Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Yüklə 478,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.03.2023
ölçüsü478,02 Kb.
#88948
1   2   3   4
svfsdfvsed (1)

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 IYUN / 2022 YIL / 19 – SON 
402 
Umumiy o‗rta ta‘lim 1—11-sinflarni o‗z ichiga oladi. O‗rta-maxsus ta‘lim akademik 
litseylarda 9 yillik tayanch o‗rta ta‘lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi. Professional 
ta‘lim boshlang‗ich, o‗rta va o‗rta maxsus professional ta‘lim darajalariga ajratiladi. 
Boshlang‗ich professional ta‘lim kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizida 
kunduzgi ta‘lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi. 
O‗rta professional ta‘lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‗lov-shartnoma asosida 
davomiyligi 2 yilgacha bo‗lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‘lim shakllari bo‗yicha amalga 
oshiriladi. 
O‗rta maxsus professional ta‘lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‗lov-shartnoma 
asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‗lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‘lim shakllari bo‗yicha 
amalga oshiriladi. 
Qonunga ko‗ra, davlat oliy ta‘lim, o‗rta maxsus, professional ta‘lim muassasalari va 
ularning filiallari, shuningdek, davlat ishtirokidagi oliy, o‗rta maxsus, professional ta‘lim 
tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. 
Nodavlat ta‘lim muassasalarini tashkil etish ularning ta‘sischilari tomonidan amalga 
oshiriladi. Nodavlat ta‘lim tashkilotlariga litsenziya Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi tomonidan beriladi. 
Shuningdek, mazkur qonun bilan 1997-yil 29-avgustdagi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi hamda 
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi qonunlar o‗z kuchini yo‗qotdi
124

Quyida ta‘limga oid qonunchilik asoslarini ta‘lim turlari bo‗yicha ko‗rib chiqamiz. 
O‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‗g‗risida"gi qonunining 8-moddasiga ko‗ra: 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya, Maktabgacha ta‘lim va tarbiya bolalarni o‗qitish va 
tarbiyalashga, ularni intellektual, ma‘naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan 
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‗rta ta‘limga tayyorlashga qaratilgan ta‘lim 
turidir. 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‗lgan bolalarni boshlang‗ich 
ta‘limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek 
―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 
belgilanadi
125
, deb belgilangan. 8-moddada ta‘lim turning 1-bosqichi huquqiy tartibga solingan. 
Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘RQ 3305-son 
qarori bilan Maktabgacha Ta‘lim Vazirligi tashkil etildi va ―Maktabgacha ta‘lim to‘g‘risida‖gi 
qonunni qabul qilinishi O‘zbekistonda MTM ni faoliyatini huquqiy tartibga soldi. MTM 
faoliyatini davlat huquqiy kafolatlaganligini ushbu qonunni quyidagi 6-moddasida ham 
ko‘rishimiz mumkin: 
Maktabgacha ta‘lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari 
Har bir bola maktabgacha ta‘lim va tarbiya olish huquqiga ega. 
Davlat har bir bolaning umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotiga o‗qishga kirishidan bir yil oldin 
davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida umumiy o‗rta ta‘limga majburiy bir yillik 
tayyorgarlikdan o‗tishga bo‗lgan huquqini kafolatlaydi. 
124
Internet manbasi:
https://daryo.uz maqola/2020/09/24/ yangi-tahrirdagi-talim-togrisidagi-qonunni-
/
125
O‟zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunni, 8-moddasi 



Yüklə 478,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin