IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 OKTYABR / 2022 YIL / 22 – SON
166
BOSHLANG„ICH SINFLARDA ONA TILI VA OQISH SAVODXONLIGI
DARSLARIDA NOAN`ANAVIY USULLARDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI
Ziyoqulova Aziza Shuhrat qizi
Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti
Ta‟lim tarbiya nazariyasi( Boshlang„ich ta‟lim) 2- kurs magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang„ich sinf o`quvchilarining ona tili va o`qish
savodxonligi darslarida faol ishtirok etishida, yozma va og`zaki nutqini rivojlantirishda,
mustaqil fikrlashda, xulosa chiqarishda noan‟anaviy usullardan foydalanishning ahamiyati
haqida fikr-mulohazalar yoritilgan.
Kalit so„zlar.
Ona tili va o`qish savodxonligi, noan‟anaviy usul, mustaqil fikrlash, usul va
metodlar.
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan mamlakatimizda k
еlajagimiz davomchilari
bo„lgan yoshlarning ijodkorligini har tomonlama qo„llab-quvvatlash, ularning bilim, ko„nikma
va malakalarini davlat ta'lim standartlari hamda milliy o`quv dasturi asosida shakllantirish,
ta‟lim tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, jamiyat oldida
turgan eng asosiy vazifalaridan biri-sog`lom avlodni voyaga
еtkazish. Bu muhim vazifani
amalga oshirish - birinchi navbatda o`qituvchiga bog`liq.
O`qituvchilarning o`zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirishi, mustaqil
fikrlash, fikr mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko`nikmasini shakllantirishi, ya'ni
noan‟anaviy usulda dars o`tishni yuzaga k
еltirishi kеrak. Bu usulda o`quvchi o`zi faol ishtirok
etgan holda, yakka juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi
hamda o`quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzuni o`zlashtirishda tanqidiy,
tahliliy yondosha oladi. O`qituvchi faqat yo`riq ko`rsatuvchi vazifasini bajaradi.
Boshlang`ich ta'limda ona tili va o`qish savodxonligini o`qitish asosiy o`rinni egallaydi.
Shu bois quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
1. Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqarii o`qish va nutq o`stirish.
3. Fon
еtika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.
Ona tili va o`qish savodxonligi darslari o`quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini
o`stirish bilan bir qatorda, ularda va est
еtik tasavvurlarni shakllantirish, nafosat hissini
tarbiyalash, mantiiqiy tafakkur yuritishga o`rgatish, bilim manbai bo`lgan kitobni s
еvish kabi
muhim masalalarni ham hal etishni nazarda tutadi.
Ona tili fanidan “Tovushlar va harflar”, “So`z”, “Gap”, “Boshlanishli nutq” va
“Husnixat”, o`qish savodxonligi fanidan “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”,”Ona tilim-jonu
dilim”, “O`zbek bolalar adabiyoti”, “Jahon bolalar adabiyoti” bo`limlarini o`qitish jarayonida
o`qituvchi o`zining bor mahoratini ko`rsatib, ona tili va o`qish savodxonligi darslarini
noan'anaviy tarzda o`tib, o`quvchilarni qiziqtira olishi, shu bilan birga ularning grammatik
savodini rivojlantirib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |