Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan



Yüklə 444,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix01.12.2023
ölçüsü444,81 Kb.
#170657
  1   2   3   4   5   6   7
605 24.09.2021



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 
QARORI 
IJARA HUQUQI ASOSIDA YASHAYOTGAN TALABALAR TOMONIDAN 
TO‘LANADIGAN IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMINI JORIY ETISH 
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo„llab-
quvvatlash va bandligiga ko„maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo„sh vaqtini 
mazmunli tashkil etishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-
6208-son 
Farmoni
 ijrosini ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo„llab-
quvvatlash va bandligiga ko„maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo„sh vaqtini 
mazmunli tashkil etishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-
6208-son
 Farmoni 
bilan: 
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o„ziga, shu jumladan 
ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo„lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat 
oliy ta‟lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to„lanadigan oylik ijara 
to„lovining 50 foizi O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda: 
ijara to„lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash 
miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan 
oshmasligi; 
ijara to„lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila 
farzandlariga, o„rnak ko„rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi
oliy ta‟lim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablag„lari hisobidan ijara 
huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to„lovining bir qismi qoplab 
berilishi mumkinligi belgilanganligi ma‟lumot uchun qabul qilinsin. 
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta‟lim muassasalarining ijara huquqi asosida 
yashayotgan talabalariga oylik ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
hisobidan qoplab berish tartibi to„g„risidagi nizom 
ilovaga
 muvofiq tasdiqlansin: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat oliy ta‟lim muassasalarining faqat kunduzgi ta‟lim shaklida, davlat granti yoki 
to„lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik 
ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish; 
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 
09/23/376/0607-son) 
ariza beruvchi talaba tomonidan oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish uchun 
o„zi ta‟lim olayotgan fakul‟tetga yoki oliy ta‟lim muassasasining talabalarni turar joy bilan 
ta‟minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo„limiga yozma ariza bilan murojaat etish tartibi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat oliy ta‟lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik 
ijara to„lovining bir qismini O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish 
bo„yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tomonidan talabalar arizasini ko„rib chiqish, 
o„rganish va oylik ijara to„lovining bir qismini qoplab berish bo„yicha qaror qabul qilish
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-
avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 
09/23/376/0607-son) 
ijara huquqi asosida yashaydigan talabaga oylik ijara to„lovlarining bir qismini qoplab 
berishni moliyalashtirish va to„lab berish tartibi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


3. Shunday tartib o„rnatilsinki, unga muvofiq:
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy ta‟lim 
muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi 
boshqa tumanda (shaharda) bo„lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy ta‟lim 
muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablag„lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun 
ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to„lovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan 
tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to„lovlar davom ettiriladi;
davlat oliy ta‟lim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara 
to„lovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan 
qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara to„lovi bir qismini ushbu oliy 
ta‟lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan 
kelib chiqib budjetdan tashqari mablag„lari hisobidan qoplab berilishi mumkin. 
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son) 
4. O„zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yilda mazkur qarorda belgilangan 
vazifalarni amalga oshirish uchun O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi 
hamda tizimida oliy ta‟lim muassasalari bo„lgan vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-
kitoblariga muvofiq O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qo„shimcha mablag„ ajratsin, 
2022-yildan boshlab esa — tegishli mablag„larni O„zbekiston Respublikasi Davlat budjeti 
parametrlarida nazarda tutsin. 
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 
moliya-iqtisodiyot va kambag„allikni qisqartirish masalalari bo„yicha o„rinbosari — iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo„chqorov, O„zbekiston Respublikasi moliya 
vaziri T.A. Ishmetov hamda O„zbekiston Respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vaziri A.X. 
Toshkulov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 444,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin