Ii-modul. Texnologiya darslarini tashkil etish metodikasi. 12-mavzu. Texnologiya darslarida xorijiy ta`lim tizimidan foydalanish


Modulli ta’lim tizimining mohiyati



Yüklə 25,48 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,48 Kb.
#192067
1   2   3
M14

Modulli ta’lim tizimining mohiyati: Maʼlumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan taʼlim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi oʼzgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda oʼquv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat koʼrsatkichiga erishish talab qilinadi.
Bu vazifalarni hal etish uchun taʼlim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalarni qoʼllashni taqozo etmoqda. Bugungi kunda uzluksiz taʼlim-tarbiya jarayonlarida koʼplab samarali texnologiyalardan foydalanib, taʼlim sifatini koʼtarishga erishilmoqda. Shunday texnologiyalaridan biri modulli oʼqitishdir.Modulli oʼqitish texnologiyasi modullarga asoslanadi. Shu oʼrinda modul tushunchasiga aniqlik kiritaylik “Modul” lotincha soʼz boʼlib “qism” yoki “boʼlak” “blok” degan maʼnoni bildiradi. Demak, modul–pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy boʼlaklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy boʼlaklar, yaʼni modullar eng kichik boʼlaklardan hamda ularning turli miqdordagi toʼplamlaridan iborat boʼladi. Bunda eng kichik tarkibiy boʼlakni eng kichik modul, boshqalarini esa oʼz ichiga qancha modulni olishiga qarab tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng kichik modullari asosiy tushuncha boʼlib, ular goʼyoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi “gʼishtcha”lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega. Bunda kichik modul, modul toʼplami, birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi.
Taʼlim jarayonida modulli taʼlim texnologiyalaridan foydalanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, yaʼni modullarga ajratiladi va har bir qismni talabalar mustaqil oʼzlashtirishlari uchun oʼquv topshiriqlari tuziladi. Har bir modul yakunida nazorat ishlari oʼtkaziladi va xulosa chiqariladi.
Modul texnologiyasining mohiyati, taʼlim jarayonini modullar (oʼquv predmeti va uning boʼlimlari mazmunini tartibga solish, taʼlimning muayyan bosqichidan boshlab boʼlinmaydigan kasbiy faoliyatni mantiqan tugallangan qismlarga ajratish)asosida loyihalashtirishdan iboratdir. Soʼngra, ajratilgan har bir modul boʼyicha shu modulning oʼzigagina taalluqli boʼlgan faoliyat mazmuni va taʼsiri doirasi belgilanadi.
Modul texnologiyasi maqsadini roʼyobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda sodir etilayotgan har bir harakatga oʼquv elementi sifatida qaraladi.Modul texnologiyasi oʼquv elementi oʼz ichiga quyidagilarni qamrab oladi: faoliyatning aniq elementlarini oʼrgatish bilan bogʼliq boʼlgan nazariy va amaliy axborotlar; taʼlim uchun zarur boʼlgan faoliyatni taʼminlovchi materiallar haqidagi maʼlumotlar; maqsadlar identifikatsiyasi;oʼquv materiallari;oʼquv sharoitini nazorat qilish (oʼquvchilarning koʼzlangan natijalarga erishishlari uchun zarur boʼlgan shartsharoitlar, testlar, maqsad etaloni va boshqalar).
Modul texnologiyasi jarayonining umumiy maqsadi quyidagi darajalarda oydinlashadi: taʼlim muassasasining maqsadi hamda oʼqituvchi va uning metodik faoliyati identifikatsiyasi, oʼquv predmetining maqsadi, oʼqituvchi va uning metodik faoliyati identifikatsiyasi. modul maqsadi va oʼqituvchining talabalar bilan hamkorlikdagi faoliyatning moduli, uning tashxis qilinadigan oxirgi natijalari.
Modulli oʼqitish texnologiyasiga oʼtishda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim. Metodik majmualar yaratish, OʼUM yaratish, taʼlim jarayonini didaktik, metodik va tashkiliy jihatdan taʼminlash nazarda tutiladi.
Oʼqitishning modulli texnologiyasi- oʼqitishning qabul qilingan tamoyillariga muvofiq ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bularga faoliyatlik, tizimli kvantlash, motivatsiya (qiziqtirish), modullilik, muommalilik, kognitiv vizuallilik, xatoliklarga tayanish tamoyillari kiradi.
Modul texnologiyasi asosida oʼqitish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: modulli oʼqitishdagi dastlabki shart-sharoitlarni tahlil etish; modulning oʼquv maqsadlari va mazmunini belgilash; nazariy va amaliy mashgʼulotlarni rejalashtirish;oʼquv-didaktik materiallari va oʼqitish vositalarini tayyorlash;nazariy va amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish; talabalarning olgan nazariy bilimi va amaliy koʼnikmalarini baholash.
1. Modul texnologiyasi asosida oʼqitishni tashkil etishda dastlabki shart-sharoitlarni tahlil etish. Modulli texnologiya asosida oʼqitishga tayyorgarlik koʼrish, yaʼni nazariy va amaliy mashgʼulotlarni tashkil etish uchun dastlab uch yoʼnalishda ish olib boriladi:talabalarning tayyorgarligi holati, mavjud shart-sharoitlar, oʼquv metodik jihatlar tahlil qiinadi.
2. Modulning oʼquv maqsadi va mazmunini belgilash. Modul texnologiyasi asosida oʼqitishda dastlab oʼquv fanini oʼqitishning maqsadiva mazmuni, modullarning maqsadi va mazmuni belgilanadi. Oʼquv maqsadlari modul yakunida taʼlim-tarbiya natijasi sifatida oʼquvchi erishishi lozim boʼlgan bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarni belgilaydi. Oʼquv maqsadlari tarmoq taʼlim standarti talablari asosida ishlab chiqiladi.Modulni oʼrganish maqsadi qanchalik aniq boʼlsa, unga erishilganlik darajasini baholash shunchalik oson boʼladi.
Ushbu bosqichda DTS, TTS, namunaviy oʼquv reja va dastur asosida ishchi oʼquv reja, fan dasturlari ishlab chiqiladi. Mazkur bosqichning zng muhim jarayonlaridan biri–bu oʼquv material mazmuni belgilashdir. Oʼquv materiallarni asosiy muhim jihatilarini ajratib olish va ixchamlashtirish, hayotiy misollar keltirish, oʼqituvchi va talabalar tomonidan oʼrgatish, oʼrganish lozim boʼlgan eng asosiy mazmun belgilanadi hamda oʼqitish tamoyillariga koʼra maʼruza matn tayyorlanadi.
3. Nazariy va amaliy mashgʼulotlarni rejalashtirish. Ushbu bosqichda DTS, TTS, oʼquv reja va dasturlar asosida taʼlim modeli, uni amalga oshirishning texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Taʼlim modeli va texnologik xaritada dars bosqichlari, unga ajratilgan vaqt, pedagog va talabalar faoliyatining olib borish uchun oʼqitishning maxsus tanlangan metod, shakl va vositalari keltiriladi.
4.Modul boʼyicha oʼquv-didaktik materiallar va oʼquv vositalarini tayyorlash.Mashgʼuloning xususiyatlarini inobatga olgan holdaoʼquv-didaktik materiallar, texnik va real vositalarni toʼgʼri tanlash hamda ulardan talab doirasida foydalanish nazarda tutiladi.
Аudiovizual vositalar tegishli sohalar boʼyicha texnologik jarayonlarva funktsiyalar toʼgʼrisida keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
5. Nazariy va amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish. Modul tarkibiga kiritilgan nazariy mashgʼulotlarni quyidagi ketma-ketlikda oʼtkazish tavsiya etiladi.Qiziqtirish (motivatsiya uygʼotish).
Maxsus fanlarni modul texnologiyasiasosida oʼqitishda nazariy mashgʼulotlarni qiziqarli, hatto darsga taalluqli boʼlmagan maʼlumot bilan boshlash mumkin. Masalan, mavzu bilan bogʼliq qiziqarli kashfiyot, yangilik yoki hikmatni tushuntirish bilan dars boshlanadi. Bu oʼquvchilar kayfiyatiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi va ularning shu sohaga yoki keyingi darslarda oʼrganiladigan mavzuga qiziqishiga yordam beradi.Oʼqituvchi oʼqitishning faol metodlari yordamida oʼquv materialni tushuntiradi. Yangi modul birligini oʼrganishdan avval oʼtilgan modul birliklari qisqacha umumlashtirilgan holda takrorlanadi.Talabalarga modul birligiga mos tarqatma materiallar beriladi. Talabalarni guruhlarda hamkorlikda ishlash, mustaqil ravishda topshiriqlar bajarish, erishgan natijalarini taqdim etishga oʼrgatish samarali oʼqitish usullari hisoblanadi.Modul birliklari tahlil qilish va sintezlash orqali oʼzlashtiriladi. Oʼzlashtirilgan bilimlar fanning boshqa sohalariga oid maʼlumotlar bilan sintezlanadi va amalda qoʼllanadi.
Har bir topshiriq yoki mashqdan keyin talabalarning oʼzlari bajargan ishlarni baholashi lozim.Modulni oʼrganish oxirida yakuniy suhbat uchun vaqt ajratilishi lozim. Bu – oʼqituvchi va talabalarning faoliyati natijalari, ularning amalga oshgan va oshmagan ishlari yuzasidan mulohaza yuritish uchun yaxshi imkoniyat.
6. Talabalarning nazariy bilimi, amaliy koʼnikma va malakasini baholash.Maxsus fanlarni modul texnologiyasi asosida oʼqitishda talabalarning bilimi va koʼnikmalari oʼquv maqsadlariga muvofiq holda muntazam aniq mezonlar asosida baholanadi. Talabalarning nazariy bilimi, amaliy koʼnikma va malakasini baholashda oʼquv maqsadlarga asoslanganlik, haqiqiylik, haqqoniylik, ishonchlilik, qulaylilik kabi tamoyillarga rioya etiladi.Bu bilan modulli oʼqitish kutilayotgan natijani berayotgani yoki bermayotgani aniqlanadi.
Zamonaviy ta’lim shakllari: blended learning(aralash o‘qitish), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar



Yüklə 25,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin