Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
2-mavzu

1. 
О‘zini va tashkilotdagi о‘z о‘rnini anglash. Bir tashkilot madaniyati 
xodimlarni о‘zining ichki kayfiyatlarini yashirishga chog‘laydi, boshqalari esa, 
aksincha, ularning tashqi namoyon bо‘lishini qо‘llab - quvvatlaydi. Bir tashkilot 
xodimlarini mustaqillikka va ishga nisbatan ijodiy yondashuvni rivojlantirishga 
yо‘naltiradi, boshqalari esa, ishchilarning yakka holdagi samaradorligini qо‘llab-
quvvatlaydi. 
2. 
Kommunikatsion 
tizim 
va 
muloqot 
tili. 
Tashkilotlarda 
kommunikatsiyalarning og‘zaki, yozma va noog‘zaki shakllaridan, shuningdek 
«telefon huquqidan» foydalanish sezilarli darajada farq qiladi. Bundan tashqari, 
kasbiy jargon, imo-ishoralar va turli harfiy qisqartmalar har bir tashkilotda о‘ziga 
xos jihatga ega. 
3. 
Tashqi kо‘rinish, kiyim (ust-bosh) va ishda о‘zini kо‘rsatish 
tashkilotning о‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Maxsus kiyim-bosh, xodimlar 


135
xatti-harakatining ish uslubi, ular tomonidan qо‘llaniladigan upa-elik (kosmetika) 
va soch turmaklari turli tashkilot madaniyatlari mavjudligini tasdiqlaydi. 
4. 
Ovqatlanishni tashkil etish sohasidagi odat va an’analar. Firma ichida 
yoki uning tashqarisida xodimlarning ovqatlanishini tashkil etish, ovqatlanish 
uchun dotatsiyalar mavjudligi yoki yо‘qligi, ovqatlanishning qancha vaqtga 
chо‘zilishi, rahbarlar va qо‘l ostidagilarning birgalikda yoki alohida ovqatlanishi 
va hokazolar tashkilot о‘z xodimlari tо‘g‘risida qanchalik qayg‘urishi va unda 
qanaqa muhit va rahbarlik uslubi ustunlik qilishi belgilari hisoblanadi. 
5. 
Xodimlarning vaqtni anglashi, vaqtga bо‘lgan munosabati va vaqtdan 
foydalanishi ularning aniqlik, majburiylik, puxtalik darajasida, shuningdek о‘z ish 
vaqtini qadrlay bilishi va uni о‘ta oqilona foydalana olishida namoyon bо‘ladi, bu 
yuqori yoki past tashkiliy madaniyatdan dalolat beradi. 
6. 
Ayniqsa, turli yosh guruhlari va turli lavozim, tajriba, millat, diniy 
e’tiqod xodimlari о‘rtasida yaqqol namoyon bо‘ladigan insonlar о‘rtasidagi о‘zaro 
munosabatlar ular о‘rtasida umumiylik va ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash ruhi 
mavjudligidan yoki raqiblik, chaqimchilik, о‘zaro yoqtirmaslik va hokazolardan 
dalolat beradi. 
7. 
Xodimlarni о‘zlari ishlayotgan tashkilot nuqtai nazaridan nima yaxshi- 
yu, nima yomonligini tо‘g‘ri tushunishga yо‘naltiruvchi qadriyatlar, shuningdek 
muayyan turdagi xatti-harakatga nisbatan taxminlar va kutishlar tо‘plamini о‘zida 
namoyon etuvchi normalar xodimlarda tashkiliy madaniyatni rivojlantirish 
dasturining mavjudligidan yoki ushbu ishdagi muvaffaqiyatsizlikdan dalolat 
beradi, bu albatta uni ahloqiy va kasbiy inqirozga olib keladi. 
8. 
Xodimlarning 
nimagadir 
bо‘lgan 
ishonchi 
va 
munosabati 
(rahbariyatga, muvaffaqiyatga, о‘z kuchiga, о‘zaro yordamga, odobli xatti-
harakatga ishonish, hamkasblarga, mijozlarga va raqobatchilarga bо‘lgan 
munosabat), shuningdek bularning barchasiga din va axloqning ta’siri tashkiliy 
madaniyatning о‘ta muhim tavsifi hisoblanadi va uning rivojlanganlik darajasini 
kо‘rsatadi. 
9. 
Ushbu jarayonlarga nisbatan yondashuvlarda va ular ahamiyatining 


136
menejerlar va ijrochilar tomonidan baholanishida, о‘qitish tamoyillari va 
shakllarida hamda о‘qitishning mehnat natijalari va mehnat motivatsiyasi bilan 
bog‘liqligida namoyon bо‘ladigan xodimlarni rivojlantirish va о‘qitish, 
firmalarning ijodkorlikni va tashkiliy madaniyatning salohiyatini rivojlantirish 
orqali innovatsion faoliyatga yо‘naltirilganligidan yoki ularning izdan chiqishi 
holatidan dalolat beradi. 
10. Xodimlarning ishga, uning sifati va bajarilishi bahosiga bо‘lgan 
munosabatida, xizmat bо‘yicha kо‘tarilishda namoyon bо‘ladigan mehnat odob-
ahloqi va motivatsiyasi tashkiliy madaniyatni shakllantirish tamoyillari va uning 
rivojlanish yо‘nalishlarini yaqqol kо‘rsatadi. 
Tashkilotning tashqi muhitini u uchun tahdidlar manbai sifatida ham, 
imkoniyatlar manbai sifatida ham qabul qilish mumkin. 
Tashqi muhitning tashkilotga va uning madaniyatiga salbiy ta’sirlari 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi barqarorlikning mavjud emasligi; 
jamiyat hayotining iqtisodiy va boshqa sohalarining kriminallashuv jarayoni; 
qonunchilik bazasining takomillashmaganligi, shuningdek asosiy davlat va 
jamiyat 
institutlari 
huquqiy 
madaniyatining 
pastligi 
tufayli 
huquqiy- 
qonuniylikning mavjud emasligi; 
ekologik inqiroz sharoitida kuchayib borayotgan millat depopulyatsiyasi 
jarayonlari; 
bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining yashashini ta’minlovchi asosiy 
institutlarning rivojlanmaganligi yoki sust rivojlanganligi. 
Tashqi muhitning ijobiy ta’sirlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
yuqori malakali, о‘ta arzon ishchi kuchi sonining yetarlicha mavjudligi; 
respublika ilmiy va о‘quv markazlarida joriy etilishini kutib turgan kо‘p soni 
intellektual ishlanmalarning mavjudligi;
butun tranzit infratuzilmasi va uni ta’minlovchi xizmatlarning 
rivojlanmaganligi; 
yevro mintaqaning erkin iqtisodiy zonalarida, biznes-inkubatorlarda va 


137
texnoparklarda biznesni boshlash imkoniyati; 
firmaning diversifikatsiya qilingan faoliyatini ijtimoiy ahamiyatga molik 
sohalarda amalga oshirish imkoniyati - ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari, 
tovarlar va xizmatlar; 
oliy о‘quv yurtlarida arzon va yetarli darajada sifatli ta’limning mavjudligi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin