II-mavzu. Ekonometrika asoslari fanining maqsadi va vazifalari.
REJA:
1.Ekonometrikani asosiy maqsadi
2.Ekonomelrik usullar tasnifi
3.Ekonometrik modellashtirish bosqichlari
Asosiy tayanch iboralar: Ekonometrika,
Model,Modellashtirish, Iqtisodiy model,
Iqtisodiy-matematik model,
Matematik statistika usullari
,
Makroekonometrik usullar
,
Modellashtirish bosqichlari.
1.Ekonometrikani asosiy maqsadi
Ekonometrika-fanda juda tez rivojlanuvchi soha bo’lib, uning maqsadi
iqtisodiy munosabatlarga miqdoriy o’lchamlarni berishdan iborat. “Ekonometrika”
iborasi(so’zi) 1910 yilda (Avstro-Vengrya) buxgalter P.Tsemp tomonidan
kiritilgan (u “ekonometriya” degan). Tsemp, “Agar buxgalteriya hisobi
ma’lumotlariga algebriya va geometriya usullarini qo’llansa, u holda xo’jalik
faoliyati natijalari to’g’risida yanada chuqurroq tasavvurga ega bo’lish mumkin”
deb ta’kidlagan.
Ushbu ibora ko’p vaqt davomida ishlatilmagan bo’lsada, “ekonometrika”
iborasi iqtisod ilmida yangi yo’nalishni yuzaga kelishida juda qulay keldi.
Iqtisod fanida yangi yo’nalish - “ekonometrika” 1930 yilda paydo bo’ldi.
“Ekonometrika” (grekcha “metron”) so’zi ikkita “ekonomika” va “metrika”
so’zlarining birlashmasidan tashkil topgan. Shunday qilib, iboraning o’zida
ekonometrikani fan sifatida uning xususiyati va mazmuni ifodalanadi. Uning
mazmuni: iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ochilgan va asoslangan aloqa va
munosabatlarni miqdoriy ifodalashdan iborat. Demak ekonometrika iqtisodiy
hodisalarni
o’lchash
va
tahlil
qilish
haqidagi
fandir.
Ekonometrikaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni o’rganishda bir nechta fanlarni
birlashtirgan yondashuv natijasi bilan bog’liq. Bu fan iqisodiyot nazariyasi,
statistika va matematik usullarni birlashtirish va o’zaro to’ldirish natijasida yuzaga
kelgan.
Keyinchalik ekonometrikani rivojlantirish uchun ushbu usullarga hisoblash
texnikasi tadbiq etilgan.
1933 yilda R.Fisher tomonidan “Ekonometrika” jurnaliga asos solindi.
Jurnalda u ekonometrikaga quyidagicha ta’rif bergan: “Ekonometrika-bu o’sha
iqtisodiy statistika emas. Ko’p qismi miqdoriy xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy
nazariyaning ham o’zi emas. Ekonometrika matematikani iqtisodga qo’llash ham
emas. Tajriba shuni ko’rsatadiki har uchchala statistika, iqtisodiyot nazariyasi va
matematika fanlarining komponentalari zamonaviy iqtisodiy xayotni miqdoriy
tomonlarini anglash uchun zaruriy, lekin etarli bo’lmagan shartlaridir.
Bu-uchta fanning birligidir. Bu birlik ekonometrikani tashkil etadi”.
Shunday qilib, ekonometrika-bu iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’zaro
bog’lanishini
miqdor
jihatdan
ifodalovchi
fandir.
Ekonometrik usullar oliy statistika deb nomlanuvchi juft va ko’p o’lchovli
regressiya, juft, xususiy va ko’p o’lchovli korrelyatsiya, trendlarni ajratish va
boshqa davriy qatorlar komponentalari, statistik baholash usullari asosida yuzaga
kelgan va rivojlangan. R.Fisher shunday deb yozgan: “Statistik usullar ijtimoiy
fanlarda muhim element hisoblanadi va aynan shu usullar yordamida ijtimoiy
bilimlar
fan
darajasigacha
ko’tarilishi
mumkin”.
Birinchidan –ekonometrika o’ziga xos bo’lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy
o’zgaruvchilar va ular orasidagi bog’lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan xolda
o’zining masalalarini aniqlashtirish bilan rivojlana boshladi. Regressiya
tenglamasiga na faqat birinchi darajali o’zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga
maksimal yoki minimal (ozmi-ko’pmi) darajada ta’sir etuvchi qiymatlarni
akslantiruvchi iqtisodiy o’zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash
maqsadida, ikkinchi darajali o’zgaruvchilarni ham kiritila boshlandi. Masalan:
Ekinlarni o’g’itlantirishning hosildorlikka ta’sirini ko’radigan bo’lsak, ekinlarni
ma’lum bir darajada o’g’itlantirish uning xosildorligini oshiradi; lekin
o’g’itlantirish me’yor darajasidan ortishi hosildorlikni ortishiga olib kemaydi balki,
hosildorlikni pasayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday ko’plab ijtimoiy-
iqtisodiy o’zgaruvchilarning ta’siri haqida gapirish mumkin(masalan, ishchilar
sonini ortishini mehnat unumdorligiga, daromadlarni ayrim oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’moliga ta’siri va h.k.).
Ikkinchidan-regressiya tenglamasida mustqil komponentalar sifatida
qaraluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgaruvchilarning o’zaro ta’siri aks etadi.