarini tuzish erkinligi;
taraflarning o’zaro manfaatdorligi;
shartnoma intizomiga rioya etish;
taraflarning o’zaro mulkiy javobgarligi.
Xo’jalik shartnomasi, qoida tariqasida taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo’llashi va ikkinchi taraf uni aktseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo’li bilan tuziladi.
Agar taraflar o’rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari bo’yicha kelishuvga erishilgan bo’lsa, xo’jalik shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.

Xo’jalik shartnomalari ularni imzolashga tayyorlash jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib ko’rilishi kerak.


Shartnomalarni ularning imzolarisiz tuzishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo’jalik shartnomalari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasidan keyingina tuziladi.
Xulosada, qoida tariqasida quyidagilar ko’rsatiladi:
 xo’jalik shartnomasida ko’rsatilgan munosabatlar qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
 xo’jalik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi;
 taraflarning javobgarligi me’yori va nizolarni hal etish tartibi qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Xo’jalik shartnomasi shartnoma shartlariga hamda qonun hujjatlarining talablariga muvofiq ravishda, bunday shartlar va talablar bo’lmagan hollarda esa ish muomalasi odatlariga muvofiq bajarilishi lozim.
Tovarlarni etkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, to’liq etkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar ko’rsatilmagan hollarda, tovar etkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to’laydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi etkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki ko’rsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim. Penyani to’lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni
tovarlarni etkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to’liq etkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni ko’rsatmaslik oqibatida etkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi. Tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma ommaviy shartnoma deyiladi. Bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko’rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning boshqa shartlari hamma iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi, qonun xujjatlarida iste’molchilarning ayrim toifalari uchun
imtiyozlar berilishiga yo’l qo’yiladigan hollar bundan mustasno.
Tashkilotning iste’molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko’rsatish,
uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo’la turib ommaviy shartnomatuzishdan bosh tortishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda O’zbekiston Respublikasi Hukumati ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo’lgan
qoidalar (namunaviy shartnomalar, qoidalar va h.k.) chiqarishi mumkin.
Budjet tashkilotlari bilan tovar etkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat
ko’rsatuvchi)lar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni boshqarishning huquqiy
asosini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 21.05.2005 y.da №
1475 raqami bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirining 05.05.2005 y.dagi 63-sonli Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliya
organlarida budjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib
beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning
xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida vaqtinchalik Nizom” tashkil
qiladi.
Ushbu Nizomga ko’ra, budjetdan mablag’ oluvchilar etkazib beruvchilar
bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag' oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet
mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida
tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan
o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi
ko’rsatilishi kerak.
Yuqorida nomi keltirilgan Nizomga muvofiq, budjetdan mablag’ oluvchilar mol etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari doirasidagina qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritadilar.
Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasida
tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan
o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi
ko’rsatilishi kerak.
Shartnomani hisobga olish G’aznachilik organi tomonidan budjetdan
mablag’ oluvchi va etkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek
shartnoma summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan
Nizomga 1-son ilovaga ko’ra budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib
beruvchilar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish kitobida
ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Moliya organi budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim
etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida budjetdan mablag’ oluvchining
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali budjet mablag’lari mavjudligi
masalasida shartnomada ko’rsatilgan summani tekshiradi.
Agar tuzilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasi
budjetdan mablag’ oluvchining xarajatlari smetasida nazarda tutilgan rejali
budjet mablag’lari summasidan oshib ketsa, mazkur shartnoma budjetdan
mablag’ oluvchiga uni moliya organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazmasdan turib
qaytariladi. Shartnomani ro’yxatdan o’tkazish budjetdan mablag’ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida shartnoma asl nusxasi va ko’chirma nusxasining birinchi varag’iga “Ro’yxatdan o’tkazildi” yozuvini qo’yish va ro’yxatdan o’tkazish raqami va sanasi ko’rsatilgan holda amalga oshiriladi, ularni moliya organining mansabdor shaxsi o’z imzosi va moliya organining muhri izi bilan tasdiqlaydi. Ro’yxatdan o’tkazilgandan keyin ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaning ko’chirma nusxasi hisobga olish va saqlash uchun moliya organida qoladi.
Narxlar monitoringining zarurligi. Budjet mablag’laridan maqsadli
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy
qilishni taqozo etadi. Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish
(ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib
olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka
ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi
uchun bu shartnomaning ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda
yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish
imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda budjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
• tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;
• bozorlardan ma’lumotnomalar olish;
• raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
• ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.

Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga


bir nechta (eng kamida 4 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi,
bunda har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari,
rahbari to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar
bo’lishi tavsiya etiladi.
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa
bevosita importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha
tartib belgilangan bo’lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida
boshqacha shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi
qo’llanilmaydi.
Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi
buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat budjeti,
davlat budjetida jamlanadigan budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar
mablag’laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo,
materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq
summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi)

rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi


kontraktlar eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan
tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.
Tender turi harid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ochiq tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik
shaxslar qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli
komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan
tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari budjet mablag’lari oluvchilari tomonidan sotib
olinganda, Moliya vazirligining 2007 yil 9 apreldagi 798-sonli xati asosida
narxlar monitoringi amalga oshiriladi. Bunda G’aznachilik hududiy bo’linmalari tomonidan budjetdan mablag’ oluvchilar xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha narxlar monitoringi
Moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish chog’ida G’aznachilik
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat quyidagilarni o’z ichiga oladi (2.2-
rasm):


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin