O`zbekiston Respublikasi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi
“IJTIMOIY- GUMANITAR” FANLAR KAFEDRASI
ONA TILI VA ADABIYOT FANI OQ’ITUVCHISI
BOZOROVA GULCHEHRANING
Аlohida olingan sozlar
MAVZUSI BO’YICHA
OCHIQ DARS ISHLANMASI
O’quv fanining nomi: Ona tili
Mavzu nomi: Alohida olingan so’zlar.
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: Talabalarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish, umumta’lim maktablariga alohida olingan so’zlar-undov, so’zlar, taqlid so’zlar, modal so’zlar haqidagi olingan BKM shakllantirish.
b) tarbiyaviy : Yurt kelajagi, ravnaqiga hissa qo’sha oladigan kelajagi porloq yoshlar bo’lib yetishishga, mutaxasislikka qiziqishni, mas’uliyat hissini kuchaytirish; o’quvchilarda insonparvarlik, mehr-oqibat tuyg’ularni shakllantirish, osuda kunlarimiz uchun jon fido etgan ajddolarimiz ruhiga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi:
- o’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish
mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’ llash.
o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishni shakillantirish.
Darsdan kutilayotgan natijalar- mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1. O’quvchilar morfologiya bo’limi yuzasidan o’tilgan mavzularni mustahkamlab, alohida olingan so’zlar- undov so’zlar, taqlid so’zlar, modal so’z turkumining morfologik va sintaktik belgilari haqida ma’lumotlar olishadi va qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
2. Alohida olingan so’zlar ga oid bilimlarni mustahkamlash maqsadida dars rejasiga binoan ishlashadi.
3. Psixologiya fani bilan bog’lab, o’zini tutish, hayotda o’z o’rniga ega bo’lish haqidagi tushunchalarni egallab olishadi.
Dostları ilə paylaş: |