4-§. Hakamlar xay’ati
10.
Olimpiadada ta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan
3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.
3
11. Ishtirokchilarga topshiriqlami
bajarish
uchun
berilgan
vaqt
yakunlangandan so‘ng auditoriya rahbari tomonidan, ulaming ishlari yig‘ib olinadi
va shifrlangan holda hakamlar hay’atiga topshiriladi.
12. Hakamlar hay’ati olimpiada ishtirokchilari tomonidan bajarilgan ishlarni
xolisona tekshiradi va baholaydi.
13. O‘quvchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholangandan
so‘ng, topshiriqlar hamda ularning yechimlari e’lonlar doskasiga osiladi.
14. Hakamlar
hay’ati
yakuniy
ballarni
qarorga
kiritib,
barcha
ishtirokchilarning natijalarini va qarorni e’lonlar doskasiga osadi.
Baholash jarayoni soat 18:00 dan kechikkanda natijalarni avvaldan maxsus
tashkil etilgan va barcha ishtirokchilar uchun ochiq bo‘lgan telegramm kanal yoki
guruhlarda e’lon qilish mumkin.
15. Hakamlar hay’ati topshiriqlar va ularning yechimi yuzasidan
ishtirokchilarning talabiga ko‘ra tushuntirish berishi mumkin.
16. Hakamlar hay’ati qaroridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar apellyatsiya
komissiyasiga
shu kunning
o‘zida murojaat qilishga haqli.
Dostları ilə paylaş: |