Syujetli applikatsiya. Syujetli applikatsiya asariga ko„ra oddiy va murakkab
bo„lishi mumkin. Murakkab syujetli applikatsiya – ertaklar, hikoyalar va shu
kabilarga illyustratsiya sifatida yasaladi. Agarda syujet oddiy bo„lsa, tasvirlarni
oldindan belgilamasdan qirqish mumkin.
Murakkab syujetli applikatsiya ham syujet tanlashdan boshlanadi. Agarda
syujetni o„quvchining o„zi o„ylab topgan bo„lsa, bu rasmni chizish malakasiga
ega bo„lsa, unda avval syujetni rasmi, so„ngra rasmlar detallari chiziladi va qirqib
olinadi. Ayrim detallar turli rangdagi qog„ozlardan qirqiladi. Agarda o„quvchi
rasmni yaxshi chiza olmasa, u tanlagan rasmdan qora qog„oz yordamida nusxa
ko„chirishi mumkin. Bu rasm ayrim detallarga ajratiladi, har bir detalni rangli
qalam bilan atrofi chizib chiqiladi. Ularni qirqib olib, syujet yoki narsa detallari
qog„ozga yig„iladi. Syujet yoki predmetning tabiiy ko„rinishiga putur yetmasligi
uchun ularni qaysi tartibda yelimlanishi belgilanadi va ishga kirishiladi.
Kuchaytirish va kattalashtirish usuli yordamida rasmlardan kattalashtirib
yoki kichiklashtirib applikatsiyadan foydalanish mumkin.
99
Mavzuli applikatsiya. Mavzuli applikatsiya ma‟lum mavzuni aks ettirishi
lozim u badiiy asr uchun illyustratsiya, applikatsiya plakat bo„lishi mumkin.
Badiiy tematik applikatsiya ishi predmetlar formasini, asosiy aniqliklarni,
qismlarning o„zaro aloqasini, manzara va narsalarning hajmini, rangini, soya va
yorug„lik tushayotgan tomonini munosib rang berib ko„rsatish kabilarni ifodalashi
kerak.Faqat XVI asrga kelib rivojlangan qog„ozdan applikatsiya qilishni
applikatsiyaning «yosh» turi deyish mumkin. Qog„ozdan naqsh qirqish bilan
o„tmishning mashhur san‟atkorlari ham shug„ullanishgan. Masalan, rassom Piter
Paul Rubens, daniyalik haykaltarosh Bertel Garvildson ishlari shular
jumlasidandir. Mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen o„z ertaklari motivlari
asosida qog„ozdan applikatsiyalar qirqqan. Rassom F. P. Tolstoyni XIX asrning
birinchi yarmidagi siluet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin.
Uning 50 ta siluet ishi ermitajda saqlanmoqda.
XIX asrda siluet san‟ati G. Narbut, Ye. Krutikov va ko„pgina boshqa
rassomlarning ijodida ham o„z aksini topdi. Applikatsiya san‟ati bilan faqat
professional san‟atkorlargina shug„ullanib qolmay, balki xalq orasidan chiqqan
mohir ustalar ham bu ish bilan shug„ullangan edilar. Ukraina va Belorussiyada
qog„ozdan naqshli parda-firanklar qirqishgan. Qog„ozdan kartinalar yaratib,
oynalarga yopishtirilgan. Rassom Ye. Lebedeva ham o„z talantini qog„ozdan
applikatsiyalar qirqishga bag„ishlagan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar
yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirilgan, bu ijod xalqda - vitsinanki deb
ataladi.
Mashg„ulotga o„quvchilar oldindan tayyorgarlik ko„rishadi: stolning ustiga
qog„oz yozib, o„ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho„tka, chizg„ich, qalam,
avtoruchka, old tomonlariga yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga ish
vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog„oz naborini qo„yadilar. Har bir
mashg„ulot oxirida o„quvchilar keyingi mashg„ulotda kerak bo„ladigan narsalarni
yozib oladilar.
100
O„quvchilar ishlayotgan materiallariga tejamkorlik bilan munosabatda
bo„lishlari, o„z ishlarini rejalashtira bilishlari, materialni tejamkorlik bilan
sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari va ish joyini toza saqlashlari kerak.
Elim bilan ishlaganda ho„l va quruq latta bo„lishi lozim. Ho„l latta qo„lga
yuqqan kleysterni artish uchun, qurug„i yelimlanayotgan tasvirlarni ustidan
bosish va ortiqcha kleysterni artish uchun kerak.
Applikatsiya ishida asosiy material qog„ozdir, dazmollangan va
kraxmallangan gazlama bo„laklaridan ham foydalanish mumkin. Bu materiallar
bilan bir qatorda somon, quritilgan o„simlik, urug„, danak va shu kabilardan ham
foydalaniladi.
Tolalarning
ko„ndalang
yo„nalishi
bo„yicha
qirqilgan
qog„oz
yopishtirilganda izlar qoldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi.
Ishlaganda qog„ozning bu xususiyatini e‟tibordan qochirmaslik kerak. Kleyster
surilganda qog„oz uni shimishini, qog„oz tolalarning ko„ndalangiga, uzunligidan
ko„proq kengayishpni ham unutmaslik kerak. Agarda qog„ozni kleyster surilgan
zahotiyoq yelimlansa, davom etayotgan shimish va kengayish natijasida qog„ozda
g„ijimlar, izlar paydo bo„ladi. Shuning uchun kleyster surilgach, qog„oz bir oz
vaqt yopishtirilmay turishi kerak. Qog„ozning yaltiraydigan marmar, shagren,
bosma gul tushirilgan, barxat, kumush va bronza rasm solish va chizmachilik
navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi hamda majburiy qoida
sifatida bajarilishi lozim bo„lgan ma‟lum izchillikda ado etiladi. Istalgan
applikatsiya syujetni tanlashdan boshlanib, undan kenin applikatsiya eskizi,
qog„oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni fonga qo„yish, yelimlash va
nihoyat quritish jarayonlari keladi. Oddiy applikatsiyalar eskizsiz bajariladi.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya‟ni fonga joylashtiriladi va
o„ylangan kompozitsiya hosil qilinadi, agarda bu kompozitsiya ma‟qul bo„lmasa
detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik
uchun ularning o„rnini qalam bilan belgilab qo„yish kerak.
101
Yelimlashda yelim fonga emas, detalga suriladi. Yelimni detalning
chetlariga yaxshilab surish uchun chutka yelimlanayotgan detal chetidan chiqib,
tagidagi qog„ozga ham tegib o„tishi kerak. Yelimlangan detalning ustiga toza
qog„oz yozib, kaft bilan silab tekislanadi. Applikatsiyalar odatda qog„ozning
buralib ketmasligi, tor kelmasligi uchun ustidan yengil bostirib quritiladi.Eng
oddiy applikatsiya bu geometrik figuralardan qilinadigan ornamental
applikatsiyadir.
Avval ornament eskizi tuziladi, so„ngra kerakli detallar (geometrik
shakllar) o„lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma‟lum tartibda
joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi.
Savollar.
1. Applikatsiya qanday sa‟nat turi?
2. Applikatsiya qayerda va qaysi xalqlar orasida paydo bo„lgan?
3. Applikatsiyaning asosiy materiallari nimadan iborat?
4. Applikatsiya turlariga izoh bering.
Dostları ilə paylaş: |