Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli.
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1.
Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday
qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi.
2.
Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat
moddiy va ma’naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan
qadriyatlardir.
3.
Oliy qadriyatlar – bu o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning
fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz
nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi.
Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish
bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning
taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda
umuminsoniy xususiyat kasb etadi.
Insonning o‘zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun boshqa
odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‘z hayotining qimmati nima bilan
o‘lchanadi? Tafsilotlarga berilmay shuni qayd etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-kesil
bo‘lishi mumkin emas. Gap shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar
qandayligigagina emas, balki uning o‘zi qandayligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunga yana shuni
qo‘shimcha qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to‘g‘risidagi masalaning
qo‘yilishi tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq. Masalan, O‘rta asrlarda feodal o‘z krepostnoyini
o‘ldirishi jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda har bir kishining yashash
huquqi tan olingan va odam o‘ldirish u yoki bu tarzda jazolanmaydigan mamlakat mavjud emas.
Xullas,inson – alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai
nazaridan baholanadi. Har bir shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi. Biroq
uning maqsadi ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |