Ii bob yorug‘likning sochilishi


Elektrostatikadan ma’lumki



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə5/12
tarix08.11.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#68008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ii bob yorug‘likning sochilishi

Elektrostatikadan ma’lumki

yoki

.

Sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarmas bo‘lishi chiziqli o‘lchamlari to‘lqin uzunligiga nisbatan uncha kichik bo‘lmagan teng hajmlar uchun N ko‘paytma muhitning turli joylarida bir xil bo‘lishini bildiradi. Agar optik jihatdan bir jinsli bo‘lgan muhit mutlaqo bir xil molekulalardan tashkil topgan ( o‘zgarmas) bo‘lsa, u holda N ham o‘zgarmas bo‘lishi, ya’ni muhitning zichligi hamma yerda bir xil bo‘lishi kerak; agar muhit har xil molekula yoki guruhlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda sindirish ko‘rsatkichini o‘zgarmaydigan qilish uchun N bilan  ni tegishlicha tanlab olish kerak. Masalan, benzol bilan uglerod sulfidning keraklicha qilib olingan aralashmasiga shisha parchalari botirilganda bu aralashma bir jinsli muhit bo‘ladi: shisha bilan suyuqlik orasidagi bo‘linish chegarasi sezilarli bo‘lmay qoladi.

Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan zarralarda yorug‘likning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bo‘lib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yorug‘lik dastlabki oq yorug‘likdan ko‘k bo‘lishi bilan farq qilishini to‘shayotgan yorug‘lik yo‘nalishiga nisbatan burchak hosil qilib sochilgan yorug‘lik to‘liq yoki deyarli to‘liq chiziqli qutblanishini ham Tindal payqagan. Tindal osmonning zangori bo‘lib ko‘rinishiga Quyosh yorug‘ligining er atmosferasida chang zarralarida sochilishi sabab bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan.

Ko‘p hollarda tabiiy ravishda paydo bo‘lgan optik bir jinslimasliklar tufayli yorug‘lik intensiv ravishda sochiladi. Optik bir jinslimasligi oshkor bo‘lgan muhitlar xirа muhitlаr deyiladi. Xira muhitlar jumlasiga tutun (gazdagi qattiq zarralar) yoki tuman (havodagi suyuqlik tomchilari, masalan, suv tomchilari) kiradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin