Asosiy vositalarning mohiyati va turlari-fayllar.org
3. Тezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli a) sonlarning yigindisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish usuli. Bu usul eskirish hisoblanadigan asosiy vositaning xizmat qilish yillari summasi orqa-li aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida maxraj bo’lib xizmat qila-di. Bu koeffientsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni (teskari tartibda) turadi. Bu usulda ham, oldingilarga o’xshash, eski-rish summasi boshlang’ich qiymatdan tugatish (qoldiq) qiymati chegirilgandan qol-gan qismidan hisoblanadi.
Masalan, yuqorida misol tariqasida olingan dastgohning taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddati 5 yil bo’lsin. U holda dastgohni ishlatish yillari summasi (kumulyativ son) - 15 yil bo’ladi:
1+2+3+4+5=15
Dasgohning xizmat muddatining har yiliga to’g’ri keladigan eskirish summa-si ulushini topish uchun xizmat muddatini oxirigacha bo’lgan yillarni (ya’ni tes-kari tartibda) kumulyativ songa bo’lib chiqamiz, ya’ni
515, 415, 315, 215, 115
So’ngra, har bir kasrni eskirish hisoblanadiganso’mma (B-Т) ga ko’pay-tirish orqali har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Bu usulda amortiza-tsiya ajratmalari summasi jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi (jadvalga qarang).
Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, dastgohning xizmat muddatining dastlabki yillarida eng katta amortizatsiyaso’mmasi hisoblanmokda, keyingi yillarda esa u yilma-yil kamayib bormoqda, jamlangan amortizatsiya sekin-asta ortib boradi, balans qiymati qoldiq qiymatga etib bormagunicha har yili eskirish summasiga kamayib boradi.