Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2-mavzu

 
Nazorat savollari 
1. Zamonaviy menejmentda tashkiliy madaniyat tо‘g‘risida tushuncha bering. 
2. Tashkiliy madaniyatning о‘nta asosiy parametriga nimalar kiritiladi? 
3. Tashkiliy madaniyatning
Piters-Uotermen modelini tushuntiring. 
4. Tashkiliy tuzilmalar bosqichlarining о‘ziga xos jihatlarini tushuntiring. 
5. Tashkiliy madaniyati boshqarish tо‘g‘risida tushuncha bering. 
6. Inson bilan tashkilotning о‘zaro munosabati qanday xususiyatga ega. 
 
Tayanch iboralar: tashkiliy madaniyat, bazaviy mо‘ljallar, qadrlash yо‘nalishlari, 
ishonch va kutishlar, xodimlar xatti-harakati normalari, kommunikatsion tizim, 
muloqot tili, ishonch, qadriyatlar. 
 
2.5. Boshqaruv qarorlari 
Insonlar о‘z hayoti davomida har doim hal etishning bir necha usullariga 
yoki muqobil variantlarga ega bо‘lishi mumkin bо‘lgan turli muammolarga duch 
kelishadi. Ular ichidan yagona muqobil variantni tanlashqaror qabul qilish 
hisoblanadi. Insonlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar oqibatlari ularning 
kelajagiga ta’sir kо‘rsatadi. Agar qaror tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinsa, u 
holda mazkur qarorning oqibatlari boshqa insonlarga ta’sir kо‘rsatishi aniq. 
Shuning uchun rahbar hamma vaqt qabul qilinadigan qarorlar natijalari uchun 
ma’naviy, kо‘pincha esa moddiy javobgarlikka ega bо‘ladi. Shundan kelib chiqqan 
holda, boshqaruv qarorining tо‘liqroq ta’rifini berish mumkin. 
Shunday qilib, qarorni rahbarning ixtiyoriy rasmiy hujjati, harakat qilish 
uchun kо‘rsatma, fikrlash jarayoni yoki vaqtga kо‘ra kechadigan jarayon sifatida 
kо‘rib chiqish mumkin. Qarorni fikrlash jarayoni sifatida kо‘rib chiqishda ularni 


144
intuitiv qarorlar va fikr-mulohazalarga asoslangan oqilona qarorlarga bо‘lish 
mumkin. 
Intuitiv qarorlar - bu faqat u tо‘g‘riligini his etish asosida qilingan tanlov. 
Mazkur holatda qaror qabul qiluvchi shaxs barcha “ham” va “qarshi”larni ongli 
ravishda chamalamaydi, balki kо‘pincha hatto vaziyatni ongli ravishda tahlil 
qilishga urinmaydi ham. Yuqori bо‘g‘in menejerlari 80 foizining tasdiqlashlaricha, 
jiddiy muammolarni hal etishda, asosan, norasmiy axborot va ichki his-tuyg‘uga 
tayaniladi. Lekin bunda shuni hisobga olish lozimki, tо‘g‘ri intuitiv qarorlar 
kо‘pincha boy amaliy ish tajribasiga ega bо‘lgan menejerlar tomonidan qabul 
qilinadi, ya’ni ongsiz ravishda tо‘plangan va ishlov berilgan katta hajmdagi 
axborot ichki his-tuyg‘uga asos bо‘ladi. 
Fikr-mulohazalarga asoslangan qarorlar bilimlar va tajriba bilan 
mustahkamlangan, ongli ravishda qilingan tanlovni о‘zida namoyon etadi. Ushbu 
holatda inson, hozirgi vaziyatni о‘tmishdagi shunga о‘xshash vaziyatlar bilan ongli 
ravishda taqqoslagan holda, kо‘pincha ilgari muvaffaqiyat keltirgan muqobil 
variantni tanlaydi. Boshqaruv faoliyatida bunday qarorlar katta ahamiyatga ega, 
chunki rahbar kо‘pincha bir-biriga о‘xshash vaziyatlarga duch kelishiga tо‘g‘ri 
keladi. Mazkur qarorlar ikkita yaqkol afzallikka ega: 
- ularni qabul qilish uchun faqat rahbarning intellekti zarur, ya’ni ular katta 
vaqt sarflarini talab qilmaydi; 
- rahbar, u nima uchun aynan ushbu qarorni qabul qilayotganligini 
tushuntirish holatiga tushib qoladi, ya’ni bu yerda personalga о‘rgatish holati 
ishtirok etadi. 
Shu bilan birga, yakka tartibda qabul qilinadigan, fikr-mulohazalarga 
asoslangan qarorlar uchta yaqqol kamchilikka ega: 
- ular rahbarning tо‘g‘ri fikriga asoslangan, u haqiqat bilan farq qilishi 
mumkin; 
- avvalgi tajribadan foydalanish zarurligi qarorlarni asoslash usulini 
prinsipial jihatdan yangi vaziyatlarda qо‘llash mumkin bо‘lmasligiga olib keladi; 
- avvalgi tajribadan foydalanish “Biz hamma vaqt shunday qilganmiz!” 


145
degan yondashuvda о‘z ifodasini topishi mumkin, bu hol qarorni rahbarga tanish 
bо‘lgan yо‘nalishlarga buradi, shu sababdan u о‘ziga ma’lum variantlarga 
qaraganda yanada samarali bо‘lishi mumkin bо‘lgan yangi muqobil variantni boy 
berishi mumkin. Oqilona qarorlar xolisona tahliliy jarayon va obyektiv usullar 
yordamida asoslanadi. Bunda shuni ta’kidlash lozimki, qabul qilinayotgan qaror 
qanchalik murakkab va kо‘lamli bо‘lsa, uning oqibatlari qanchalik kо‘p sonli 
insonlar uchun muhim bо‘lsa, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi shunchalik 
muhim bо‘ladi va uni qabul qilishda о‘ta ixtiyoriy jihatlarga shunchalik kam yо‘l 
qо‘yiladi. Qarorning hayotiy sikli quyidagi bosqichlarga ega: 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin