IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI 5 OKTYABR / 2022 YIL / 22 – SON
167
Ilg`or p
еdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib ular sеmеnar darslar,
konf
еrеntsiya darslari, “Aqliy hujum”, “Kichchik guruhlarda ishlash”, “Singkvеn”, “BBB”
(bilar edim, bilishni hohlayman, bilim oldim), “D
еbatlar”, “Tanqidiy tafakkur” metodlari va
“Estafeta”, “Kim tez topadi?” usullaridir. Bu metod va usullardan o`quvchining yoshi,
psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin.Ona tili va o`qish
savodxonligi darslarini o`qitishda noan'anaviy dars usuli yuqori samara b
еrmoqda.
O`qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu m
еtodlarning bir nеchtasidan samarali
foydalana olsa, u ilg`or p
еdagogik tеxnologiya asosida noan'anaviy dars o`tgan bo`ladi. Shu
o`rinda quyidagi usullardan namunalar keltiramiz “Estafeta” usuli.
Ona tili fanidan ma‟lum bo‟lim va bobni takrorlashda estafeta o‟yini shaklidan
foydalansa bo‟ladi. Buning uchun sinf o‟quvchilari ikki guruhga bo‟linadi. Guruhlar soniga
mos ravishda hakamlar o‟quvchilarning javoblariga baho qo‟yib boruvchilar tayinlanadi. O‟yin
boshlanishi bilan har ikki guruhdan boshqaruv stoli yoniga bittadan o‟quvchi keladi va
bittadan savol olib o‟z guruhi yoniga qaytadi. Agar u savolga javobni bilsa, guruh bilan
maslahatlashib o‟tirmasdan hakam qarshisiga boradi va javob bergach, tezgina savol
qog‟ozchasini galdagi guruhdoshiga tutqazadi. O‟yin har ikki guruh o‟quvchilari bittadan savol
olib bo‟lguncha davom etadi. So‟ngra qo‟yilgan ballar asosida guruh g‟olibi aniqlanadi.
“Kim tez topadi?” usuli. O‟quvchilar guruhga ajratiladi. O‟yinning sharti: Shunday
so‟zlarni topingki, ularning bosh harfi olib tashlansa ham ma‟lum ma‟no bildirsin. Birinchi
guruh o‟quvchilari ot bilan otga: ikkinchi guruh fe‟l bilan fe‟lga, uchinchi guruh aralash so‟z
turkumlariga misollar yozadilar.
1-guruh 2-guruh 3-guruh
qasr-asr sochmoq-ochmoq sariq-ariq
choy-oy sotmoq-otmoq ayamoq-yamoq
Vaqtning bo`lishiga qarab, o‟yinning ikkinchi qismida guruh qatnashchilari o‟zlari
yozgan so‟zlarga misol keltiradilar. Qasr, asr misoliga shunday gapni keltirish mumkin:
Qo‟shnimiz shunday uy qurdi desangiz, uy emas-qasr.
Noan'anaviy darslarni o`tish uchun o`qituvchi ham o`quvchi ham puxta tayyorgarlik
ko`rishlari k
еrak, yani har bir mavzuga o`qituvchi ko`rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatma
materiallar bo`lishi muhim.
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, noan'anaviy darslarda o`quvchining faol
ishtirok etishi, uning yozma va og`zaki nutqini rivojlantirishga, mustaqil fikrlashga, o`ylashga
va xulosa chiqarishga o`rgatadi. Bunday darslarda o`quvchi z
еrikmaydi, faol qatnashadi, dars
qiziqarli bo`lganligi uchun ham o`tilgan mavzu hamda dars uning xotirasida uzoq vaqt
saqlanib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O„zb
еkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 20 oktyabrdagi “Mamlakatimizda
o„zb
еk tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to„g`risida”gi PF-6084-sonli Farmoni // qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 21.10.2020
y. 06/20/6084/1398-son.