Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2-mavzu

Inson bilan tashkilotning har qanday о‘zaro munosabati ikki tomonlama 
xususiyatga ega. Inson о‘z mehnati, о‘zining harakatlari bilan tashkilot tomonidan 
vazifalarning hal etilishiga yordam beradi. Bunda tashkilot insonganing xavfsizlik, 
hurmat, о‘zini ifodalash, shaxsni shakllantirish, qо‘llab-quvvatlashga bо‘lgan 
ehtiyojini qondirishda yordam bergan holda unga ta’sir kо‘rsatadi. О‘zaro 
munosabatlar yaxshi yо‘lga qо‘yilgan, ichki hayot faol bо‘lgan tashkilotlarda 
insonlar sog‘lom va yaxshi ahloqqa ega, ular tashqi ta’sirlardan yaxshiroq 
himoyalangan bо‘lib, yakkalatib qо‘yilgan holatdagi yoki janjalli guruhlardagi 
insonlarga qaraganda samaraliroq ishlashi qayd etilgan
.
Tashkilotning insonga
ta’sirlari turli 
kо‘rinishlarga ega

Insonning xulqida 
tashkilotning ta’siri ostida yuz beradigan ayrim jiddiy
о‘zgarishlar 
quyidagilardan 
iborat
.
Birinchi galda, 
insonning
idrok qilish, motivatsiya, e’tibor sohasi, 
baholash
tizimi kabi 
xususiyatlarining
о‘zgarishi yuz beradi. 
Inson tashkilotning boshqa 
a’zolari manfaatlariga
e’tiborni kuchaytirish hisobian о‘zining e’tibor sohasini
kengaytiradi. 
Ikkinchidan, 
tashkilotda
inson
muayyan nisbiy «vazn»ga ega bо‘ladi. 
Tashkilot nafaqat topshiriq va 
rolni 
taqsimlaydi
, balki har bir 
insonning
pozitsiyasini ham belgilab beradi. Guruhning kо‘plab a’zolari uchun ushbu tavsif 
ularning 
tashkilotdagi lavozim
pozitsiyasidan muhimroq bо‘lishi mumkin. 
Uchinchidan, 
tashkilot
individga о‘z «men»ini yangicha his etishga yordam 
beradi. 
Inson о‘zini tashkilot
bilan identifikatsiyalay boshlaydi
.
Tо‘rtinchidan, 
tashkilotda ishlab, qarorlarni ishlab chiqish va muhokama 
qilishda ishtirok etib, inson hech qachon yakka
 
о‘zi
bermagan takliflar va 
g‘oyalarni berishi mumkin.
Beshinchidan, 
tashkilotda inson
о‘zi yolg‘iz harakat qilgandagiga qaraganda 
kо‘proq 
tavakkalchilikka
qо‘l urishga moyil. Bu 
tashkilotda faolroq о‘zini tutish 
manbai
hisoblanadi. 
Tashkilot yakka va guruhiy xatti-harakat qoidalarini, majburiyatlar doirasini, 
huquqlar va vakolatlarni, javobgarlik chegarasini, ishga doir muloqotlar 


141
standartlarini belgilaydi. Insonlar xulqining zarur uyg‘unligiga tashkilot uchun 
umumiy maqsadlarni qо‘yish, personalda tashkilotning qadriyatlarini his etishni 
saqlab turish, tashkiliy xulq standartlarini qо‘llash hisobidan erishiladi. 
Huquqiy normalar va davlatning dekretlari (siyosiy tartibga soluvchilar), 
ishlab chiqarish-ma’muriy tartiblar, tashkilot
ustavlari va yо‘riqnomalari (tashkiliy 
tartibga soluvchilar
), urf-odatlar, an’analar, jamoatchilik fikri (ijtimoiy
tartibga 
soluvchilar
) shaxslar va guruhlar xulqining 
tartibga soluvchilari 
hisoblanadi

Shaxsning faoliyatini, uning 
tashkiliy xulqini 
reglamentlash bir qator 
hujjatlar bilan 
amalga oshiriladi, ularning asosiylari – lavozim yо‘riqnomasi va mehnat 
shartnomasi (kontrakti). 
Lekin tashkilot bilan о‘zaro hamkorlikda inson muayyan harakatlarni 
bajaruvchi mexanizm sifatida emas, balki intilish, istak, his-tuyg‘u, kayfiyat va 
tafakkurga ega bо‘lgan, muayyan e’tiqodga amal qiluvchi aqlli va ongli mavjudod 
sifatida ishtirok etadi

Tashkilot insonni о‘zi xohlagan tarzda о‘zgartiradi, deb hisoblash notо‘g‘ri

Kо‘pincha 
tashkilot
tomonidan
kо‘plab ta’sirlarga 
inson uzoq vaqt qarshilik 
kо‘rsatadi, kо‘plab ta’sirlarni u faqat qisman
qabul qiladi, ayrimlarini u tо‘liq inkor 
etadi

Boz ustiga, 
inson о‘zi uchun qulay bо‘lishi va unga о‘z majburiyatlarini 
uddalash imkonini berishi uchun tashkilotga turli usullar bilan ta’sir etishga, uning 
faoliyatiga о‘zgartirishlar kiritishga urinadi

Insonning guruhga ta’sir etish shakli 
va
darajasi uning shaxsiy 
xususiyatlariga hamda
guruhning xususiyatlariga
bog‘liq.
Kо‘pchilik 
insonlarning
xulqi standart doiralarga qiyin moslashadi. 
Standartlashtirish bilan 
inson xulqining
xilma-xilligi hamda 
inson xulqi
bilan 
tashkilotdagi muhit 
normalari о‘rtasidagi ziddiyatlarni olib tashlash uchun 
insonning xulqini nima belgilab berishini, u о‘zini va atrofidagilarni qanday aniq 
belgilashini, rag‘batlantiruvchi ta’sirlarga qanday munosabat bildirishini, uning 
uchun nima maqbulligini bilish lozim. Tabiiyki, insonning xulqiga u о‘z oldiga 
qо‘ygan maqsadlar, harakatlar keskin tus oladigan sharoitlar, uning imkoniyatlari, 
kechayotgan jarayonlar va boshqa omillar katta ta’sir kо‘rsatadi. Omillar xilma-xil 


142
bо‘lgani holda har bir insonning xulqi ma’lum barqarorlikka ega bо‘lib, uni 
ma’lum darajada oldindan aytish mumkin. 
Insonning tashkilot bilan о‘zaro munosabati 
kooperatsiyalashish, qо‘shilish 
yoki nizo 
xususiyatiga ega

Birinchi holatda 
inson bilan tashkilot 
о‘rtasida yaxshi 
munosabatlar 
yо‘lga 
qо‘yiladi. 
Inson о‘zaro munosabatni yaxshilash yо‘llarini qidiradi, guruhning 
qarorlarini ijobiy qabul qiladi va tashkilot
bilan munosabatlarni о‘zaro foydali 
asosda saqlab turish yо‘llarini qidirishga tayyor

Insonning tashkilot
bilan
qо‘shilishida ular о‘rtasida taraflardan biri 
ikkinchisiga u 
bilan
organik bir butunlik sifatida qaraydigan 
munosabatlarning
о‘rnatilishi kuzatiladi. 
Inson о‘z maqsadlarini tashkilotning
vazifalaridan kelib 
chiqib belgilaydi
, kо‘p jihatdan
о‘z 
manfaatlarini 
tashkilotning
manfaatlariga
buysundiradi va о‘zini 
tashkilot 
bilan identifikatsiyalaydi. 
Tashkilot, о‘z navbatida, 
individga sodiq insonga kabi qarashga intiladi.
Nizo yuzaga kelgan holatda 
inson bilan tashkilot
manfaatlarining qarama-
qarshi qо‘yilishi va
ular о‘rtasida kurash kuzatiladi. Ushbu nizolarga 
omillarning 
ikkita guruhi sabab bо‘lishi mumkin: 

tashkiliy omillar
(oldinda turgan 
maqsadlar, о‘zaro munosabatlar, 
rollarning taqsimlanishi va hokazolarga qarashlardagi
farq bilan bog‘liq); 
- hissiyot 
omillari
(
insonga
ishonmaslik, tahdid, qо‘rquv, hasad, 
kо‘rolmaslik 
va hokazolar bilan bog‘liq
). 
Omillarning ikkinchi guruhi yuzaga keltiradigan
nizolarning bartaraf etilishi 
qiyin.
Ta’kidlash lozimki, 
tashkilot
rivojlangan sayin
personalning xulqini 
о‘zgartirish 
zarurati paydo bо‘ladi
. Tashkilot va uning rahbariyati inson xulqining 
о‘zgarishiga faol ta’sir etishi mumkin. Buning uchun qо‘llaniladigan ta’sir etish 
vositalari inson turgan vaziyatga qarab, uning xulqiga ta’sir kо‘rsatuvchi 
omillarning butun xilma-xilligini hisobga olgan holda, birinchi galda ehtiyojlar va 
faoliyat motivlarini, inson о‘z tajribasiga tayangan holda tashkilotdagi 
о‘zgaruvchan muhitga mustaqil moslashishi uchun sharoitlar yaratilishini hisobga 


143
olgan holda tanlanishi lozim. Buni nafaqat muayyan shaxsga ta’sir etish orqali
balki xodimning tashqi muhitini о‘zgartirish yordamida hamda shaxs va tashqi 
muhitga kombinatsion ta’sir etishni qо‘llash orqali amalga oshirish mumkin.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin