Bu komponenta Data tab bo‘limiga joylashgan bo‘lib, asosan ma’lumotlarni infografiklarni yaratish uchun ishlatiladi. Infografik uchun ma’lumotlar to‘plami kerak.
Bu komponentaning xusussiyati va hodisalari boshqa komponentalarniki kabi bo‘lib, xuddi o‘shalar kabi bo‘limlarga bo‘lingan. Ularning maxsuslarini keltirib o‘tamiz.
BorderSkin xususiyatlar gruppasi bo‘lib, unda komponentaning yangi niqobga solish mumkin. Niqob deganda, uning yangi ko‘rinishi inobatga olingan. Rang (color), rasm (image), stil (style), kengligi (width) kabi xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni o‘rnatish muammo keltirib chiqarmaydi.
Palette (palitra) – xususiyati yordamida komponentaning infografikani ko‘rsatadigan shaklini tanlash mumkin. Uning mos qiymatlar ro‘yxati mavjud.
PaletteCustomColors – bunda ham komponentaning infografikani ko‘rsatadigan shaklini tanlash mumkin. Ammo foydalanuvchi o‘zining rangi tanlashimi mumkin. Bunda maxsus muloqot oynasi aosida palitraga turli ranglarni qo‘shish mumkin.
Annotations – bunda komponentaga izohlarni yozish mumkin. Buning o‘zining xususiyatlari maxsus muloqot oynasi yordamida o‘rnatiladi.
ChartAreas – bu xususiyat orqali komponentaga bir nechata chart infografika joylashtirish mumkin. Buning ham o‘zi mos xususiyatlarini mos muloqot oynasi bilan o‘rnatish lozim.
Legends – infografikaga keltirilgan qiymatlarining joylashish maydoni. Buni ham maxsus muloqot oynasi asosida tahrir qilish mumkin
Series – bu xususiyat asosiy bo‘lib, infografikaning qiymatlarini belgilovchi, har bir qiymat tegishliligini bildiradi. Buning uchun maxsus mulovot oynasi mavjud. Bunga to‘liqroq to‘xtalib o‘tamiz.
Titles – komponentalarga joylashtirilgan infografikalarga sarlavha qo‘yish uchun ishlatiladi. Uning maxsus muloqot oynasi orqali ishlov berish orqali shrnatish mumkin.
Series – bu komponentaga qiymatlarni qo‘shish va uni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Komponentaning ichiga joylashtirilgan sohani tahrirlash uchun ishlatiladi. Unga bosganda quyidagi muloqot oynasi chiqadi.
2.1-rasm. Tahrirlash oynasi.
Bu oynda yangi qiymatlar maydoni qo‘shish uchun [Add] tugmasi va uni o‘chirish uchun [Remove] tugmasi ishlatiladi. Infografikaning asosiy xususiyatlarini boshqarish uchun o‘ng tomondagi xususiyatlar panelidan foydalanish mumkin. Unda infografikani taxhrirlash uchun zarur bo‘lgan barcha xususiyatlar bor. Ulardan biri bu ChartType bo‘lib, infografikaning turlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Uning turlari quyidagi 12.10-rasmda keltirilgan.
2.2-rasm. Infografikaning turlari
Shuningdek, infografikaning ma’lumotlari, yozuvlari, qiymatlari, maydoni, qiymat turlari, chegaralari bilan ishlash xususiyatlari xam muvjud. Odatda bu xususiyatlarni dasturlash orqali dastur fragmentlarida o‘rnatish fa foydalanish dasturchiga qulay hisoblanadi. Ammo vizual dusturlashning imkoniyatidan foydalanish uchun buni ham ishlatishni o‘rganish lozim.
Xulosa
Ushbu bitiruv malakaviy ishida qo'yilgan "C++ tilining multimedia imkoniyatlari" mavzusi ostida qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarish davomida quyidagi natijalarga erishildi:
1) C++ tilining grafika va multimedia bilan ishlovchi komponentalari batafsil o'rganib chiqildi va ish tarkibiga kiritildi;
2) Ishda grafik asos va asosiy grafik primitivlar haqida umumiy tushunchalar keltirildi:
3) Tasvirlarni tashqi fayldan o'qish va bitli tasvirlar bian ishlash to'g'risida ma'lumotlar keltirildi va amaliy masalalar yordamida yoritildi;
4) Multiplikasiyalar hosil qilish jarayoni o'rganib chiqildi va amaliy dasturiy vositalar yordamida yorillds; 5) C++ tilida ovozli va ovozsiz animatsiyalar bilan ishlovchi Animate va MediaPlayer komponentalarining xususiyatlari va imkoniyatlari o'rganib chiqildi va ishda keltirildi,
6) Koordinatalar sistemasini boshqaruvchi Chart koordinatasi imkoniyatlari o'rganildi va bu komponenta yordamida bitta koordinatalar sistemasida bir nechta funksiyalaring grafiklarini quruvchi dasturiy vosita yaratildi:
7) MediaPlayer komponentasidan foydalangan hold ovozil fayllari ijro etuvchi dasturiy vosita yaratildi va ish tarkibiga kiritildi;
8) Video fayllari ijro etuvchi dastur yaratildi va ish tarkibiga kiritildi. Ushbu bitiruv ishida tuzilgan animatsiyani, ovozli Ijroni, video tasvirni boshqarishga mo'ljallangan dasturiy vositalardan foydalanib, multimdiall elektron o'quv qo'llanmalar yaratish va audio va videopleyer dasturlarining qo'llanmalilik darajasini yuksaltirish kabl ishlarni amalga oshirish mumkin.